43-MA’RUZA. SHPONKALI VA SHLISTALI BIRIKMALAR.
REJA:
Shponkali birikmalar to’g’risida ma’lumot.
Ponasimon shponkalar.
Shlistali birikmalar to’g’risida ma’lumot.
Shlistali birikmalarni hisoblash tartibi.
5.Plastmassadan tayyorlangan shponkali va shlistali birikmalarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari
1.Shponkali birikmalar to’g’risida ma’lumot.
Shponkali birikmalar - aylanuvchi detallarni yig’ishda ishlatiladi. Ularni yig’ish va bo’laklarga ajratish oson. Val yoki o’qda shponka uchun mo’ljallangan o’yiq bo’lishi birikmaning asosiy kamchiligidir, chunki bunday o’yiq val yoki o’q ko’ndalang kesimini kamaytiradi, natijada mustahkamlik pasayadi. Zo’riqtirilgan birikmalarda ponasimon, zo’riqtirilmagan birikmalarda esa prizmatik shponkalar ishlatiladi.
Prizmatik shponka kesimi to’g’ri turtburchak. Bunday birikmani tayyorlashda shponkani va o’yiqni aniq tayyorlash kerak, chunki shponka burovchi momenti yon yoqlari bilan uzatiladi.
Valdan g’ildirak chupchagiga burovchi moment uzatishda shponka yon yoklarining ezilishi hamda val bilan gupchakning urinish chizig’idan kesilishi mumkin. Bunda hosil bo’ladigan kuchlanishlar quyidagicha aniqlanadi:
h- shponkaning kundalang kesimi balandligi.
lx- shponkaning hisobiy uzunligi.
d- valning diametri.
T- burovchi moment.
b -shponkaning eni.
Shponkaning o’lchami val diametriga qarab tanlanadi.
uzunligi l = (0,8...0,9) lGUN
Bundan tashkari segmentsimon va stilindrik shponkalar bor.
- segmentsimon shponka uchun.
- stilindrik shponka uchun.
2. Ponasimon shponkalar.
43.1 - rasm. Ponasimon shponka.
Ponasimon shponkaning prizmatik shponkadan farqi shuki, uning keng yog’i bo’yicha tomon bir oz (odatda 1:100) qiya bo’ladi.
43.2 - rasm.
Ponasimon shponka va val ma’lum qiyalikda tayyorlanadi. Shponkani zarb bilan kiritganda uning ustki va ostki yoqlari o’yiqqa ma’lum tig’izlik bilan o’rnatiladi. Yon yoqlari esa urinmay turadi. Burovchi moment shponkaning ustki va ostki yoqlarida tig’izlikdan hosil bo’lgan ishqalanish kuchi hisobiga uzatiladi. Demak birikma yuklanishsiz bo’lganda ham shponkaning ustki va ostki yoqlarida ham kuchlanish bo’ladi.
Birikmaga T moment ta’sir etuvchi valning muvozanat shartini ko’ramiz. va kuchlanishlarni teng ta’sir etuvchi N va F bilan almashtiramiz. Burovchi moment valni aylantirishga intiladi. Ishqalanish kuchining F = Nf hamda shponkaning qisilishi aks ta’sir ko’rsatadi.
Shponkaning qisilishi natijasida chap va yog’iga qo’shimcha yuklanish tushib o’ng tomoni bo’shashadi. Shuning uchun epyura uchburchak N kuch quyilgan nuqtadan (1/6) b masofada joylashgan.
b l/2 = N va T = N f d + b/6
Bundan s ni topsak:
b- shponkaning eni.
l- shponkaning uzunligi.
d- valning diametri (F-F ning elkasi deb olingan).
f- 0,13 - 0,18 ishqalanish koeffistienti.
3. Shlistali birikmalar to’g’risida ma’lumot.
43.3-rasm. Shlistali birikma.
Shlistali birikmalar stanoksozlik, avtomobilsozlik va traktorsozlikda ishlatiladi.
Afzalligi:
1. Detallar valda yaxshi markazlanadi, lozim bo’lgan taqdirda ularni val bo’ylab suriladigan qilib ham o’rnatish mumkin (tezliklar qutisida)
2. Shlistali birikmalar shponkali birikmalarga qaraganda bir necha bor ortiq yuklanishga chidaydi.
Shlistalar to’g’ri to’rtburchakli, evolventali va uchburchakli profilli bo’ladi. Shlistalar yon yoqlari bo’yicha markazlashtirilsa yuklanish shlistalar orasida bir xilda taqsimlanadi.
4. Shlistali birikmalarni hisoblash tartibi
Shlistali birikmaning o’lchamlari valning o’lchamiga qarab davlat standarti jadvallaridan tanlab olinadi. Ishlash jarayonida щlistalarning yon yoqlarida ezuvchi, asosida esa kesuvchi kuchlanishlar hosil bo’ladi. Standartda belgilangan profilli shlistalar uchun ezuvchi kuchlanish asosiy hisoblanadi.
F – shlista yon yog’ining hisobiy yuzi.
To’rt burchakli shlistalar uchun:
Evolventa profilli shlistalar uchun:
F 0,8 m l
uch burchak profilli shliщalar uchun:
l - щlistaning ish sirtini uzunligi.
f - shlistalar soni
- yuklanishning shlistalar orasida bir tekisda taqsimlanmasligini hisobga oluvchi koeffistient. (0,7 0,8). Shlistalar uchun ruxsat etilgan kuchlanish ularni tashqil etuvchi detallarning termik ishlanganiga bog’liq. Masalan:
a) shlistaning sirti termik ishlanmagan bo’lsa:
[EZ] = 80....100 MPa.
b) shlistaning sirti termik ishlangan bo’lsa:
[EZ] = 100....140 MPa.
5. Plastmassadan tayyorlangan shponkali va shlistali birikmalarni hisoblashning o’ziga xos xususiyatlari
Hozirgi vaqtda plastmassadan tayyorlangan shponkali va shlistali birikmalar mashinasozlikda kam uchraydi. Odatda, plastmassadan yasalgan stilindrik detalni val yoki o’qqa o’rnatish uchun po’lat shponkalardan foydalaniladi. Kichik o’lchamli mexanizmlarda lozim bo’lgan taqdirda plastmassadan tayyorlangan detallar shlistalar vositasida biriktirilishi mumkin. Umuman olganda, plastmassadan tayyorlangan shponkali va shlistali birikmalariing ishlashi metalldan tayyorlangan shunday birikmalarning ishlashi kabidir. Shuning uchun, bunday birikmalar metall shponkalar uchun keltirilgan formulalar yordamida hisoblanishi mumkin. Tabiiyki, formulalardagi ruxsat etilgan kuchlanishning qiymati, plastmassaning turiga qarab, tegishli jadvallardan olinadi yoki differenstial usul bilan aniqlanadi. Ayrim hollarda plastmassadan tayyorlangan prizmatik shponkalar ezuvchi kuchlaiishdan tashqari, eguvchi kuchlanishga ham hisoblab ko’rilishi tavsiya etiladi. Eguvchi kuchlanish quyidagicha hisoblab topilishi mumkin:
bu yerda T – burovchi moment; h – shponkaning balandligi; d – valning diametri; b – shponkaning eni; l – shponkaning hisobiy uzunligi.
Shuni nazarda tutish kerakki, qo’zg’aluvchan qilib bajarilgan shponkali yoki shlistali birikmadan foydalanilganda plastmassalarning o’ziga xos xususiyatlariga alohida e’tibor berish kerak. Masalan dopuskning metall uchun oson siljishni ta’minlovchi qiymatn plastmassa uchun mutlaqo to’g’ri kelmasligi mumkin, chunki temperatura ta’sirida plastmassadan tayyorlangan detallarning o’lchamlari metalldan tayyorlangan detallarnikiga qaraganda kattaroq qiymatga o’zgaradi.
MUNDARIJA
SO’Z BOSHI …………......................…………………………………………...3
Do'stlaringiz bilan baham: |