40-MA’RUZA. PAYVAND BIRIKMALAR.
REJA:
Payvand birikmalarning turlari va ahamiyati.
Uchma-uch birikmalar.
Ustma-ust birikmalar.
Payvand birikmalarni mustahkamlikka hisoblash.
Kontaktlab payvandlash.
1. Payvand birikmalarning turlari va ahamiyati.
Payvand birikmalar mashinasozlik va qurilishda keng qo’llaniladi.
Afzalligi:
1) Kam mehnat talab qilib, metalni tejaydi (teshik ochilmaydi).
2) Korpus detallarini tayyorlashda qo’ymadan ko’ra payvandlab tayyorlansa 30 - 40 % metall tejaladi. Qolip tayyorlashga ko’p mehnat va mablag’ kerak.
Kamchiligi:
Materiallarning termik deformastiyalanishi va hamma materiallarni ham payvandlab bo’lmasligidir.
Elektr energiyasidan va gaz alangasidan foydalanib payvandlash usullari mavjud. Eng ko’p elektr energiyasidan foydalanib payvandlanadi. Bu usul qulay, tejamli bo’lib uni avtomatlashtirish mumkin. Natijada ish unumdorligi 20 % ga oshib, sifatli chok olinadi.
Elektr energiyasidan foydalanib payvandlash ikki turga bo’linadi:
1. Elektr yoyi yordamida payvandlash. Bunda ulanadigan joy elektr yoyi vositasida qizdirilib va unga payvandlash metali suyuqlantirilib tushiriladi.
Payvandlash metali elektrod bo’lib u yuziga shisha va bur surkalgan metall sterjen. Elektrod tok manbaining bir qutbiga, metall esa ikkinchi qutbiga ulanadi.
2. Kontaktlab payvandlash: bu usul ulanadigan detallardan kuchi bir necha ming amper bo’lgan elektr toki o’tkazilganda ularning bir – biriga tegib turgan (kontaktda) joyida qarshilik yuqori bo’lganligidan katta issiqlik hosil bo’lishiga asoslangan. Kontaktda bo’lgan joy plastik holatga keladi yoki suyuqlanadi. Bunda detallar bir – biriga ma’lum kuch bilan siqilsa payvand chok hosil bo’ladi.
Payvandlash vositasida detallarni uchma – uch, ustma – ust va burchak ostida ulash mumkin. Payvand choklar shakliga qarab uchma - uch va burchakli choklarga bo’linadi.
2. Uchma - uch birikmalar.
40.1-rasm. Uchma-uch birikma turlari
Uchma - uch birikmada R kuch ta’siridan (chuzuvchi kuch) kuchlanish hosil bo’ladi. Shuning uchun chok cho’zilish va siqilishga hisoblanadi.
l - chokning hisoblash uchun qabul qilingan uzunligi.
S - listning payvand qilingan joyidagi qalinligi.
[1] - chokning materiali uchun ruxsat etilgan kuchlanish.
[1] ning payvandlangan listlar uchun ruxsat etilgan kuchlanish
[] ga nisbati uchma - uch chokning mustahkamlik koeffistienti deyiladi.
= [1]/[]
= 0,9 - 1,0 oralig’ida bo’lib, bu degan so’z chokning mustahkamligi listning mustahkamligiga teng bo’ladi.
3. Ustma - ust birikmalar.
Ustma - ust birikmada chokning ko’ndalang kesimi uchburchak shaklida bo’ladi va burchakli yoki valiksimon chok deb ataladi. Burchakli chokning shakli normal, botiq va qabariq bo’lishi mumkin (40.2-rasm).
1-normal, 2-botiq, 3-qabariq.
h = 0,7 k = k sin 45
Chok qabariq bo’lganda detalning ulangan joyining kesimi sezilarli darajada o’zgarib qo’shimcha kuchlanish hosil bo’ladi. Shuning uchun chokning botiq bo’lgani ma’qul. Uning o’zgaruvchan kuch ta’siriga bardoshi yaxshi. Ustma - ust payvandlashda choklarning quyidagi turlari mavjud:
1. Ro’para chok
2. Yonbosh chok
3. Qiyshiq chok
Tajribalar ko’rsatishicha, burchakli chokning qanday joylashishidan qat’iy nazar, ular uchburchak to’g’ri burchagining bissekrtisasi orqali o’tgan (m - m) kesim bo’ylab ta’sir etuvchi urinma kuchlanishdan emiriladi. Normal kuchlanishning qiymati kichik bo’lgani uchun hisobga olinmaydi.
40.2 - rasm. Yonbosh chok.
4. Payvand birikmalarni mustahkamlikka hisoblash tartibi
Yonbosh chokning mustahkamligi detalning bikrligi va chokning uzunligiga bog’liq. Hamma choklarni hisoblashda kuch hamma nuqtalarda bir xilda ta’sir etadi, kuchlanish esa bir xilda taqsimlanadi deb olamiz. Unda urinma kuchlanish:
Agar shart bajarilmasa detalning o’rtasidan qo’shimcha chok o’tkazib, birikmaning mustahkamligini oshirish mumkin. Bu holda formula quyidagicha bo’ladi:
40.3-rasm. Qo’shimcha chok.
har xil uzunlikdagi choklarni hisoblashda ularning markazdan bir xil masofada joylashganini hisobga olib e/l=e/l chokning uzunligi topiladi. Unda mustahkamlik t ni topsak:
Agar yonbosh chokka moment ta’sir qilsa chokning kuchlanishi qo’yidagicha bo’ladi:
WP - chok emiriladigan kesimning buralishga bo’lgan qarshilik momenti. U chok kesimining shakliga bog’liq.
Ko’pchilik holda WP = 0,7 klb qilib olinadi.
Ro’para chokda normal va urinma kuchlanishlar yuzaga keladi. Lekin normal kuchlanish kichik bo’lgani uchun u yonbosh chokdagi kabi hisoblanadi. Birta ro’para chok bo’lsa:
Ikkita rupara chok bo’lsa (ya’ni ustma - ust quyilgan listlar ham ustidan, ham ostidan payvandlangan bo’lsa:
Agar ro’para yoki yonbosh chok ishlatilgan bo’lsa: p
Moment ta’sir etganda kuchlanish:
Bir vaqtda ham kuch ham moment ta’sir etsa:
= m + p ,[ ]
40.4-rasm. Moment va kuch ta’sir etuvchi chok.
Detallarni o’zaro tik qilib biriktirganda:
a) uchma - uch chok
b) burchakli chok - kuchlanish quyidagicha topiladi:
5. Kontaktlab payvandlash.
Kontaktlab payvandlash nuqtaviy va lentaviy bo’ladi. S ga qarab o’lchamlar tanlanadi:
d = 1,2 S + 4
t = 3 d
t = 2 d
t = 1,5 d
z - payvand nuqtalar soni.
i - qirqilishi mumkin bo’lgan tekisliklar soni.
Do'stlaringiz bilan baham: |