Buxoro davlat universiteti a. N. Murtazoyev texnik mexanika


-MA’RUZA. VALLAR VA O’QLAR



Download 15,67 Mb.
bet101/111
Sana20.06.2022
Hajmi15,67 Mb.
#685513
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   111
Bog'liq
Aziz domlo 2

34-MA’RUZA. VALLAR VA O’QLAR.
REJA:

  1. Val va o’qlarning vazifasi va tuzilishi

  2. Vallarni loyihalashdagi hisoblash.

  3. Vallarni mustahkamlikka hisoblash.

  4. Vallarning bikrligini hisoblash.

  5. Vallarning titrashga bardoshligini hisoblash.

1. Vallar va o’qlarning vazifasi va tuzilishi.


Vallar va o’qlar - tishli g’ildirak, shkiv va shu kabi qismlarni o’rnatish uchun ishlatiladigan asosiy detallardir.
Tuzilishi jihatidan o’q va valning bir - biridan farqi yo’q, lekin bajaradigan vazifasiga qarab farq qiladi.
O’qlarning asosiy vazifasi detallarning aylanishiga sharoit yaratib berishdir. O’qning o’zi alohida hamda detal bilan birga aylanishi mumkin.
Vallarning vazifasi o’ziga o’rnatilgan detallarning aylanishini ta’minlash bilan birga, burovchi momentni uzatishdan ham iborat.
O’q faqat eguvchi moment ta’sirida val esa, ham eguvchi, ham burovchi momentdan hosil bo’ladigan kuchlanish ta’sirida ishlaydi.
Ba’zan vallarning tuzilishi o’qdan farq qilishi mumkin (tirsakli val, egiluvchan val).
Val va o’qlarning tayanchlarga mo’ljallangan qismi stapfa deyi­ladi. Val yoki o’qning uchida joylashgan stapfa ship deb, o’rtasida joylashgani bo’yin deb ataladi. Agar val yoki o’qning stapfasi ular­ning uzunligiga tik tekislikda joylashgan bo’lsa, bunday stapfa tovon deyiladi (34.1-rasm).


34.1-rasm. O’q va vallarning tuzilishi.

2. Vallarni loyihalashdagi hisoblashlar.


Vallarning eguvchi moment M va burovchi moment T ta’siriga chidamliligi, bikrligi hamda titrashga bardoshliligi hisoblanadi. O’qlarni hisoblash vallarni hisoblashning T=0 bo’lgandagi xususiy holidir.
Vallarning mustahkamligini hisoblash asosida loyihalash ishi quyidagi tartibda bajariladi.
1. Valning taxminiy diametrini aniqlaymiz. Buning uchun faqat burovchi moment ta’siridagi valning mustahkamlik shartidan foydalanamiz:
T = Wp[], bu yerda
T = 9550 Nm;
P - quvvat, kVt;

W = 0,2d3 - val kundalang kesimining polyar qarshilmomenti.


- burovchi moment ta’sirida xosil bo’ladigan kuchlanishning ruxsat
etilgan qiymati.
Demak valning taxminiy diametri.


Agar deb olsak, unda:

S - soniy koeeffistient bo’lib uning qiymati ning qiymatiga qarab jadvaldan olinadi.
Odatda, transmissiya vallari uchun:

Reduktor vallari uchun:

Topilgan taxminiy diametrga asoslanib valning tuzilishi chama bilan chizib olinadi. Bunda valning istalgan kesimidagi kuchla­nishning iloji boricha bir xil bo’lishiga harakat qilish lozim. Bu­ning uchun valning detal o’rnatilgan o’rta qismini yo’g’onroq qi­lib, tayanchlarga yaqinlashgan sari ingichkalashtirilib borish tavsiya etiladi. Valning chetki qismi diametrini tanlashda uni standart­dan olinadigan podshipniklariga yoki elektrik dvigatellar valiga mos keltirish kerakligini nazarda tutish lozim. Bundan tashqari, pog’onali vallarning diametrlari o’zgaradigan joyida ortiqcha kuch­lanishlar konstentrastiyasi hosil bo’lmasligi uchun bu joy qirrali bo’lmasdan, ma’lum radius bilan dumaloqlanish (galtel) hosil qi­linishi kerak.
Valning tuzilishi qo’yilgan talabga to’la javob berishiga ishonch hosil qilgach, uning mustahkamligi tekshirib ko’riladi. Buning ik­ki xil usul bilan amalga oshirish mumkin:
a) ruxsat etilgan kuchlanishlar hamda keltirilgan moment bo’yicha tekshirish usuli (taqribiy usul);
b) havfli kesimdagi kuchlanishlar konstentrastiyasini e’tiborga oluvchi va extiyot koeffistientni topish asosida tekshirish usuli (aniqlashtirilgan usul);
3. Vallarni mustahkalikka hisoblash.
Bu usulning taqribiy usuldan asosiy farqi shuki, bu usul bilan hisoblashda ta’sir etuvchi momentlardan tashqari, havfli ke­simdagi kuchlanishlar konstentrastiyasi, valning geometrik o’lchamlari hamda sirt tozaligining kuchlanishlar qiymatiga ta’siri ham e’ti­borga olinadi.

faqat egilish bo’yicha aniqlangan ehtiyot koeffistient.

n - faqat buralish bo’yicha aniqlangan ehtiyot koeffistient.

 va  - kuchlanishlar stikli o’zgarmas qismining mustax­kamlikka ta’sirini e’tiborga oluvchi koeffistientlar qiymatlari, bu qiymatlar jadvallardan olinadi.
a va a - kuchlanishlar stiklining o’zgaruvchan qismi.
m va m - kuchlanishlar stiklining o’zgarmas qismi.
m- diametri har xil bo’lgan vallardagi chidamlilik chegarasi­ni har xil bo’lishini hisobga oluvchi koeffistient.
n- detal sirti tozalik darajasining chidamlilik chegarasiga ta’sirini hisobga oluvchi koeffistient.
K va K- kuchlanishlar konstentrastiyasini hisobga oluvchi koeffistientlar.
4. Vallarning bikrligini hisoblash.
Vallarning ish jarayonida egilishi ularning hamda ular bilan bog’lik bo’lgan detallarning ishiga salbiy ta’sir ko’rsatadi.
Egilishda hosil bo’ladigan salqilik xamda egilish chizig’ining tayanchga nisbatan hosil qilgan qiyalik burchagi materiallar qarshi­ligi kursida keltirilgan usullar bilan aniqlanadi.
Salqilikning ruxsat etilgan qiymati valning tuzilishi,ishlash sharoiti hamda qo’yilgan talablarga ko’ra, har xil hol uchun alohi­da belgilanadi. Masalan, tishli g’ildiraklar o’rnatiladigan vallar uchun salqilikning ruxsat etilgan qiymati quyidagicha bo’ladi:
[u] = 0,01m - stilindrik g’ildirakli uzatmalar uchun;
[u] = 0,005m - konussimon g’ildirakli va gipoid uzatmalar uchun;
m - ilashish moduli.
Stanoksozlikda ishlatiladigan umumiy vallar uchun:
[u] = (0,0002.....0,0003) L
L - tayanchlar orasidagi masofa.
Egilgan vallarning tayanchlariga nisbatan qiyalik burchagi sir­panish podshipniklari uchun [] = 0,001 radian; dumalanish radial podshipniklari uchun [] = 0,01 radian deb qabul qilinadi.
Vallarning titrashga bardoshliligini hisoblash.
Bunday hisoblashdan asosiy maqsad vallarning sinishiga sabab bo’ladigan rezonans xodisasiga yo’l qo’ymaslikdir.
Shuning uchun har bir valni tuzilishiga qarab kritik aylanish­lar chastotasi belgilanadi, uning qiymati quyidagicha topiladi:

g = 9,81 m/s - erning tortish kuchidan hosil bo’ladigan erkin tushish tezlanishi.
Ust – valda hosil bo’ladigan statik salqilik.
Odatda, rezonans xodisasi ro’y bermasligi uchun bikr vallarda n  0,7nkr, eguvchi vallarda n  1,3nkr - bo’lishini ta’minlash darkor.


Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish