Sodda ko‘rinishdagi rejalar:
Sodda ko‘rinishdagi insho rejalari tuzilayotganda, undagi gaplar tarkibini 1),
2), 3) ... shaklida arabcha raqamlar bilan belgilash va ulardan keyin yarim qavs
qo‘yish, shuningdek, ularni a), b), d) tarzida belgilash tavsiya etilmaydi. Tartibni
belgilashning eng maqbul yo‘li arab raqamlarini qo‘yib, ulardan so‘ng nuqta
ishlatishdir.
«Izoh ma’nosidagi so‘zlardan keyin ikki nuqta qo‘yiladi», degan qoidaga
asosan
reja
dan keyin ikki nuqta qo‘yiladi. Har qanday reja umumlashtiruvchi so‘z,
tarkibidagi gaplar esa rejaning izohi, uning maqsadiga yo‘naltirilgan mantiqiy
davomidir.