Ft2 = Fa1 = 2T2 / d2
Fr1 = Fr2 = Ft2 tg
27.2-rasm. Ilashmaga ta’sir etuvchi kuchlar.
4. Kirmaksimon uzatmani issiqlikka hisoblash.
Kirmakning tez aylanishi va undagi sirpanish xodisasining mavjudligi ko’p miqdorda issiqlik hosil bo’lishiga olib keladi. Uzatmaning haddan tashqari isib ketmasligi uchun hosil bo’ladigan issiqlik miqdori bilan mavjud sharoitda olib ketilishi mumkin bo’lgan issiqlik miqdori aniqlanib, bir-biriga taqqoslanadi va lozim bo’lgan hollarda, olib ketiladigan issiqlik miqdorini oshirish choralari belgilanadi.
Bir sekundda hosil bo’ladigan issiqlik miqdori:
= (1 - ) N1
N - uzatmadagi quvvat.
- uzatmaning foydali ish koeffistienti.
Uzatmada hosil bo’lgan issiqlikning bir qismi uzatmaning (reduktorning) korpusini tashqaridan havo bilan sovitish orqali olib ketiladi.
Bunday holda olib ketiladigan issiqlik miqdori quyidagicha bo’ladi:
1= Kt (t1- to) S
S - havo bilan sovutiladigan yuza.
t1- reduktor ichining yoki moyning temperaturasi.
to- atrof muhitning (havo) temperaturasi.
Kt- issiqlik chiqarish koeffistmenti Vm/m. grad. Ventilyastiya
qilinmaydigan xonalarda Kt=8...10; shamollatiladigan
xonalarda Kt=13...18 bo’ladi.
Uzatmaning sovib ketishini ta’minlash uchun 1 bo’lishi kerak.
28-MA’RUZA. PLANETAR UZATMALAR.
REJA:
Planetar uzatmlarning o’ziga xos xususiyatlari.
Uzatmaning kinematikasi.
Planetar uzatmalarni hisoblash tartibi.
1. Planetar uzatmalarning o’ziga xos xususiyatlari
Tarkibida qo’zg’aluvchan o’qqa o’rnatilgan tishli g’ildiraklari bo’lgan uzatma planetar uzatma deyiladi. Odatda, bunday uzatma markaziy g’ildirak a, uning atrofida vodila N vositasida o’z o’qi bilan birga harakatlanadigan g’ildirak – satellit g, hamda asosiy g’ildirak b dan tuzilgan bo’ladi (28.1-rasm).
Satellitlarning markaziy g’ildirak atrofidagi harakati planetalar harakatiga o’xshash bo’lganligidan, bunday uzatmalar planetar uzatmalar deb ataladi. Uzatmadagi g’ildiraklardan b qo’zg’almas bo’lganda harakatni a dan N ga yoki N dan a ga; N qo’zg’almas bo’lganda esa a dan b ga yoki b dan a ga uzatish mumkin.
28.1-rasm. Planetar uzatmaning sxemasi.
Agar uzatmadagi hamma g’ildiraklar qo’zg’aluvchan bo’lsa, b ning harakatini a va N ga yoki a va N ning harakatini b ga uzatish mumkin, ya’ni planetar uzatmalarda ikki val harakatini bitta valga va, aksincha, bir val harakatini ikki valga taqsimlab uzatish imkoniyati mavjud. Planetar uzatmalarning bunday xili differenstial uzatma deyiladi. Bu hol planetar uzatmalarning asosiy afzalliklaridan biridir. Bunday uzatmalarning yana bir afzalligi shundaki, ularning og’irligi nisbatan kam bo’lib, ancha ixchamdir. Buning sabablari quyidagilardir: a) satellitlar soni 1 dan 72 tagacha bo’lib, uzatilayotgan quvvat ular orasida taqsimlanadi; natijada har bir tishga tushadigan yuklanish bir necha marta kamayadi; b) uzatish sonining katta bo’lganligi ko’p pog’onali uzatmalar ishlatishdan voz kechishga imkon beradi;
b) uzatmaning tarkibida, ko’pincha, ichki tishli g’ildirak bo’lganligidan, uzatma yuklanishini yanada oshirish imkoniyati tug’iladi; g) ko’pincha satellitlar markaziy g’ildirakka nisbatan simmetrik joylashganliklari uchun ularda paydo bo’ladigan kuchlarning ayrimlari o’zaro muvozanatlashadi, natijada tayanchga tushadigan yuklanish kamayadi. Bu hol bekorga sarflanadigan quvvatni kamaytirib, tayanchlarning tuzilishini soddalashtirishga imkon beradi.
Yuqorida aytilganlardan tashqari, planetar uzatmalar ravon va kam shovqin bilan ishlaydi. Uzatma tarkibida anchagina detallar bo’lishi va ularni tayyorlash hamda yig’ishda yuqori aniqlik darajasi talab etilgailigi planetar uzatmalarning asosiy kamchiligi hisoblanadi. Biroq bu uzatmalarning mavjud afzalliklari tufayli, ulardan mashinasozlik, stanoksozlik va asbobsozlikda keng ko’lamda foydalanilmoqda.
2. Uzatmaning kinematikasi.
Planetar uzatmaning kinematikasini aniqlash uchun Villis usulidan foydalaniladi. Vu usul vodiloning xayolan to’xtatilishiga asoslangan. Agar 28.1-rasmda keltirilgai planetar uzatmada vodilo to’xtatib qo’yilgai deb faraz qilinsa, harakat a g’ildirakdan parazit shesternyalar orqali b ga uzatiladigan oddiy mexanizm hosil bo’ladi. Bu mexanizm tishli g’ildiraklarining aylanishlar chastotasi vodilo to’xtatilmagan holatdagi aylanishlar chastotasi bilan to’xtatilgan holatdagi aylanishlar chastotasi ayirmasi orqali ifodalanadi. Agar b qo’zg’almas bo’lib, harakat a dan N ga uzatilayotgandagi uzatish sonini bilan belgilasak, u holda, hosil bo’lgan mexanizm uchun:
bo’ladi, chunki satellitlar bu yerda parazit shesternyalar vazifasini o’taydi.
Ifodadagi manfiy ishora etakchi zveno a bilan etaklanuvchi b qarama-qarshi tomonga aylanishini (i<0 ekanligini) ko’rsatadi. Agar bu zvenolar bir tomonga qarab aylansa, bu ishora musbat (i>0) bo’ladi. Endi (246) munosabatdan haqiqiy mexanizm uchun foydalansak,
yoki
va shunga o’xshash
bo’ladi; bu yerda – b qo’zg’almas bo’lib, harakatning a dan N ga, , – b qo’zg’almas bo’lib, harakatning N dan a ga uzatilishini ifodalovchi uzatish sonlari.
Satellitlarning aylanishlar soni quyidagi munosabatdan aniqlanadi:
Bu ifodadan ng ni topish uchun na na aH berilgan bo’lishi lozim.
Bordi-yu a qo’zg’almas (na =0) bo’lsa, u holda
Satellitlarning muvozanat sharti asosida, g’ildiraklarga ta’sir etuvchi kuchlarni aniqlash mumkin (28.2-rasm):
28.2-rasm. Planetar uzatmalardagi kuchlar.
bu yerda S – satellitlar soni; KN – yuklanishning satellitlararo notekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffistient. Bu koeffistientning qiymati satellitlarning tayyorlanishi-dagi aniqlik darajasi va soniga bog’liq. Masalan, S = 3 bo’lsa, KH = 1,1 ... 1,2 deb qabul qilinadi.
Planetar uzatmalarning turlari juda ko’p. Shulardan eng ko’p ishlatiladigani yuqorida ko’rib chiqilgan 3 satellitli planetar uzatmadir. Bunday uzatmalar uzatish soni i = 1,3...8 oralig’ida qilib loyihalangani ma’qul. U holda = 0,97... 0,99 bo’ladi.
Planetar uzatmalarda stilindrik g’ildiraklardan tashqari, konussimon g’ildiraklar ham ishlatiladi. Shu bilan birga ular to’g’ri va qiya tishli bo’lishi mumkin.
3. Uzatmaning hisobi
Planetar uzatmalarni hisoblash uchun oddiy tishli uzatmalarni hisoblashda ishlatiladigan formulalardan foydalaniladi. Buning uchun ilashishda bo’lgan ikki g’ildirak bir pog’ona uzatma sifatida ko’riladi. Odatda bir xil materialdan tayyorlangan ichki ilashish bilan ishlaydigan uzatmalarning mustahkamligi doimo tashqi ilashish bilan ishlaydigan uzatmalarnikidan ortiq bo’ladi chunki ilashishda bir emas, bir nechta tish bo’ladi. Shuning uchun planetar uzatmalarning hamma g’ildiragi bir xil materialdan tayyorlangan bo’lsa, ularning markaziy g’ildiragi a va satelliti g dan tuzilgan uzatma hisoblansa kifoya. Bu g’ildiraklar uchun belgilangan modul tashqi g’ildirak b uchun kam qabul qilinadi. Planetar uzatmalarni eguvchi kuchlanish bo’yicha hisoblashda tish shaklining koeffistienti YF (196) formula vositasida hisoblanadi. Kontakt kuchlanish asosida loyihalashda satellitlarnnng soni va KN koeffistientni inobatga olish kerak, ya’ni
bu yerda qilib olinadi. Planetar uzatmalardagi g’ildirak tishlarini, satellitlar sonini va qolgan o’lchamlarini belgilashda quyidagi munosabatlarning bajarilishini ta’minlash lozim:
Bundan tashqari, (za+zb)/S butun son bo’lishi kerak. Yondash satellitlar orasida zarur oraliq bo’lishi uchun quyidagi shartlar bajarilishi lozim:
0>
Do'stlaringiz bilan baham: |