Urganch Davlat Pedagogika Institutu Pedagogika fakulteti Texnologik tàlim yònalishi 1 kurs sirtqi bòlim talabasi
Egamberganova Umidaning
Texnik Mexanika
fanidan
Dumalanish podshipniklari haqida umumiy ma’lumot
mavzusida
tayyorlagan
MUSTAQIL ISHI
Dumalash podshipniklarining turlari va tuzilishi
r. Dumalash podshipniklarida sirpanib ishqalanish o’rniga dumalab ishqalanishning mavjudligi ishqalanishga sarflanadigan quvvatni keskin ravishda kamaytirishga imkon beradi. Dumalash podshipnigida aylanuvchi detalning sirti bilan tayanch sirti orasida sharlar yoki roliklar joylashadi. Dumalash podshipniklari, odatda, tashqi va ichki xalqalar, dumalanuvchi jismlar (shar yoki roliklar) va separator ( jismlarni bir-biridan ma’lum masofada tutib turuvchi detal’)dan iborat. 2.Dumalash podshipniklarining (afzalligi); 1. O’q yo’nalishi bo’yicha o’lchamlari kichik; 2. Mashinani yurgizayotganda, shuningdek ishlab turganida ishqalanish koeffitsenti kichik bo’ladi; 3. Montaj qilish va ishlatish davomida qarovi juda oson; 4. Moy kam sarflanadi; Dumalash podshipniklarining (kamchiliklari): 1. Zarb nagruzkaga juda ta’sirchan; 2. Aylanishlar sonini ortiqcha oshirilib bo’lmaydi; 3. Podshipnikning aniqlik klassini oshirgan sari narxi ham oshirib boraveradi; 4. Kontakt kuchlanishlar qiymati katta bo’lgani sababli, katta tezliklarda aylantirganda ishlash muddati qisqara boradi. 3.Dumalaydigan podshipniklar ta’sir etuvchi nagruzkaning yo’nalishiga qarab radial, ( val o’qiga tik kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan), tirak (val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchlarni qabul qilish uchun mo’ljallangan), radial-tirak ( val o’qiga tik kuch bilan bir vaqtda uning o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchni qabul qilishga mo’ljallangan) podshipniklarga bo’linadi. Dumalanish jismlarining shakliga ko’ra xalqalar ish sirtining shakliga ko’ra sharikli, rolik-tsilindrsimon –qisqa, uzun (ignasimon) va o’rama rolikli, rolikli konussimon, rolikli sferik, rolikli sferik –konussimon turlarga bo’linadi. Dumalanish jismlari qatorining soniga ko’ra bir, ikki va ko’p qatorli bo’lishi mumkin. Dumalash podshipniklari nagruzka jixatidan engil , o’rta S va og’ir T seriyali qilib tayyorlanadi. Podshipniklarining shartli belgilanishi: Masalan: Chap tomondagi birinchi son seriyasi ko’rsatadi. 2 – engil seriya; rasm 3 – o’rta seriya; 4 – o’rta seriya; 4- og’ir seriya; O’ng tomondagi ikki son podshipnik ichki diametrining 5 ga bo’linganiga teng qilib olinadi
Do'stlaringiz bilan baham: |