36-MA’RUZA. MUFTALAR
REJA:
Muftaning vazifasi va turlari.
Muftalarning mustahkamligini ta’minlash tartibi.
Vtulka barmoqli muftalarni hisoblash tartibi.
1. Muftaning vazifasi va turlari.
Muftalar val, truba va shu kabi detallarning uchlarini bir – biriga ulash uchun ishlatiladi va mexanikaviy, elektrik va gidravlikaviy turlariga bo’linadi. Mexanikaviy muftalarnig asosiy vazifasi vallarni bir - biriga biriktirish va burovchi moment uzatish hisoblanadi. Ular vazifasiga qarab uch guruhga bo’linadi:
1. Doimiy biriktirilgan muftalar; bunday muftalar foydalalanilganda mashina ishini to’xtatmay turib, vallarni bir - biridan ajratishning mutlaqo iloji bo’lmaydi.
2. Boshqariladigan ulovchi muftalar; bunday muftalar vositasida mashina ishini to’xtatmagan holda, zarur bo’lgan hollarda vallarni ulash yoki ajratish mumkin;
3. O’z - o’zini boshqaruvchi (avtomatik) muftalar; bunday muftalar, ko’pincha, saqlagich sifatida ishlatiladi, ya’ni mashinaning normal ishlashi uchun talab qilingan sharoit ta’minlanmagan hollarda bunday muftalar avtomatik ravishda vallarni bir - biridan ajratadi va talab qilingan normal sharoit yaratilishi bilan ajratilgan vallar mufta vositasida avtomatik ravishda yana ulanadi.
Doimiy biriktirilgan muftalar guruhiga vallarni bir – biriga nisbatan biror yunalishda siljishiga yo’l quymaydigan qilib biriktiradigan qo’zg’almas muftalar hamda vallarning turli yo’nalishida siljishiga ma’lum darajada imkon beradigan qo’zg’aluvchi muftalar kiradi.
Qo’zg’almas muftalarning quyidagi turlari mavjud:
a) vtulka ko’rinishidagi muftalar;
b) bo’laklarga ajraladigan sirti val o’qiga tik joylashgan flanestli muftalar;
v) bo’laklarga ajraladigan sirti val o’qiga parallel joylashgan muftalar;
Qo’zg’almas muftalarning eng oddiysi vtulka ko’rinishidagi muftalardir. Vallarni bunday muftalar vositasida biriktirish uchun vallarning uchlari ichki diametri ularning sirtki diametriga teng bo’lgan vtulkalarning ikki tomonidan kiritiladi va shtift yoki shponkalar vositasida qo’zg’almas qilib mahkamlab qo’yiladi.
2. Muftalarning mustahkamligini ta’minlash tartibi.
Mufta elementlarining mustahkamligi bir xil bo’lishi uchun zarur o’lchamlarni tanlashda quyidagilarga amal qilish tavsiya etiladi.
L = 3dv; l = dV; D1 = 1.5 dV; dSh = (0.3....0.25)dV
Odatda, kichik muftalar uchun 0,3, kattalari uchun 0,25 qilib olinadi. Stanoksozlikda foydalaniladigan normalarda vtulka ko’rinishidagi muftalarni 35 yoki 45 rusumli po’latlardan, 80 mm bo’lganda esa cho’yandan tayyorlash tavsiya etiladi.
Muftaning geometrik o’lchamlari va ularda ishlatiladigan boltlarning diametri maxsus jadvallarda beriladi. Zarur bo’lgan hollarda geometrik o’lchamlarni taxminan belgilab olish uchun quyidagi munosabatlardan foydalanish mumkin:
Muftaning val bo’yicha uzunligi
l = (5....2.5) dV
Muftaning aylana bo’ylab sirtqi diametri
DS = (4,5....2) dV
Do'stlaringiz bilan baham: |