Buxoro davlat universiteti a. N. Murtazoyev texnik mexanika


– MA’RUZA. TISHLI UZATMALAR



Download 15,67 Mb.
bet85/111
Sana20.06.2022
Hajmi15,67 Mb.
#685513
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111
Bog'liq
Aziz domlo 2


22 – MA’RUZA. TISHLI UZATMALAR.
REJA:

  1. Tishli uzatma turlari.

  2. Tishli uzatmalar geometriyasi.

  3. Tishli g’ildiraklar tayyorlashda ishlatiladigan materiallar.


1. Tishli uzatma turlari.
Tishli uzatmalar stilindrsimon, konussimon va kirmaksimon turlarga bo’linadi. Stilindrsimon tishli uzatmalar tishlarning g’ildirak ustiga joylashuviga qarab to’g’ri tishli, qiya tishli va shevron tishli turlarga bo’linadi. Stilindrsimon g’ildirakda tishlar stilindr bo’luvchi aylanasining chizig’i bo’ylab joylashgan bo’lsa, bunday tish­li uzatma vintaviy yoki qiya tishli uzatma deb ataladi.
To’g’ri tishli uzatmalardan qiya tishli farq qilib bunda tishlar umumiy uzunligi bo’ylab asta-sekin ilashishga kirib bora­di. Natijada shovqin va qo’shimcha dinamik zo’riqish kamayadi. Qiyalik burchagi qanchalik katta bo’lsa ilashish shunchalik silliq bo’ladi. Qiya tishli uzatma juftida qiyalik burchaklari bir-biriga teskari bo’ladi. Qiya tishli uzatmalar aylana tezlik 6 m/s dan katta bo’lgan (30m/s gacha) joylarda ishlatiladi. Tishli uzatmalarda boshqa tur uzatmalardagiga qaraganda quyidagi afzalliklar bor:
a) sekundiga 150 metrgacha tezlik bilan katta (bir necha ming kVt) quvvat uzata oladi va uzatish soni bir necha yuzga etadi:
b) sirtqi o’lchamlari nisbatan kichik bo’ladi:
v) tayanchlarga tushadigan kuch uncha katta bo’lmaydi:
g) foydali ish koeffistienti yuqori (0,97-0,98):
d) uzatish soniga salbiy ta’sir etadigan sirpanish hodisa­si bo’lmaydi:
e) ishlashi ishonchli, chidamliligi esa katta bo’ladi;
j) xilma-xil materiallardan foydalanishga imkon beradi. Tishli uzatmalarning kamchiliklari jumlasiga:
a) tayyorlanishining nisbatan murakakabligi;
b) ishlayotgan vaqtda, ayniqsa, katta tezlik bilan ishla­yotganda shovqin chiqarishi;
v) zarb bilan ta’sir etuvchi kuchlarning zarari qo’proq sezilishi kiradi.
Bu kamchiliklar tishli uzatmalarning afzalliklariga hech qan­day putur etakazmaydi. Shuning uchun ular mashinasozlikda asosiy o’rinni egallaydi.

Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish