Buxoro davlat universiteti a. N. Murtazoyev texnik mexanika


-MA’RUZA. PLASTMASSALARNING TISHLI UZATMALARDA ISHLATILISHI



Download 15,67 Mb.
bet100/111
Sana20.06.2022
Hajmi15,67 Mb.
#685513
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   111
Bog'liq
Aziz domlo 2

33-MA’RUZA. PLASTMASSALARNING TISHLI UZATMALARDA ISHLATILISHI.
REJA:
1. Tishli uzatmalarda ishlatiladigan plassamassalar to’g’risida ma’lumot.
2.Tishli uzatmalar tayyorlashda ishlatiladigan plastmassalar.
3. Tishli uzatmalar tayyorlashda ishlatiladigan termoplastlar.
4. Plastmassali tishli uzatmalarni hisoblash.

1. Tishli uzatmalarda ishlatiladigan plassamassalar to’g’risida ma’lumot.


So’nggi yillarda sanoatning ko’pgina tarmoqlarida plastmassadan tayyorlangan tishli g’ildiraklar ko’plab ishlatila boshladi. Ayrim hollarda asbobsozlik va mashinasozlikda plastmassalar tishli vildiraklar uchun qo’l keladigan birdan-bir material hisoblanmoqda. Plastmassadan tayyorlangan tishli g’ildirakdarning keng ko’lamda ishlatilishi ularning quyidagi afzalliklariga asoslangan: 1) ravon na shovqinsiz ishlaydi; 2) eyilishga chidamliligi yuqori; 3) abraziv zarrachalarning ta’siriga uncha sezgir emas; 4) zarb bilan ta’sir etadigan dinamik kuchlarni so’ndirish xususiyatiga ega; 5) uzatma uchun detallar tayyorlashda yo’l qo’yilgan ayrim noaniqliklarning mexanizm ishiga salbiy ta’siri kam bo’ladi; 6) elektr tokini o’tkazmaydi; 7) solishtirma og’irligi kichik; 8) ko’plab tayyorlangan hollarda arzon tushadi; 9) moysiz sharoitda ham yaxshi ishlaydi; 10) nam va zax joylarda ham ishlayveradi, chunki zanglamaydi.
Plastmassalardan tishli g’ildiraklar uchun material sifatida foydalanishning yanada rivojlanishiga ularning quyidagi kamchiliklari to’sqinlik qilmoqda: 1) issiqlik o’tkazuvchanligi va issiqqa chidamliligi past; 2) hozirgi vaqtda tishli g’ildiraklar uchun ishlatilayotgan plastmassalarning mustahkamligi qo’yilgan talabga to’la javob bermaydi.
Metallmas materiallardan tishli g’ildirak tayyorlash juda qadimdan ma’lum. Masalan, yog’ochdan tayyorlangan tishli g’ildiraklar o’rta asrlardayoq ishlatilgan edi.
Kimyo sanoatining rivojlanishi natijasida XX asrning boshlarida tezligi katta bo’lib, shovqinsiz ishlashi zarur bo’lgan uzatmalarda tekstolitdan tayyorlangan tishli g’ildiraklar ishlatila boshladi. Lekin tekstolitning tannarxi nisbatan yuqori bo’lganligidan tishli g’ildiraklar uchun yog’ochdan foydalanish masalasi o’rganila boshlandi. Hozirgi vaqtda maxsus ishlov berilgan yog’ochni presslash, so’ngra bir-biriga yopishtirish yo’li bilan tayyorlangan materiallardan ham tishli g’ildiraklar ishlanmoqda. So’nggi yillarda tishli g’ildiraklar tayyorlash uchun polietilen, polipropilen, poliformaldegid, polikarbonat poliuretan va har xil poliamid (kapron, kapralon, kaprolaktam) va shu kabilardan foydalanilmoqda.
2. Tishli uzatmalar tayyorlashda ishlatiladigan plastmassalar.
Polietilen, poliformaldegid va polipropilendan kam nagruzkali kichik o’lchamli g’ildiraklar tayyorlanadi. Yangi materiallardan tishli g’ildiraklar uchun eng ko’p ishlatiladigani har xil poliamidlardir, chunki ulardan tayyorlangan detallarda quyidagi afzalliklar bor: mustahkamligi nisbatan yaxshi (naylon uchun V= 100 MPa), eyilishga chidamliligi yuqori (bronzanikidan 2 – 3 marta ortiq), elastikligi me’yorida, moy va kerosin ta’siridan aynamaydi. Bundan tashqari, poliamidlardan g’ildiraklar quyish ancha oson. Ko’rsatilgan poliamidlardan tishli g’ildiraklar uchun eng ko’p ishlatiladigani kaprondir. Bu material turli mamlakatlarda har xil nom bilan ishlab chiqariladi. Masalan, u GDR da – perlon, Polshada – stilon, Chexoslovakiyada – silon, Gollandiyada – enkalon, Shveystariyada – grilon va AQShda – naylon-6 deb yuritiladi.
Poliamiddan tayyorlangan tishli g’ildiraklardan foydalanilganda tishlarning qizib ketmasligini ta’minlash zarur. Shu maqsadda juftdagi g’ildiraklarning faqat bittasi poliamiddan tayyorlanadi. G’ildiraklarning nagruzkasini oshirish uchun qovushoqligi past bo’lgan moylardai foydalanish tavsiya etiladi. Bundan tashqari, tishli g’ildiraklar molibden disulfid qo’shilgan poliamidlardan tayyorlansa, ularning eyilishga chidamliligi yanada ortadi.
Umuman poliamidlardan tayyorlangan g’ildiraklarning mustahkamligi nisbatan yuqori va ulardan tuzilgan uzatmalarning ilashishi ravon va shovqinsiz bo’ladi.
Poliformaldegiddan tayyorlangan tishli g’ildiraklar boshqa sintetik materiallardan tayyorlantan g’ildiraklarga qaraganda ortiq nagruzkaga chidaydi. Bunday g’ildiraklarni nisbatan katta nagruzka tushadigan va ishlayotganda zarba bilan ta’sir etuvchi dinamikaviy kuchlar paydo bo’ladigan uzatmalarda po’lat g’ildiraklar bilan birgalikda ishlatish tavsiya etiladi, chunki ularning elastikligi va qattiqligi etarli darajada yuqoridir.
3. Tishli uzatmalar tayyorlashda ishlatiladigan termoplastlar.
Tishli g’ildiraklar uchun ishlatiladigan termoplastik materiallardan yana biri polikarbonatdir. Uning mustahkamligi nisbatan yuqori (V = 89 MPa) bo’lib, 1350 dan 140 0S gacha temperaturalarda ishlay oladi. Temperatura o’zgarganda detalning shakli deyarli o’zgarmaydi. Shuni nazarda tutish kerakki, polikarbonatdan tayyorlangan tishli g’ildiraklarni o’zgaruvchan stikl bilan ta’sir etuvchi nagruzkali uzatmalarda ishlatish tavsiya etilmaydi.
Hozirgi vaqtda sovuq holatda qotadigan sintetik materiallardan – akriloplastlardan tayyorlangan tishli g’ildiraklar ishlatish masalasi tadqiq qilinmoqda. Bunday materiallar (AST – T stirakril va boshqalar) kukun holida bo’ladi va detal tayyorlash oldidan ular suyuqlikda qorilib, tegishli qoliplarga quyiladi. Odatdagi muhit sharoitida qotgandan so’ng ularga hech qanday nam ta’sir etmaydi, agar zarur bo’lsa ularga kesish usuli bilan qo’shimcha ishlov beriladi.
4. Plastmassali tishli uzatmalarni hisoblash.
Po’lat g’ildiraklar qanday hisoblansa, plastmassadan tayyorlangan tishli g’ildiraklar ham xuddi shunday hisoblanadi. Faqat formulalardagi soniy koeffistientlar ishlatilgan plastmassaning elastiklik moduli e’tiborga olingan holda aniqlanishi kerak. Ma’lumki, plastmassadan tayyorlangan g’ildiraklarning ishiga hosil bo’ladigan issiqlikning, atrofidagi namlikning va shunga o’xshash bir qator omillarning ta’siri kuchli. Shunning uchun bunday g’ildiraklar loyihalashda bu omillarni e’tiborga olish zarur. Buning uchun ruxsat etilgan kuchlanishni aniqlashda, qo’shimcha koeffistientlar kiritiladi. Masalan, eguvchi kuchlanish bo’yicha hisoblashda:

qilib, kontakt kuchlanish bo’yicha hisoblashda esa

qilib olinadi; bu ifodalarda oq– oquvchanlik chegarasi (uning qiymatini ayrim materiallar uchun 8-jadvaldan olish mumkin); Kt – uzatmaning
33.1-jadval
Ayrim plastmassalar uchun oq ning qiymati

Materialning nomi

oq MPa

Poliamidlar ……………………………
Polifofmaldegid …………………….
Polikarbonat ………………………….
Tekstolit, DSP-G ……………………..

35 – 45
40 – 60
50 – 60
40 – 50

issiqlik rejimini hisobga oluvchi koeffistient (uning qiymatini 43-jadvaldan olish mumkin); KTEX– tishli g’ildiraklar tayyorlash texnologiyasini hisobga oluvchi koeffistient (g’ildiraklar mexanikaviy ishlov berish yo’li bilan tayyorlansa, KTEX =0,9, g’ildiraklar quyma bo’lsa, KTEX = 1 bo’ladi); KI– nagruzka chastotasini ifodalovchi koeffistient, uning qiymati plastmassa tishning ilashishda bo’lish soniga bog’liq; ilashishda ikkita tishli g’ildirak bo’lgan hollarda, g’ildirak bir marta aylanganda har bir tish bir marta ilashishda bo’ladi deb hisoblanadi va bunday hollarda KI ning qiymati 9-jadvaldan olinadi.


33.2-jadval
Ayrim plastmassalar uchun Kt ning qiymati

Materialning nomi

Ishlash sharoitdagi temperatura, S0

20

40

60

80

100

Poliamid
Poliformaldegid
Polikarbonat
Tekstolit, DSP-G

1,0
1,0
1,0
1,0

0,80
0,80
0,85
0,90

0,65
0,65
0,75
0,80

0,55
0,55
0,70
0,70

0,50
0,50
0,65
0,65

33.3-jadval



Tishlashning bir minut davomida ilashishda bo’lish soni

0-300

300-500

500-1000

1000-2000

2000 dan ko’p

KI

1,0

0,9

0,85

0,8

0,75

K– tishlarning tubida hosil bo’ladigan kuchlanishlar konstentrastiyasini hisobga oluvchi koeffistient (poliformaldegid, polipropilendan tayyorlangan g’ildiraklar uchun K = 0,8 – 0,9; polikarbonat g’ildirak uchun K = 0,9 – 0,95; DSP-G va tekstolit g’ildiraklar uchun K =0,9 – 0,95, KM– moy qovushoqligining materialdagi kuchlanishga ta’sirini e’tiborga oluvchi koeffistient, uning taqribiy qiymatini quyidagi munosabatdan aniqlash mumkin:



bu yerda Et – ishlash sharoitidagi temperaturada moyning qovushoqligi.
Uzatma ishlayotganda hosil bo’ladigan issiqlikning plastmassa g’ildiraklarga salbiy ta’siri kuchli bo’lganligidan, ma’lum usul bilan (bu usul mazkur kitobning boshlarida keltirilgan) issiqlikning me’yorida bo’lishini tekshirish na lozim bo’lgan taqdirda buning uchun zarur choralarni ko’rish kerak.


Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   96   97   98   99   100   101   102   103   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish