14-mavzu. Insho haqida nazariy ma’lumot


Insho mavzusini shakllantirish va tanlash



Download 257,02 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana11.01.2022
Hajmi257,02 Kb.
#352519
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
INSHO HAQIDA NAZARIY MA’LUMOT

Insho mavzusini shakllantirish va tanlash: 

Mavzu

  arabcha  “joylashtirilgan”,  “to‘qib  chiqarilgan”,  “tema”,  “syujet” 

ma’nolarini ifodalaydi. “Ilmiy tadqiqot, badiiy asar, fikr-mulohaza yuritish, suhbat, 

ma’ruza va sh.k. uchun tanlab olingan obyekt” tushunchasini aks ettiradi (O‘TIL, II, 

517).

2

 



Insho  mavzusi  o‘qituvchi  tomonidan  yoki  muvofiqlashtirilgan  kengash, 

o‘quv-uslubiy  birlashma  tomonidan  tanlangan  va  muhokama  qilib  tasdiqlangan 

bo‘lishi kerak. Insho mavzusini tanlashda quyidagilarga e’tibor berish lozim. 

1. Adabiy mavzudagi insholarda yozuvchi, shoir faoliyatining asosiy jihatlari 

qamrab olinadi. Erkin mavzular esa davrning muhim masalalariga bag‘ishlangan, 

o‘quvchilar  qalbida  ezgulik  tuyg‘ularini  shakllantirishga,  yovuzlikka,  jaholatga 

nafrat, yaxshilikka muhabbat uyg‘otishga qaratilgan bo‘lishi talab etiladi. 

2. Mavzu har qanday subyektiv yondashuvdan xoli bo‘lmog‘i kerak.  

 

2

 O



‘TIL - O‘zbek tilining izohli lug‘ati. I-V. -T., 2006-2008.

 



3.  Mavzu  o‘quvchilarning  yoshiga,  saviyasiga  mos  bo‘lishi,  ularning  orzu-

umidlari, qiziqishlarini aks ettirishga xizmat qilishi lozim. 

Insho  mavzuni  to‘g‘ri  belgilashdan  boshlanadi.  To‘g‘ri  tanlangan  mavzu 

inshoning muvaffaqiyatli chiqishi uchun tashlangan ilk qadamdir. Mavzu tanlashga 

o‘rgatish  boshlang‘ich  sinflardayoq  amalga  oshiriladi.  Berilgan  matnni  bir  necha 

mustaqil qismga ajratish, ularning har biriga sarlavha topish, bir matnga bir necha 

sarlavha  tanlash  kabi  jarayonlar    faqat  boshlang‘ich  sinflarda  emas, balki  keyingi 

bosqichlarda ham davom ettiriladi. 

Inshoda yoritilgan fikrlar mavzuga muvofiq kelishi va uning mazmunini to‘la 

qamrab olishi  lozim.  Kuzning  shirin-sharbat  mevalari xususida  fikr  yuritib, uning 

sarlavhasini “Polizda” yoki “Qovun pishdi” deb atab bo‘lmaydi. Bu mazmunni “Kuz 

saxovati”,  “Kuz  ne’matlari”  kabi  sarlavhalar  orqali    yoritish    mumkin.  O‘quvchi 

mavzu  talabini  to‘g‘ri  anglashi  ham  kerak.  Masalan,  insho  mavzusi  “Ta’til 

kunlarining  birida”  deb  nomlangan  bo‘lsa,  o‘quvchi  butun  ta’til  haqida,    bahorgi 

yoki yozgi ta’til haqida fikr yurita olmaydi.  Mavzu “Mening sevimli qahramonim” 

deb nomlangan bo‘lsa, o‘qilgan asarlardagi barcha qahramonlar  haqida fikr yuritib  

bo‘lmasligi aniq. 

Insho  yoki  har  qanday  matnning  mohiyati  mavzuga  mos  bo‘lishi  lozim. 

Inshoda,  albatta,  mavzuga  mos  ravishda  asos,  ziddiyat,  taqqoslash,  misol,  isbot 

bo‘lishi talab etiladi. 

Insho  mavzusi  turli  yo‘nalishlarda  bo‘lishi  mumkin.  Adabiy  mavzulardan 

tashqari tabiat tasviri, rassomlarning asarlari bo‘yicha hamda turli ijtimoiy-siyosiy, 

badiiy mavzularda  ham yaratilishi mumkin. 

Insho  yozishda  muayyan  uslub  tanlanadi  (publitsistik,  badiiy  yoki  mavzu 

talabi  va  mazmundan  kelib  chiqqan  holda  ularning  birlashgan  ko‘rinishidan 

foydalanish mumkin). 

Sinov  maqsadida,  davlat  attestatsiyalarida  o‘tkaziladigan  insholarda 

o‘quvchilarga turli variantlar tarqatiladi. Bu holat insholarning xilma-xil bo‘lishini 

ta’minlaydi,  ko‘chirishning oldini oladi, albatta. Lekin  turli variantlar o‘quvchilar 

qobiliyati, iqtidorini teng baholashga monelik qiladi. Negaki  kimdir erkin mavzuda, 

kimdir  adabiy  mavzudagi  insholarni  yaxshi  yozish    ko‘nikmasiga  ega.  Mumtoz 

manbalar  tahliliga  doir  mavzularda  har  kim  ham  insho  yozavermaydi.  Ba’zi 

o‘quvchilarga  berilgan  variant  unga  notanish  bo‘lishi  yoki    murakkab  tuyulishi 

mumkin. Sinovdan o‘tayotgan barcha o‘quvchilarga tanlash asosida bir xil mavzuda 

insho yozdirish  yozma ishlarni to‘g‘ri baholashga imkon beradi. 

 


Download 257,02 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish