REJA:
Vint-gaykali uzatmalar to’g’risida ma’lumot.
Vint-gaykali uzatmalarni hisobi.
1. Vint-gaykali uzatmalar to’g’risida ma’lumot.
Vint-gaykali uzatmalardan, asosan, aylana harakatni ilgarilama harakatga aylantirish uchun foydalaniladi. Bu uzatmalarninig afzalliklari shundan iboratki, ularning tuzilishi oddiy, gabarit o’lchamlari kichik bo’lib, katta nagruzkalarga chidaydi, yukni bir tekisda va juda aniq ko’chiradi yoki ko’taradi. Uzatmalarning kamchiliklari jumlasiga rezbadagi ishqalanish katta bo’lganligi tufayli foydali ish koeffistientining kichikligi, ilgarilanma harakat tezligini katta qilib bo’lmasligi kiradi.
Vint-gaykali uzatmalardan yuk ko’tarish mashinalarida (domkratlarda), vintli presslarda va stanoklarda foydalaniladi.
Uzatmalardagi vintlar rezbasining profili ko’pincha trapestiya shaklida bo’ladi. Ba’zan to’g’ri to’rt burchakli profilli rezbalar ham ishlatiladi. Vintlar uchun ishlatiladigan materiallarning mustahkamligi etarli, eyilishga chidamliligi yuqori va ishlanishi oson bo’lishi kerak. Termik ishlash nazarda tutilmagan hollarda vintlar 45 yoki 50 markali po’latdan, termik ishlanadigan vintlar esa U10, XG, XVG, 65G va 40X markali po’latlardan tayyorlanadi. Uzatmaning gaykalari BrOF10-0,5, BrOЦS-6-3 markali bronzalardan, ayrim hollarda esa cho’yandan tayyorlanadi.
2. Vint-gaykali uzatmalarni hisobi.
Og’ir nagruzkali vint sterjenining murakkab kuchlanishga mustahkamligini, uzun vintlarning esa ustivorligini hieoblash ko’rib chiqamiz.
Vint sterjenning mustahkamligi quyidagi formula asosida tekshiriladi:
bu yerda T – vintga ta’sir etuvchi burovchi moment; F1 va W1 – vint ko’ndalang kesimining ichki diametri bo’yicha yuzi hamda qarshilik momenti; R – vint o’qi bo’ylab ta’cir etuvchi kuch. [F] ning qiymatini oq/3 ga teng qilib olish tavsiya etiladi.
Uzun vintlarning turg’unligini aniqlash uchun Eyler ifodasidan foydalanish tavsiya etiladi:
bu yerda l1 – vintning keltirilgan uzunligi; l1 – vintning tayanchlar orasidagi uzunligi, – tayanchning tuzilishi va o’zaro joylashuviga bog’liq koeffistient (agar tayanch o’lchamlari – l/d 2 bo’lsa, = 1 bo’ladi); n – ehtiyot koeffistienti, odatda 2,5...4 ga teng qilib olinadi; I – vint ko’ndalang kesimining keltirilgan inerstiya momenti:
30.1-rasm. Dumalab ishєalanish prinstipiga asoslangan vint-gaykali uzatma
d va d1 – vinst rezbasining ichki va sirtqi diametrlari.
So’nggi yillarda rezba o’rniga dumalab ishlaydigan sharlar uchun mo’ljallangan o’yiqlari bor uzatmalar ishlatila boshlandi. Bunday uzatmalarda sharlar (30.1-rasm) gayka ichida aylanib yuradigan qilinadi. Natijada bu uzatmalar dumalab ishqalanish prinstini asosida ishlaydi,
Shuning uchun ularning foydali ish koeffistienti nisbatan yuqori bo’lib, ulardan katta aniqlik bilan ishlashi zarur bo’lgan joylarda foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |