«TEMURBEKLAR MAKTABI» GA O’QUVCHILARNI SARALASH TARTIBI
S aralash tartibi - dastlabki tanlash, harbiy-kasbiy tanlov va test sinovlaridan iborat.
Dastlabki tanlash “Temurbeklar maktabi”ga o’qishga kirish istagini bildirgan nomzodlarning arizalari asosida yashash joyi bo’yicha mudofaa ishlari bo’yicha bo’limlarda har yili 1 apreldan 30 aprelga qadar o’tkaziladi.
Harbiy-kasbiy tanlash nomzodning yashash joyi bo’yicha mudofaa ishlari boshqarmasida har yili 1 maydan 20 iyun kuniga qadar o’tkaziladi.
Test sinovlari O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Davlat test markazi tomonidan o’rnatilgan tartibda o’tkaziladi
Izoh: Yuqoridagi barcha saralash tartibi va zarur xujjatlar yig’ma jildini tayyorlash uchun doimiy istiqomat qiladigan tuman Mudofaa ishlari bo`limiga murojaat qilanadi!
B IZNING MANZILIMIZ
Farg’ona viloyati, Farg’ona shahri, Guliston ko’chasi 7 uy
BUYUK KELAJAKKA BIZ BILAN QADAM QUYING
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGI
FARG’ONA «TEMURBEKLAR MAKTABI»
HARBIY AKADEMIK LITSEYI
2019 yil may oyida bizning muqaddas o’quv dargohimizga tashrif buyurgan Muhtaram Prezidentimiz O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlar Oliy bosh qo’mondoni SHavkat Miromonovich Mirziyoevning 2019 yil 28 iyundagi PQ–4375-sonli
“O’smirlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash hamda O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari va davlat xizmati uchun kadrlar zaxirasini tayyorlash tizimini takomillashtirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” Qarori asosida Farg`ona «Temurbeklar maktabi» faoliyat ko’rsatib kelmoqda
«TEMURBEKLAR MAKTABI» IMKONIYATLARI
O’quvchilar 4 mahal issiq ovqat bilan davlat tomonidan BEPUL ta’minlanadi;
O’quv mashg’ulotlaridan so’ng mutlaqo BEPUL chuqurlashtirilgan tarzda qo’shimcha darslar (Repetitorlik) o’tiladi;
30 dan ortiq fan va sport to’garaklari yil davomida faoliyat olib boradi;
1000 dan ortiq o’quv va badiy adabiyotlari mavjud 100 o’rinli Axborot resurs markazi hamda sport zall, qo’shimcha 1 ta stadion, yugurish yo’lagi, voleybol va basketbol maydonchalari muntazam faoliyat olib boradi;
O ’quv yili davomida belgilangan jadval asosida har oyda DTM talablari asosida monitoring test olib boriladi;
«Temurbeklar maktabi» yuqori malakali pedagog kadrlar bilan ta’minlangan;
O’quvchilar bilan muntazam ravishda o’z bilimi, kuchi va o’ziga ishonchini orttirish, test mashg’ulotlari davomida his-hayajonini yo’qotish maqsadida yuksak salohiyatga ega psixologlar tomonidan amaliy va nazariy mashg’ulotlar olib boriladi;
Tasdiqlangan nizom asosida har bir guruhlarda o’quvchilarning soni 25 nafardan etib tashkil etilgan;
«Temurbeklar maktabi»ning har bir o’quv xonasi zamonaviy elektron doskalar, yangi pedagogik texnologiyalar bilan jihozlangan;
Algebra, geometriya, fizika, xorijiy tillar, informatika, rus tili, ona tili va adabiyot fanlari ikkita kichik guruhlarga bo’linib o’tiladi;
«TEMURBEKLAR MAKTABI» IMTIYOZLARI
«Temurbeklar maktabi» bitiruvchilariga harbiy va ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga o’qishga kirishda 30 foiz miqdorida, Respublikaning boshqa davlat oliy ta’lim muassasalariga kirishda 15 foiz miqdorida qo’shimcha ballar ko’rinishida imtiyoz beriladi;
«Temurbeklar maktabi»ni imtiyozli diplom bilan tugatgan bitiruvchilarga oliy harbiy va ixtisoslashtirilgan bilim yurtlariga TEST SINOVLARSIZ kirish huquqi beriladi;
«Temurbeklar maktabi»ni bitirgan har bir o’quvchiga DIPLOM va “Temurbeklar maktabi”ni bitirganlik to’g’risida KO’KRAK NISHONI tantanali tadbirda topshiriladi;
«Temurbeklar maktabi» o’quvchilari alohida reja asosida ulug’ ajdodlarimizning ijod maktabi va muzeylariga sayohat qilinadi.