3. Kontakt kuchlanish.
Kontakt kuchlanish bir - biriga urinish yuzalari o’lchami qolgan o’lchamlaridan bir necha bor kichik bo’lgan ikki detal sirtida hosil bo’ladigan kuchlanishdir. Masalan, bir-biriga siqib qo’yilgan ikki shar yoki rolik sirtida hosil bo’ladigan kuchlanishlar kontakt kuchlanishlardir. Agar detal sirtidagi kontakt kuchlanish ruxsat etilganidan katta bo’lsa, u holda ezilish oqibatida chaqalanish, darz ketish va shu kabi nuqsonlar paydo bo’ladi. Natijada bunday detalni almashtirish zarurati tug’iladi. Bunday hol frikstion, tishli, kirmaksimon va zanjirli uzatmalarda, shuningdek, dumalash podshipniklarida uchraydi.
Radiuslari 1 va 2 bo’lgan ikki shar bir-biriga Q kuch bilan siqilganda hosil bo’lgan elastik deformastiya oqibatida r radiusli sferaviy sirt hosil bo’ladi (4-rasm). Puasson koeffistienti = 0,3 bo’lganda bu radius quyidagicha ifodalanadi:
bu yerda Ev - keltirilgan elastiklik moduli; kg/sm2.
pV - keltirilgan egrilik radiusi, sm.
20.3 - rasm.
Bu tenglikdagi manfiy ishorasi bir - biriga siqilib turgan sirtlarning biri qavariq va biri botiq bo’lganda, musbat ishorasi esa ikkalasi ham qavariq bo’lganda qo’yiladi.
Hosil bo’lgan sirtdagi bosim bir tekis bo’lmaydi, bu bosimning eng katta qiymati o’rtacha qiymatidan 1,5 marta katta bo’lib, quyidagicha aniqlanadi:
Ma’lumki, ko’rib chiqilayotgan hollarda eng katta kuchlanish sirt o’rtasida paydo bo’ladi. Demak: max = - pmax. Shunday qilib, yuqoridagi formulalardan quyidagi ifoda kelib chiqadi:
Ikki stilindr bir - biriga siqilganda kontakt kuchlanish uzunligi stilindr uzunligiga, eni esa b ga teng bo’lgan sirtga ta’sir etadi (5-rasm).
20.4-rasm.
Bunday holda hosil bo’ladigan kontakt kuchlanish qiymati quyidagi formula vositasida aniqlanadi:
yoki
shuningdek, Puasson koeffistienti = 0,3 bo’lgan hollar uchun
Bu formula doiraviy stilindrgina emas, balki stilindrik sirtga ega bo’lgan hamma turdagi detallarga ham tadbiq etilaveradi. Buning uchun formuladagi rv ni aniqlashda va r1 va r2 lar o’rniga kontakt kuchlanish hosil bo’layotgan nuqtalarning egrilik radiuslarini qo’yish kifoya. Masalan, stilindrik sirtga ega bo’lgan detal bilan tekislik orsida hosil bo’ladigan kontakt kuchlanishni aniqlash uchun r1 stilindr radiusiga, r2 esa ~ ga teng deb olinadi.
Kontakt kuchlanish hosil bo’lgan yuzada urinma kuchlanish ham paydo bo’ladi. Bu kuchlanish ishqalanish kuchiga yoki ishqalanish koeffistientiga bog’liq. Odatda, ishqalanish koeffistientining o’rtacha qiymati 0,2 deb olinadi va urinma kuchlanishning qiymati quyidagicha aniqlanadi:
Vaqt o’tishi bilan o’zgaruvchan kontakt kuchlanishning ta’siridan detallarning sirtidan toliqish oqibatidagi emirilish sodir bo’ladi. Bunday hollarda chegaraviy va ruxsat etilgan kuchlanishlarning qiymatlari ish mobaynidagi stikllar soniga bog’liq holda belgilanadi. Stikllar soni namuna detal uchun asos qilib olingan sondan kam bo’lsa, chegaraviy, ya’ni ruxsat etilgan kuchlanishlarning qiymati nisbatan katta qilib olinishi mumkin.
Bu fikr detalga mo’ljaldagi ish muddati davomida ta’sir etadigan stikllar soni namuna detal uchun asos qilib olingan stikllar sonidan (masalan, toblanmagan po’lat uchun N - 10 dan) katta bo’lgan hollarga emas, chunki tekshirishlarning ko’rsatishicha, stikllar soni asos qilib olingan etgandan keyin uning ortishi chidamlilik chegarasining qiymatiga ta’sir etmaydi (6-rasm).
20.5 - rasm. Stikllar sonini aniqlash.
Aksariyat detallar ana shunday sharoitda ishlaydi va ular uchun ruxsat etilgan kontakt kuchlanish, sirtning qattiqligiga qarab, quyidagi ifodadan aniqlanadi:
[k] = Cb HB yoki
[k] = CR HRC
bu yerda HB va HRC - Brinel va Rokvell bo’yicha kattaliklar; Cb va CR - materialga va termik ishlash usuliga bog’liq koeffistientlar.
Amaliy hisoblashlarda ruxsat etilgan kontakt kuchlanish qiymati aksariyat maxsus jadvallardan olinadi.
Metalmas materiallardan yasalgan detal uchun ruxsat etilgan kuchlanishning qiymatini topishda quyidagilarga:
1) mustahkamlik xarakteristikasi qat’iy bo’lmay, ishlash sharoitiga, yuklanishning qanday tezlik bilan o’zgarishiga, temperaturaning o’zgarishi hamda havo namligiga bog’liq ekanligiga;
2) ishlash jarayonida elastik moduli kichik bo’lgani tufayli detal o’lchamlari ruxsat etilmaydigan darajada o’zgarishi mumkin ekanligiga;
3) mustahkamlik xarakteristikasini belgilovchi deformastiya turlari bir - biridan juda katta farq qilishiga;
4) vaqt, temperatura, namlik detalning chidamliliga ta’sir ko’rsatuvchi boshqa faktorlarni aniqlovchi eksperimental ma’lumotlar etarli emasligi va boshqalarga e’tibor berish zarur.
Tamoyil jihatdan olganda, metalmas materiallar uchun ham ruxsat etilgan kuchlanish metallarniki kabi topiladi:
bu yerda K mustahkamlik zapasi bo’lsa ham, metallar uchun aniqlangan n dan katta farq qiladi:
K = KKT KI KM
bunda KKT - konstrukstiya va texnologiyani,
KI - ishlatilish sharoitini,
KM - detalning mustahkamlik darajasini hisobga oluvchi
koeffistientlar.
O’z navbatida KKT - koeffistient materialning ishonchliligini, kuchlanish ta’sirining xarakterini, aniqlik darajasini, detalning tuzilishi va boshqa faktorlarni, KI - esa tezlik, vaqt, temperatura, havo namligi kabi faktorlarni hisobga oladi.
Umuman, plastmassadan tayyorlanadigan detallarni hisoblashda ruxsat etilgan kuchlanishning qiymatini aniqlash uchun jadvallardan foydalanilgani ma’qul.
Do'stlaringiz bilan baham: |