Intizor
Sabrim yetmadi, ertagacha kutay desam , umrim ham tugab boryapti. Qiz tushmagura bunchalik ham onangni ado qilmasang , odam ham shunchalik loqayd bòladimi , axir. Uyda qarigina onam, farzandim yolģiz desa bòlmasmikin , qursin o’sha boshliģi ham , Salimadan boshqa odam yo’qdek , hadeb qizimni ishga chaqirgani chaqirgan. Avvallari bir haftada ishini yakunlab kelar edi. Bu safar nima bo’ldiykin?!.. Ana, eshikni kimdur taqillatyapti . Hoynahoy, qo’shni qiz chiqqan ko’rinadi. Holida juda mehribon qizda , qarigan chog’imda jilla qursa farzandim tirgak bòladi deb qayta turmush ham qilmadim, borimni qizimga sarf etdim, afsus hayot doim ham biz istagan oqimda oqmas ekan, qizim , qizim deya umrimning ham kòpini kòchada o’tkazibman . Endi bo’lsa farzandim ham ish bilan hali u yoqqa, hali bu yoqqa boradi , lekin qarigan choģingizda negadir o’z tirgagingiz bo’lishini ko’nglingiz istab qolarkan . Kimdur eshik qoqsa, kònglim yorishadi. Holidani ko’rib ham hursand bo’ldim, chiqqani yaxshi bo’ldi…
- ,,Xolajon , soģ-omonisiz , ovqat olib chiqqan edim , issiģida ozgina yeb olsangiz bòlar edi”
- ,,Voy bòylaringdan o’rgilay , oppoq qizim , men xiyla tuzukman, chiqqaning yaxshi bo’ldi , oying bilan dadang ham yaxshimilar? biroz xayolga berilib o’tirgandim..”
- ,,Yana òyladingizmi , xolajon qizingiz keladi , hozir menga bir xat keldi , opamdan ekan, òqib beraymi?”
- ,, Hayriyate, o’qi oppoq qizim , o’qi”
Salima opamlarga ham hayronman. Ish ish deya onasiga ham aytmay , turmushga chiqibdilar, mayli-ku ya onasi bilan qizi qishloqda bo’lsa , loaqal xabar olay demaydi. Nima emish turmush o’rtoģiga qari onasi ham bolasi ham ortiqcha ekan , yo ularni tanlaysan , yo meni deb turib olganmish, shunday bo’lgach bir muddat uyga qaytmasligini ,keyinchalik amal-taqal kòndirib ularni olib ketishini , onasiga qarab turishimni aytib xat yuboribdi . Xolamlar bo’lsa har kuni qizini òylaydi , eshikka qarab kunlari tunga aylanadi. Allohim,o’zing meni kechir, nima qilay, keksa odamni qizi kabi aldab , bor haqiqatni aytmay desam, qalbim oģriydi , aytay desam xolamning kasali tutib qolish ehtimoli bor. Ilojim qancha , Salima opamning haqiqatidan xolamning soģligi muhimroq. Xatni o’qishga kirishar ekanman , miyamda shunday chigal òylar meni borgan sari qiynar edi.Yaxshiyamki,kecha o’zim amallab xatni qaytadan yozib chiqqanim:
,,Onajonim,ishlarim judayam kòpayib ketdi,boray desam bu hafta ham bir ish bòyicha safarga boradigan bòldim, o’zingiz yaxshimisiz, qizim sizni qiynab qo’ymadimi ? Ishlarimni tugatishim bilan oldingizga chopib boraman, sizni soģingan farzandingiz , Salima”
Xatni tugatishim bilan xolam ancha o’ziga keldilar. Uyga chiqqanimdan beri Salima opam xayolimdan ketmayapti. Qizi ham ulg’ayib qoldi. Hali qarasangiz ko’chada , hali qarasangiz bozor aylangan , qadam olishi ham boshqacha. Tovba 21ga kiribman-u Laylo singari dòkonlardan xarid qilish-u , ko’chalarni kechgacha sayr qilishni bilmabman ham. Laylo oyisining òzginasi , Salima opam ham yoshligidanoq shunday edi , doim biror yumush bilan hovlisiga kirib qolsam , xolamdan yangi ko’ylak yoki biror zamonaviy taqinchoq va shunga o’xshash narsalar uchun pul sòrar , aytilgan summani qòlga kiritgach kòzdan g’oyib bo’lar , xolam esa qizining oliygohda o’qiyotganidan quvonar , kunduzlari kasbi bilan , tunlar esa birovlarning maqolasi-yu ish daftarlarini yozib qizi uchun nima kerak bòlsa , barchasini muhayyo qilar edi. Salima opam oliygohda òqiyotganining uchinchi yili shaharda ishlash vaji bilan uyga kelmay qòydi. Shu shu xolamni aldashlari , turli nayranglar ishlatib dam olish kunlar ham uyga qaytmaslikni odat qildi. Xolam bòlsalar, qòni-qo’shni , yaqin-birodarlariga: ,,qizim kelajakda mendanda ilmli bo’ladi, undan umidlarim kòp, hademay o’qishni bitirsa , el-yurtga osh berib, uni òzi uchu n munosib bòlgan joyga uzataman deya faxr bilan aytardi. Oliygohni bitirdihamki, uyga qaytmadi. Òqishni yakunlaganidan besh oy òtar- òtmas, bir qo’lida chaqaloq bilan kirib keldi. Rohat xolam qizining holini kòrib yer yorilmadi-yu yerga kirmadi , ona ekan, boshi egilsa ham, o’z jonidan òz qonidan bòlgan farzadini kechirdi , xolamning 20 yillik orzulari bir soniyada zarralarga aylandi-yu , kuchli bòronda izsiz yòqoldi. Irodali ayol ekan, mana endi bu kòrgilik ham boshida bormidi. O’zining ko’rsatgan hunarlari yetmagandek , bolasini ham tashlab ketdilar , ,, ishlayapman,” deydi-yu pulining mazasi yòq, yengil mehnatga o’rganib qolgan , hech ishga yon bergisi kelmaydi , oqsoqol necha marotaba :,, Salima, qizim , onangning ham yoshlari bir joyga borib qoldi, bunday yurishni bas qilaqol, ana mahalladagi punktda ishla , poliklinika senga òxshagan yosh kadrlarga hozir muhtoj deb necha marotaba ta’kidladi , ammo oqsoqolning gaplari havoga uchdi. Salima opa o’z bilganidan qolmadi , farzandi bilan ham ishi yòq , qiziq , gòyo bu bolani kòchadan topib olgan-u ilojsizlikdangina o’stirayitgandek. Tong otdi. Quyosj esa
Do'stlaringiz bilan baham: |