D0 = (6,5...2,5) dV
Boltlar soni
Z = 4 ; 6 ; 8 ;
Ajratish va yig’ish ishlarini osonlashtirish va bunda vallarni o’q bo’ylab siljitish zaruriyatidan qutilish maqsadida ajralish sirti valga parallel bo’lgan ikki pallali muftalardan foydalaniladi 32-rasm).
Bunday muftaning uzunligi o’rnatiladigan boltlarning soniga bog’liq bo’lib, odatda, l=( 4...3 ) dV qilib, muftaning sirtqi diametri esa DS = ( 4...2 ) dV qilib olinadi. Keltirilgan munosabatlardagi raqamlarning kattasi diametri kichik bo’lgan vallarga ta’luqlidir.
Kichik va o’rta o’lchamli muftalarda burovchi moment mufta bilan val orasidagi ishqalanish kuchi hisobiga, katta o’lchamli muftalarda esa, asosan, shponkalar vositasida uzatiladi. Muftani hisoblash natijasida boltlarning o’lchamlari va soni aniqlanadi.
Muftani hisoblash klemmali birikmalarni hisoblash singaridir, ya’ni shponka bor - yo’qligidan qat’iy nazar, burovchi moment faqat val va mufta orasidagi ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi, deb olinadi
36.1-rasm. Ajralish sirti valga parallel bo’lgan ikki parrali mufta
3. Vtulka – barmoqli muftalar.
Bunday muftalar, ko’pincha, elektrik dvigatelning vali bilan yuritma valini biriktirish uchun ishlatiladi. Ular ikki yarim flanestli muftadan iborat. Bu yarim muftalar o’zaro uchidan rezbasi bo’lgan barmoqlar yordamida bir-biri bilan biriktiriladi. Bunday muftalar burovchi momentning qiymati hamda valning o’lchamlariga qarab, jadvallardan tanlab olinadi. Ularni tekshirib ko’rishda barmoqlar egilishga hamda rezina detalning barmoqqa tegib turgan sirti buyicha ezilishga hisoblanadi. Buning uchun avvalo har bir barmoqqa to’g’ri keladigan kuch topiladi:
D1 - barmoqlar joylashgan aylananing diametri;
T - muftaga ta’sir etuvchi burovchi moment;
K - ish rejimini hisobga oluvchi koeffistient; bu koeffistient ko’pincha 1,5...2,5 qilib olinadi.
Barmoq va elastik element quyidagi formulalar asosida hisoblanadi:
z - muftadagi barmoqlar soni;
l - barmoqning elastik element joylashtirilgan qismi uzunligi;
d1 - barmoqning diametri;
[EG] – ruxsat etilgan eguvchi kuchlanish (bu kuchlanishning qiymati 45 rusumli po’lat uchun 80....100 MPa qilib olish tavsiya etiladi.
[EZ] – elastik element uchun ruxsat etilgan kuchlanish, uning qiymati 1,8 - 2,0 MPa qilib olinadi.
36.2 - rasm. Vtulka - barmoqli mufta.
37-MA’RUZA. PODSHIPNIKLAR
REJA:
Podshipnik vazifasi va turlari.
Sirpanish podshipniklarining ahamiyati.
Sirpanish podshipniklarining shartli hisobi.
1. Podshipnik vazifasi va turlari.
Podshipniklar val va o’qlarning shiplariga o’rnatilib,tayanch vazifasini utaydi. O’q yoki val orqali tayanchga tushadigan kuchni bevosita podshipnik qabul qiladi. Mexanizmning foydali ish koeffistientini kamayib ketishidan saqlash uchun podshipniklardagi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni iloji boricha kamaytirishga harakat qilish kerak.
Aylanayotgan val yoki o’q shiplari podshipniklarda ishqalanadi. Ana shu ishqalanishning turiga qarab, podshipniklar sirpanish podshipniklari bilan dumalanish podshipniklariga bo’linadi.
Sirpanish podshipniklarida sirpanib ishqalanish, dumalanish podshipniklarida esa dumalab ishqalanish sodir bo’ladi. Bundan tashqari val o’qiga tik kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan podshipniklar radial podshipniklar deyiladi, val o’shi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan podshipniklar esa radial - tirak podshipniklar deb ataladi.
2. Sirpanish podshipniklari.
Sirpanish podshipniklari tuzilishi jihatidan olganda, ajraladigan va ajralmaydigan podshipniklarga bo’linadi. Ajraladigan podshipniklar quyidagi qismlardan tuzilgan (37.1-rasm)
37.1-rasm. Sirpanish podshipnigining tuzilishi.
1) tayanchga tushuvchi kuchni qabul qiluvchi detal - podshipnik korpusi 1.
2) podshipnikning yuqori tomonidan berkitib turuvchi qismi - qopqoq 2.
3) podshipnikning eng muhim qismi - ikki palladan iborat vkladish 4.
4) korpus bilan qopqoqni biriktirish boltlari 3.
5) korpusni fundamentga biriktirish boltlari 5.
6) moylagich 6.
Sirpanish podshipniklari kam ishlatiladi, lekin uning quyidagi afzalliklari mavjud:
1. Katta (1000 ayl/min gacha) chastota bilan ishlash hollarida dumalash podshipniklariga qaraganda ko’p chidaydi.
2. Vallarni talab qilingan darajada aniq yo’nalishda o’rnatish imkonini beradi.
3. Ajraladigan qilib tayyorlanganligi uchun uni valning istalgan qismiga o’rnatish mumkin. Bu hol ayniqsa tirsakli vallar uchun qo’l keladi.
4. Zarb bilan ta’sir qiladigan kuchlar mavjud bo’lgan hollarda podshipnikdagi moy qatlami bu kuchlarning salbiy ta’sirini kamaytiradi.
5. Dumalash podshipniklari foydalanish mumkin bo’lmagan agressiv muhitli sharoitda (masalan, suvda) bemalol ishlay oladi.
6. Diametri haddan tashqari (1 m dan ortiq) bo’lgan vallar uchun hozircha standartlashtirilgan dumalanish podshipniklari ishlab chiqarilmaydi, sirpanish podshipniklari esa istalgan kattalikda qilib tayyorlanishi mumkin.
Podshipnikning chidamliligi, asosan, eyilish sur’ati bilan belgilanadi. Ularning sinib ketishi esa kam uchraydi. Eyilishning sur’ati ko’p jixatdan ishqalanish prostessi sodir bo’layotgan sirtlar orasidagi muhitga bog’lik. Ana shu muhitga qarab ishqalanish uch turga bo’linadi.
1. Quruq ishqalanish – moylanmagan sirtlar orasidagi ishqalanish.
2. Suyuqlikda ishqalanish. Bunda ishqalanayotgan sirtlar o’zaro qovushqoq moy qatlami bilan batamom ajralgan holda bo’ladi.
3. Nim quruq yoki nim suyuqlikda ishqalanish. Bunda ish sirtlari etarli darajada moylansa ham, ammo ikki sirtni batamom ajratib turadigan moy qatlami bo’lmaydi. Ishqalanish ko’proq quruq ishqalanishga yaqin bo’lsa, nim quruq ishqalanish, suyuqlikda ishqalanishga yaqin bo’lsa, nim suyuqlikda ishqalanish deyiladi.
Tadqiqotlarning ko’rsatishicha ma’lum o’lchamli podshipnikda hosil bo’lgan moy qatlamining qalinligi h ish rejimini belgilaydi va /r tarzda ifodalangan parametrini funkstiyasi hisoblanadi,
ya’ni:
bu yerda: - qovushoqlik, N s/m ;
- valning burchak tezligi;
- podshipnikning solishtirma bosimi N/m2(Pa);
l - podshipnikning uzunligi;
d - podshipnikning diametri;
/r - o’lchovsiz miqdor.
Ko’rinib turibdiki, moy qatlamining qalinligi moyning qovush- qoqligiga hamda valning aylanish tezligiga to’g’ri, solishtirma bosim miqdoriga teskari proporstionaldir.
3. Sirpanish podshipniklarning shartli hisobi.
Podshipniklarning shartli hisobi ikki xil yo’l bilan:
a) solishtirma bosim bo’yicha;
b) solishtirma bosim bilan sirpanish tezligining ko’paytmasi bo’yicha bajarilishi mumkin.
Hisoblash quyidagi formulalar asosida bajariladi:
R - podshipnikka radial yo’nalishda ta’sir etayotgan kuch, N.
l - podshipnikning uzunligi, m;
d - stapfaning diametri,m;
n - stapfaning aylanish chastotasi, ayl/min;
[r] - colishtirma bosimning ruxsat etilgan qiymati, Pa (bu bosim pulat-babbit ustida sirpanganda (8...9) MPa; po’lat bronza ustida sirpanganda esa (2...3) MPa oralig’ida bo’ladi;
[r ] - solishtirma bosim bilan sirpanish tezligi ko’paytmasining ruxsat etilgan qiymati (odatda [r ] = (6...30) MPa m/s oralig’ida bo’ladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |