24-MA’RUZA. KONUS TISHLI UZATMALAR
REJA:
Konus tishli uzatmalarni ahamiyati.
Uzatma valiga tushadigan kuchlar.
Konus tishli uzatma geometriyasi.
1. Konus tishli uzatmalarni ahamiyati.
Vallarning geometrik o’qlari ixtiyoriy burchak bilan kesishgan hollarda konussimon g’ildiraklardan foydalaniladi. Ko’pincha, vallarning orasidagi burchak =900 bo’lgan uzatmalar ishlatiladi.
Bunday g’ildiraklarni tayyorlash va aniq yig’ish stilindrsimon g’ildirakga nisbatan qiyin.
Val o’qlarining o’zaro kesishuvi ularning tayanchlarini joylashtirishni qiyinlashtiradi va g’ildiraklarning hammasi faqat bir tomonga joylashgan tayanchga o’rnatiladi. Bu hol uzatmaning ishlashida tishlarga ta’sir etuvchi kuchlarning notekis taqsimlanishiga, bu esa qo’shimcha dinamikaviy kuchlarning paydo bo’lishiga sabab bo’ladi. Bundan tashqari, konussimon uzatmalarda val o’qi bo’ylab yo’nalgan kuchning qiymati katta bo’lib, bu hol tayanchlarning tuzilishini murakkablashtirishga olib keladi. Biroq, mashinalarda kesishga vallar ishlatilish zarurati tug’iladi, shuning uchun yuqoridagi ko’rsatilgan kamchiliklar bo’lishiga qaramay, konussimon g’ildiraklardan keng foydalaniladi.
Bu uzatmalarining uzatishlar soni quyidagicha hisoblanadi:
Vallarning o’qlari orasidagi burchak 900 bo’lgan hollarda boshlang’ich konus burchagi orqali ifodalangan uzatish soni quyidagicha bo’ladi:
u = tg2 = ctg1
2. Uzatma valiga tushadigan kuchlar.
Ilashishda bo’lgan konussimon g’ildiraklari uzatmalarning vallariga Ft aylana kuch, radial (val o’qiga tik) Fr kuch hamda val o’qi bo’ylab yo’nalgan Fx kuch ta’sir etadi. Ularning qiymatlari va o’zaro bog’liqligi haqidagi ma’lumot 24.1-rasmda ko’rsatilgan.
24.1-rasm. Konussimon g’ildirakli uzatmadagi kuchlar.
Umumiy Fn kuch tish yo’nalishiga ta’sir etadi. Bu kuch tashkil etuvchilarga ajratilsa, biri aylana kuch Ft ni, ikkinchisi Fx va Fr ning umumiy ta’sir etuvchisi Fr ni xosil qiladi. Demak, Fr kuch tashkil etuvchilarga ajratilsa, Fx va Fr hosil bo’ladi. Buni quyidagicha yozish mumkin:
Fr=Ft tg;
Fr1=Fr1 cos 1=Ft tg cos1
Fx1=Fr1 sin 1=Ft tg cos1
Umuman olganda konussimon uzatmalarda o’q bo’ylab yo’nalgan kuchlar konuslarning uchidan uning asosi tomon yo’nalgan bo’ladi.
Konussimon uzatmalarda ham, stilindrik uzatmalardagidek, asosiy geometrik o’lchamlar boshlang’ich yoki bo’luvchi konus o’lchamlari orqali ifodalanadi. (11-rasm).
Shesternya va g’ildirak bo’lish aylanalarning diametrlari:
de1 = mte z1
de2 = mte z2
Tishning sirtqi (keng) tomonidan aniqlangan moduli:
Bunda: Re - konus yasovchisining uzunligi.
mn - o’rta diametr buylab aniqlangan modul.
Konus yasovchisining uzunligi quyidagicha hisoblanadi:
O’rta kesim bo’yicha aniqlangan diametr:
3. Konus tishli uzatma geometriyasi.
Geometrik o’lchamlarni aniqlashda hisobiy modul sifatida tashkil etuvchisi boshlang’ich konusning tashqi etuvchisiga tik bo’lgan konus bo’yicha aniqlangan modul mte dan foydalaniladi.
Konussimon g’ildirakning ko’ndalang kesimi konus uchidan asosi tomon proporstional o’zgarib boradi. Shuning uchun tishning hamma nuqtalaridan olingan ko’ndalang kesimi o’zaro o’xshash bo’ladi. Konus uchidan asosiga tomon ko’ndalang kesim yuzi kattalashib boradi. Bu degan so’z, tishning bikrligi har xil kesimlarda turlicha bo’ladi, demakdir. Shuning uchun tish bo’yicha uzunlik birligiga to’g’ri keladigan solishtirma kuch har xil bo’ladi. (24.2-rasm).
24.2-rasm. Konussimon g’ildirakni hisoblashga doir sxema
Tekshirishlar shuni ko’rsatadiki, tishga ta’sir etuvchi solishtirma kuch ham, tishning ko’ndalang kesimi ham tish bo’yicha o’zgarganligidan eguvchi kuchlanish tishning uzunligi bo’ylab hamma yerda bir xil bo’ladi. Shuning uchun, eguvchi kuchlanishga tishning istalgan kesimi bo’yicha hisoblash mumkin. Tajribadan ma’lum bo’lishicha, buning uchun tishning o’rtasidan o’tadigan kesimdan foydalanish qulay.
Shunday qilib, to’g’ri tishli konussimon g’ildirakning tishi eguvchi kuchlanish bo’yicha quyidagi formulalar asosida hisoblanishi mumkin:
Bunda 0,85 - 0,85 - konussimon g’ildirakning yuklanish qobiliyati stilindrik g’ildiraknikiga qaraganda kamligini e’tiborga oluvchi koeffistient;
mtm - tishning o’rta kesimi bo’yicha aniqlangan modul;
wt - hisobiy solishtirma aylana kuch.
Km - yordamchi koeffistient, to’g’ri tishli konussimon g’ildirakli uzatmalar uchun Km = 14,5.
KF - yuklanishning tish uzunligi bo’yicha bir tekis taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffistient;
KF - ilashishning noaniqligidan kelib chiqadigan dinamikaviy yuklanishni va shu yuklanish ta’sirida tishda hosil bo’ladigan kuchlanishni ortishini hisobga oluvchi koeffistient;
KF - yuklanishning tishlararo taqsimlanishini e’tiborga oluvchi koeffistient;
YF - tish shaklini hisobga oluvchi koeffistient.
Do'stlaringiz bilan baham: |