42-MA’RUZA. DETALLARNI TIG’IZLIKKA HISOBI
REJA:
Umumiy ma’lumot.
Tig’izlikdagi detallarning asosiy kamchiliklari.
Presslangan birikmalarni hisoblash.
1. Umumiy ma’lumot.
Sirtlari stilindrik bo’lgan ikki detalni tig’izlik – o’zaro manfiy zazor hisobiga etarli darajada mahkam biriktirish mumkin. Bu usuldan, ko’pincha, dumalash podshipniklarini valga o’rnatishda va shunga o’xshash boshqa hollarda foydalaniladi. Buning uchun valning diametri podshipnikda (yoki boshqa detalda) val uchun mo’ljallangan teshik diametridan qadar kattaroq qilib tayyorlanadi. Masalan, val diametri V va teshik diametri A bo’lsa (42.1-rasm), u holda V>A yoki V – A = bo’lishi kerak. Ana shunday qilib tayyorlangan detallarning biri ikkinchisiga biror usulda o’rnatilsa, ular orasidagi tig’izlik hisobiga detallar o’zaro mahkam birikadi. Tabiiyki, bunday hollarda, birikma hosil qilish uchun valni mo’ljallangan joyga o’rnatish oson bo’lmaydi. Buning uchun quyidagi usullarning biridan: presslab o’rnatish, teshikli detalni qizdirish yoki valni sovitish usulidan foydalaniladi.
42.1-rasm. Detallarni tig’izlik hisobiga biriktirish.
Presslab o’rnatishda valga uning o’qi bo’ylab yo’nalgan biror R kuch ta’sir ettiriladi. Bu kuch ta’sirida valning ham, teshikning ham urinish sirti deformastiyalanadi va u yerda bosim kuchi paydo bo’ladi. Paydo bo’lgan bosim kuchi urinish sirtlarida etarli darajada katta ishqalanish kuchini hosil qiladi. Urinish sirtlarida ishqalanish kuchining mavjudligi detallarni bir-biriga nisbatan qo’zg’almas qilib turadi va shuning uchun bu detallarga o’q bo’ylab yo’nalgan ma’lum miqdordagi nagruzka qo’yish va burovchi moment ta’sir ettirish mumkin bo’ladi.
2. Tig’izlikdagi detallarning asosiy kamchiliklari.
Presslab o’rnatishning asosiy kamchiligi shundaki, valni o’rnatish jarayonida detallar sirtidagi notekisliklarning sidirilishi natijasida ularning mustahkamligi kamayadi. Buning oldini olish maqsadida teshikli detalni qizdirish usulidan foydalaniladi. Ma’lumki, qizdirish natijasida teshikning diametri kattalashadi. Natijada uni valga o’rnatish osonlashadi. Teshikli detal sovigach valni mahkam siqib qoladi va detallar o’zaro qo’zg’almas tarzda birikadi. Bu usulning kamchiligi shuki, 2000 – 400 0S gacha qizdirish natijasida metalning strukturasi o’zgarib, detallar tob tashlashi mumkin. Shuning uchun, valni sovitish usulidan foydalanish tavsiya etiladi. Qizdirish yoki sovitish usulidan foydalanishda detallarning oson biriktirilishini ta’minlovchi temperatura quyidagi formula yordamida hisoblab topiladi:
bu yerda d – o’rnatilish diametrining nominal qiymati, mm; max– o’rnatish uchun belgilangan eng katta tig’izlik, mkm; 0 – detallarni oson o’rnatish uchun etarli bo’lgan eng kichik zazor mkm (DS da o’rnatish uchun D bilan belgilangan tur o’lchamlaridan foydalanish tavsiya qilinadi); – issiqlikdan kengayish koeffistienti (po’lat va cho’yan uchun = 10 10-6); t1 – detallar yig’ilayotgan stexning temperaturasi.
3. Presslangan birikmalarni hisoblash
Birikma yuqorida bayon etilgan usullarning qay biri yordamida hosil qilingayligidan qat’iy nazar, tig’izlik hisobiga hosil qilingan birikmalar, ko’pincha, presslangan birikmalar deb ataladi.
Presslangan birikmani hisoblashda loyihachining asosiy vazifasi, berilgan kuch na momentlarga asoslanib, tig’izlikning talab etilgan qiymatini aniqlash hamda DS dan unga mos keladigan qiymatni tanlashdan iborat.
Odatda, presslangan birikmaga burovchi moment hamda val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuch ta’sir qilishi mumkin. O’q bo’ylab yo’nalgan kuch 5 ta’siridan detallarning bir-biriga nisbatan qo’zg’almasligini ta’minlash uchun ularning urinish sirtidagi ishqalanish kuchi ta’sir etuvchi tashqi kuchga teng yoki undan katta bo’lishi kerak:
bu yerda r – urinish sirtidagi solishtirma bosim; Ft = 2T/d – aylana kuch.
Birikmaga burovchi moment ta’sir etayotgan bo’lsa uning mustahkamlik shargi quyidagicha ifodalanadi:
Materiallar qarshiligi kursidan ma’lumki
buladi, bu yerda x- hisobiy tig’izlik, mkm; S1 va S2 – quyidagicha aniqlanadigan koeffistientlar:
E1, E2, 1 va 2 – qamraluvchi va qamrovchi detallar uchun ishlatilgan materiallarning elastiklik modullari va Puasson koeffistientlari. Bu kattaliklar: po’lat uchun E (21...22) 104 MPa va = 0,3; chuyan uchun E (12...14) 104 MPa va = 0,25; bronza uchun E (10... 11) 104 MPa va = 0,33.
Hisobiy tig’izlik o’lchangan tig’izlikdan, ya’ni qamrovchi va qamraluvchi detallar diametrining ayirmasidan kichik bo’ladi, chunki tig’izlik detallar sirtidagi g’adir-budurliklar uchidan o’lchanadi. Presslanayotganda bu notekisliklarning bir qismi ezilib, detallar sirti silliqlanadi. O’lchamlari berilgan detallar uchun hisobiy tig’izlik DS jadvallarida keltirilgan tig’izlikning eng kichik qiymatiga notekisliklarning silliqlanishini hisobga oluvchi tuzatma kiritish yo’li bilak aniqlanadi:
bu yerda J – jadvalga keltirilgan tig’izlikning eng kichik qiymati., i – tuzatma-, h1 va h2 – qamraluvchi va qamrovchi detallar sirtlaridagi notekisliklarning balandligi.
Notekisliklarning balandligi, detal sirtining tozalik darajasiga qarab, tegishli jadvallardan olinadi.
Odatda, detallarniig mustahkamligi qamrovchi detaldagi aylanma () va radial (r) kuchlanishlarning ekvivalent qiymatiga qarab baholanadi:
bu yerda oq– detal materialining siquvchanlik chegarasi.
Agar presslangan birikmaga quyilishi mumkin bo’lgan eguvchi momentning qiymatini aniqlash talab etilsa, quyidagi munosabatdan foydalaniladi:
(96) munosabat RL =Rx; R = pld va x = ekanligi nazarda tutilib mustahkamlik zapasini oiirish maqsadida tuzatish kiritish yo’li bilan aniqlangan (R – urininu joyidagi bosimning teng ta’sir etuvchisi).
Ma’lum bulishicha, urinish joyidagi bosim epyurasi to’rtburchaklik ko’rinishdan eguvchi moment ta’sirida uchburchaklik ko’rinishga kiradi. Buning natijasida qamrovchi detalning bir uchida bosim nolga yaqinlansa, ikkinchi uchida ikki hissa oshadi (2r bo’lib qoladi).
Birikmaning mustahkamligini baholashda undagi eng katta bocim detalda plastik deformastiya hosil qilmasligi kerakligiga e’tibor berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |