Tasviriy insholar
– turmushdagi narsa-buyumlar, hayotdagi voqea-hodisalar,
insonlar, jamiki jonli va jonsiz mavjudotning muhim belgilari, xususiyatlarini
yoritishga mo‘ljallangan insholardir. Inshoning bu turi uch ko‘rinishga ega: 1) oddiy
tasvir; 2) ilmiy tasvir; 3) badiiy tasvir.
Oddiy tasvir
– hammaga tushunarli bo‘lgan ifoda shaklidir. O‘quvchi narsa,
buyum, voqea-hodisani oddiy so‘zlar bilan, hammaga tushunarli bo‘lgan shaklda
bayon qiladi. Bunday inshoda tasvirlanayotgan narsa-hodisaning hamma belgilari
ketma-ketlikda ko‘rsatiladi, unda muallifning munosabati ifodalanmaydi hamda
badiiy tasvir vositalaridan foydalanilmaydi.
Ilmiy tasvirda
turmushdagi narsa-buyum, voqea-hodisalarning eng muhim
belgilari aniq dalillar asosida qat’iy ravishda mantiqiy izchillikda beriladi. Masalan,
Do'stlaringiz bilan baham: |