21-MA’RUZA. UZATMALAR
REJA:
Uzatmalar to’g’risida ma’lumot.
Yuritma va ularni loyihalash.
Yuritmani kinematik hisoblash.
1. Uzatmalar to’g’risida ma’lumot.
Mashina va mexanizmlarni harakatga keltirish uchun energiya manbai bo’lishi kerak (elektrodvigatel, ichki yonuv dvigateli, bug’ mashinasi). Energiya manbai sifatida foydalaniladigan uzellarning ishlash xarakteri ish bajaruvchi qismiga qo’yilgan talablardan farq qiladi. Masalan, avtomobilni joyidan qo’zg’atish uchun katta burovchi moment kerak. Bunda g’ildirakni aylanish chastotasini kamaytirish hisobiga erishiladi.
Energiya manbai bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig’ida joylashib, ularni o’zaro bog’lovchi va hamda harakatni talab qilingandek boshqarishga imkon beruvchi mexanizmlar uzatmalar deyiladi.
Mexanikaviy, elektrik, gidravlik va pnevmatik uzatmalar mavjud bo’lib, biz mashina detallari kursida asosan mexanikaviy uzatmalarni o’rganamiz. Ular ikki guruhga bo’linadi.
1) ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (frikstion va tasmali).
2) ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar (zanjirli, tishli va kirmaksimon). Uzatmalarning detallari: zanjir, g’ildirak, tasma va boshqalar). Uzatmalarda energiya manbaidan energiyani bevosita qabul qilib oluvchi val etaklovchi val deb, ish bajaruvchi qismga uzatuvchi val esa etaklanuvchi val deyiladi.
2. Yuritma va ularni loyihalash.
21.1- rasm. Zanjirli konveyer yuritmasining sxemasi.
1 - elektrodvigatel, 2 - tasmali uzatma, 3 - reduktor, 4 - zanjirli uzatma, 5 - baraban.
Mashinaning ish bajaruvchi qismiga zarur bo’lgan quvvat beradigan va harakat tezligi uzatadigan mexanizmlar yig’indisi mashinaning yuritmasi deb ataladi. Kurs loyihasida asosan yuritmalar berilib, ularni loyihalash uchun quyidagilar beriladi:
1) yuritmaning kinematik sxemasi va vazifasi.
2) yuritmaning etaklanuvchi validagi quvvat (R kVt).
3) yuritmaning etaklanuvchi valining burchak tezligi ( rad/s).
Agar burchak tezlik () o’rniga aylanish chastotasi (n ayl/min) berilgan bo’lsa unda () quyidagicha topiladi:
= n/30
Ba’zi hollarda quvvat va burchak tezlik o’rniga F - aylana kuch (H), - aylana tezlik (m/s), D - aylanma harakat qilayotgan detal diametri beriladi.
Unda P = F kvt
= 2/D rad/s bo’ladi.
Agar zanjirli uzatmaning qadami t - va yulduzchaning tishlar soni z berilsa, yulduzcha bo’luvchi aylanasining diametri quyidagicha topiladi:
m (agar t m da berilgan bo’lsa).
Yuritmaning foydali ish koeffistienti qarshiliklar mavjudligidan isrof bo’ladigan quvvatni hisobga oladi:
um = P4 / P1 = Petak / Petaklan
um = tas red zan 2pod bar;
2 - jadvalda mexanikaviy uzatmalar foydali ish koeffistientlarining o’rtacha qiymatlari keltirilgan.
21.1- jadval
Uzatmaning xili
|
F.I.K. qiymati
|
Yopiq uzatma
|
Ochiq uzatma
|
-1-
|
-2-
|
-3-
|
Tishli stilindirsimon
Tishli konussimon
Kirmakli (kirmak, kirim, soni,)
z=1
z=2
z=3 – 4
Zanjirli
Yopiq tasmali
Ochiq tasmali
|
0,96 – 0,98
0,96 – 0,97
0,7 – 0,75
0,75 – 0,85
0,85 – 0,93
0,95 – 0,97
0,96 – 0,98
|
0,94 – 0,96
0,93 – 0,95
0,44 – 0,48
0,92 – 0,95
0,95 – 0,97
|
3) Etaklovchi valdagi quvvatni topamiz
Ret = Ret - n / um, Kvt
4) Elektrodvigatel jadvaldan tanlab olinadi. Bunda quyidagilar hisobga olinadi:
a) elektrodvigatelning quvvati R etaklovchi valdagi quvvatdan katta yoki teng bo’lishi kerak. Rdv Ret.
b) kichik aylanish chastotasiga ega bo’lgan dvigatellarni tanlamaslik kerak, chunki ularning massasi va o’lchamlari katta bo’ladi.
3. Yuritmani kinematikaviy hisoblash.
1) Yuritmani haqiqiy uzatishlar sonini aniqlaymiz.
Uum = dv/et - n
2) Umumiy uzatishlar sonini pog’onalar orasida taqsimlab chiqamiz.
Uum = Utas Ured Uzanj
Taqsimlashda quyida keltirilgan 3 - jadvaldagi qiymatlarga rioya qilish kerak.
21.2 - jadval.
T.N
|
Uzatmaning turi
|
Uo’rtacha
|
Umax
|
1.
2.
3.
4.
5.
|
Цilindrsimon tishli
Konussimon tishli
Kiramik
Zanjirli
Tasmali
|
3 – 6
2 – 4
8 – 40
3 – 6
2 – 4
|
12,5
6
60 – 100
8
10
|
3) Har bir valdagi quvvat, R burchak tezlik va burovchi moment T larni aniqlaymiz.
1 - val.
R1=Ret 1=et
2 – val.
R2=R1 tas pod, Kvt
2=1/Urem, rad/s
T2=R2 103 /2, Nm.
3 – val.
R3=R2 stil pod, kVt
3=2 /Ured, rad/s
T3=R3 103 /3, Nm.
4 - val.
R4 – berilgan
4 – berilgan
Do'stlaringiz bilan baham: |