32-MA’RUZA. FRIKSTION UZATMALAR.
REJA:
Frikstion uzatmaning mohiyati.
Frikstion uzatmani hisoblash tartibi.
Variatorlar to’g’risida ma’lumot.
1. Frikstion uzatmaning mohiyati.
Ishqalanish vositasi bilan harakatni uzatuvchi uzatmalar frikstion uzatmalar deb ataladi.
Bu uzatmalarning eng oddiysi bir - biriga ma’lum kuch bilan siqilgan tekis sirtli g’ildirak - katokdan iborat. (32.1-rasm).
32.1-rasm. Stilindrsimon g’ildirakli frikstion uzatma.
Ishqalanuvchi g’ildiraklardan birining radiusi o’zgaradigan va ikkinchisining radiusi o’zgarmaydigan qilinsa, u holda uzatish soni o’zgaruvchan frikstion uzatma hosil bo’ladi. Bunday uzatmalar variatorlar deb ataladi.
Frikstion uzatmalarning afzalligi:
1. Tuzilishi oddiy.
2. Harakat bir tekis va shovqinsiz uzatiladi.
3. Ma’lum chegarada uzatishlar sonini o’zgartirish mumkin.
Frikstion uzatmalarning kamchiligi:
1. Detallar tez va notekis eyiladi.
2. Val va tayanchlarga tushadigan kuch qiymati nisbatan katta.
3. Uzatish soni sirpanish natijasida o’zgaruvchan bo’ladi.
4. Foydali ish koeffistienti nisbatan kichik h = 0,6 ...0,92.
5. G’ildirakni bir-biriga qisish uchun qo’shimcha moslama kerak. Asosan ishlatish rejimi u = 10 gacha, N = 300 kVt, = 25 m/s, N1= 25 kVt.
Frikstion uzatmaning uzatishlar soni quyidagicha aniqlanadi:
g’ildiraklarni bir - biriga siqish kuchi:
f - ishqalanish koeffistienti. f = 0,04 ...0,05 po’lat uchun.
K - tishlashishdagi ehtiyot koeffistienti K = 1,25...1,5.
F - aylana kuch.
2. Frikstion uzatmani hisoblash tartibi.
Avvalo etaklovchi g’ildirakni diametrini aniqlaymiz:
D1= (4....5)d1
d1- etaklovchi valning diametri bo’lib, quyidagicha aniqlanadi:
N - etaklovchi valdagi quvvat, (Kvt).
n - etaklovchi valning aylanish chastotasi.
Etaklanuvchi g’ildirakning diametrini aniqlaymiz:
D2= u D1(1 - ) = D2u;
demak, siquvchi kuch quyidagicha topiladi:
D1 va D2 - metrda hisoblanadi.
Siquvchi kuch aniqlangandan keyin g’ildiraklarning eni aniqlanadi. Buning uchun uzunlik birligiga ruxsat etilgan bosimning qiymatidan foydalaniladi. U [P] har xil materiallar uchun N/sm qiymati har xil bo’ladi va jadvaldan olinadi.
G’ildirakning eni:
lekin b max D1 bo’ladi.
Konussimon g’ildirakli frikstion uzatma.
Aylanish tezligini quyidagi formuladan topamiz:
O’qdagi aylanma kuch quyidagicha topiladi:
g’ildiraklar tayanchiga tushadigan kuchni aniqlaymiz:
K - tishlashishdagi ehtiyot koeffistienti. K = 1,5 ....2. d1 va d2 - g’ildiraklar orasidagi burchaklar. Solishtirma bosim natijasida g’ildirakning bir - biriga tegib turgan sirtining enini aniqlaymiz.
[P] - g’ildirak kengligini har bir uzunlik birligiga ruxsat etilgan kuch (solishtirma bosim kuchi).
3. Variatorlar to’g’risida ma’lumot.
Uzatishlar soni o’zgarmas bo’lgan uzatmalarni ko’pchiligini o’rganib oldik. Biroq ish jarayonida etaklanuvchi val harakatini pog’onasiz, bir tekis o’zgartirish zarur bo’lgan hollarda variatorlardan foydalanish ma’qul ko’riladi.
Variatorlar stanoksozlikda, payvandlash va quyish mashinalarida, tikuv mashinalarida ishlatiladi.
Variatorlardan avtomatlashtirish jarayonlarida foydalanish juda qulay. Variatorlada ta’sir etadigan kuchlarni aniqlaymiz:
O’q bo’ylab siquvchi kuch quyidagicha aniqlanadi:
N - kosasimon g’ildirak sirtiga tik yo’nalishda ta’sir etuvchi kuch:
m - roliklar soni (odatda m = 2).
Q ning katta qiymatiga qarab, siquvchi qurilmadagi burchak aniqlanadi:
r - katokning radiusi.
Kosasimon sirtli g’ildiraklar, kontakt kuchlanishga tik kuchga nisbatan hisoblanadi:
Variatorlarning boshqarish oralig’i 6,25 gacha bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |