38-MA’RUZA. DUMALANISH PODSHIPNIKLARI
REJA:
Dumalanish podshipnigining ahamiyati va turlari.
Dumalanish podshipniklarining kinematikasi.
Dumalanish podshipniklarini tanlash tartibi.
1. Dumalanish podshipnigining ahamiyati va turlari.
Ma’lumki, sirpanish podshipniklarining asosiy kamchiliklaridan biri ishqalanish koeffistientining nisbatan kattaligidir. Dumalash podshipniklarida sirpanib ishqalanish o’rniga dumalab ishqalanishning mavjudligi ishqalanishga sarflanadigan qo’vvatni keskin ravishda kamaytirishga imkon beradi, ya’ni bu podshipniklarning foydali ish koeffistienti yuqori bo’ladi. Shuning uchun hozirgi vaqtda vallarning tayanchlari sifatida, asosan, dumalash podshipniklari ishlatiladi.
Dumalanish podshipniklarining afzalliklari:
1) ishqalanish kuchi va undan hosil bo’ladigan issiqlik miqdori kichik; vallarning aylana boshlashi uchun zarur bo’lgan qo’zg’atish momenti sirpanish podshipniklardagiga qaraganda bir necha marta (5-10 marta) kichik;
2) sarflanadigan moy miqdori kam;
3) uzunlik bo’yicha o’lchami sirpanish podshipniklarinikiga qaraganda bir muncha qisqa;
4) rangli metall ishlatishni talab etmaydi.
Dumalapish podshipniklarining asosiy kamchiliklari shuki, ularning dinamikaviy kuchlar ta’siriga bardosh berish xususiyati past, yuklanish qabul qiladigan yuzasining kichikligi tufayli bu yuzada katta qiymatli kontakt kuchlanish hosil bo’ladi. Bu esa podshipnikning ishlash davrini qisqartiradi.
Dumalanish podshipniklari dumalaydigan detallarning tuzilishiga qarab, sharikli va rolikli turlarga bo’linadi.
Dumalash podshipniklarining har biri qabul qila oladigan kuchlarning yo’nalishiga qarab, quyidagi uch turga bo’linadi:
1) val o’qiga tik yo’nalgan kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan radial podshipniklar;
2) val o’qi buylab ta’sir etuvchi kuchlarni qabul qilishga mo’ljallangan radial podshipniklar;
3) val o’qiga tik bo’lgan kuch bilan bir vaqtda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni ham qabul qilishga mo’ljallangan radial-tirak podshipniklari.
Dumalanish podshipniklarining har biri yuklanish jihatidan engil L, o’rta S va og’ir T qilib tayyorlanadi.
2. Dumalanish podshipniklarining kinematikasi.
Podshipnikning kinematikasini tushinish uchun ichki xalqasi aylanadigan qilib o’rnatilgan podshipnik detallari uchun tuzilgan tezliklar planidan foydalanamiz (38.1-rasm).
38.1-rasm. Podshipnik detallari uchun tezliklar plani.
unda:
Sharikning (yoki rolikning) o’z o’qi atrofida aylanish chastotasi:
Separatorning aylanish chastotasi sharikning val o’qi atrofida aylanish chastotasiga teng bo’lib, quyidagicha ifodalanadi:
Demak separator val bilan bir yo’nalishda uning uning aylanish chastotasidan ikki marta kichik tezlik bilan aylanadi.
3. Dumalanish podshipniklarini tanlash tartibi
Dumalash podshipniklari ikki usul bilan tanlanadi. Podshipniklar standrtda ko’rsatilishicha valning aylanish chastotasi 1ayl/min dan katta bo’lmagan hollarda podshipniklar statikaviy yuk ko’taruvchanlik bo’yicha tanlanadi, bu uchun ularga ta’sir etayotgan yuklanishning ekvivalent qiymati (keltirilgan) qiymati topilib, ular uchun belgilangan standrat jadvallarida keltirilgan statikaviy yuk ko’taruvchanligini ruxsat etilgan qiymati S0 bilan taqqoslanadi.
R0 = X0 Fr + Y0 Fa P0 C0
P0- statikaviy yuklanishning ekvivalent qiymati (radial va o’q bo’ylab yo’nalgan kuchlarning keltirilgan qiymati), N;
Fr- podshipnikka radial yo’nalishda ta’sir etadagan kuch, N.
Fa- podshiknik uning o’qi bo’ylab ta’sir etadigan kuch, N.
X0 va Y0 - radil va o’q bo’ylab yo’nalgan yuklanishlar koeffistientlari (jadvaldan).
Podshipniklarni xizmat muddati
bu yerda - 3 - sharikli podshipniklar uchun.
- 10/3- rolikli podshipniklar uchun.
Lmln – aylanishlar hisobida ifodalangan xizmat muddati.
Agar xizmat muddati soat bilan belgilansa unda:
Ln- soat. L - mln. aylanishlar.
n - aylanishlar chastotasi, ayl/min;
C- dinamikaviy yuk ko’tarish qobiliyati.
P- ekvivalent dinamikaviy yuklanish, bu doimiy yuklanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |