Buxoro davlat universiteti a. N. Murtazoyev texnik mexanika


Mavjud reduktorlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin



Download 15,67 Mb.
bet79/111
Sana20.06.2022
Hajmi15,67 Mb.
#685513
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111
Bog'liq
Aziz domlo 2

Mavjud reduktorlarni quyidagi turlarga bo’lish mumkin:
1. Foydalanilgan uzatmaniig xiliga qarab, stilindrik g’ildirakli tishli uzatmali (1-rasm, a – b), konussimon g’ildirakli tishli uzatmali (1-rasm, e, j), kirmakli uzatmali (1-rasm, z), konussimon-stilindrik g’ildirakli tishli uzatmali (1-rasm, j), stilindrik-kirmakli uzatmali (1-rasm, i) va h. k.
2. Pog’onaning soniga qarab, bir pog’onali (1-rasm, a, e, z), ikki pog’onali (1-rasm, b,v, g, d, i), uch pog’onali (1-rasm, j) va h. k.
3. G’ildiraklarnnng bir-biriga nisbatan joylashuviga qarab, gorizontal (1-rasm, d dan boshqa hammasi), vertikal (1-rasm, d) reduktorlar deyiladi.
19.1-rasm. Reduktorlarning kinematik sxemalari.


3. Tishli uzatmali reduktorlar.
Bu reduktorlardan eng ko’p ishlatiladigani stilindrik g’ildirakli reduktorlardir, chunki bunday reduktorlar uzata olishi mumkin bo’lgan quvvat kichik miqdorlardan tortib juda katta miqdorgacha bo’ladi, tuzilishi va tayyorlanishi oddiy, chidamliligi esa etarli darajada yuqori. Odatda, uzatish soni u 6,3 bo’lishi talab etilgan hollarda bunday reduktorlarning bir pog’onali xilidan foydalanish tavsiya etiladi. Ko’pincha mashinasozlikda uzatish soni i  40 bo’lgan ikki pog’onali reduktorlar ishlatiladi. Uch pog’onali reduktorlardan esa i 400 bo’lgan hollarda foydalaniladi. Ikki pog’onali reduktorlardan eng ko’p ishlatiladigani g’ildiraklari ketma-ket joylashgan reduktorlardir. Bunday reduktorlarning afzalligi ularning oddiyligidir. Biroq g’ildiraklarning tayanchga nisbatan nosimmetrik joylashuvi yuklanishning tish uzunligi bo’ylab notekis taqsimlanishiga sabab bo’ladi. Natijada g’ildiraklarning va tayanchlarning ishlash sharoiti yomonlashadi. Bu holatni bartaraf qilish maqsadida g’ildiraklari tayanchlarga nisbatan simmetrik joylashgan reduktorlardan (19.1-rasm, a) foydalaniladi.
Reduktor korpuslarining uzunligini kamaytirish maqsadida o’qdosh reduktorlardan (19.1-rasm, v) foydalanish tavsiya etiladi. Bunday reduktorlarning asosiy kamchiligi ayrim val tayanchlarining reduktor ichida joylashtirilishidir. Tayanchlarning bunday joylashuvi birinchidan, konstruktiv noqulaylik tug’dirsa, ikkinchidan, tayanchlarning holatini nazorat qilib turishni qiyinlashtiradi. Umuman olganda, uzatish soni katta qiymatlarga ega bo’lishi talab qilingan hollarda iloji boricha planetar uzatmali reduktorlarning ishlatilishi ma’qul.
Agar uzatish soni katta bo’lmay (i  6,3) elektrik dvigatelga ulanadigan val bilan ish bajaruvchi qismga harakat uzatadigan vallar o’zaro perpendikulyar holatda joylashgan bo’lsa, konussimon g’ildirakli reduktorlardan foydalaniladi (19.1-rasm, e).
Bordiyu vallari o’zaro tik bo’lgan reduktorlardagi uzatish sonining birmuncha katta miqdorda bo’lishi talab etilsa, bunday hollarda stilindrik va konussimon g’ildiraklardan tashkil topgan ko’p pog’onali reduktorlar ishlatiladi (19.1-rasm, j). Bunda reduktorning konussimon g’ildiraklardan tashkil topgan qismi elektrik dvigatel tomonidan birinchi pog’onaga-joylashtirilishi tavsiya etiladi.
Reduktorlarda ishlatiladigan vallarning qattiqligini yaxshilash usulida NV 270 – 300 ga etkaziladi. Diametri 80 mm gacha bo’lgan vallarni 45 po’latidan, diametri 80 ... 125 mm bo’lgan vallarni 40X po’latdan va diametri 125…200 mm bo’lgan vallarni 45XЦ; 40XN; 35XM po’latlaridan tayyorlash tavsiya etiladi. Vallarning tayanchlari, sifatida asosan dumalash podshipniklaridan foydalaniladi. Odatda, har bir tayanchda bittadan dumalash podshipnigi ishlatiladi. Engil va o’rtacha yuklanish bilan ishlaydigan reduktorlardagi val tayanchlarida sharikli podshipniklar, o’rtacha va og’ir yuklanish bilan ishlaydigan reduktorlardagi val tayanchlarida esa rolikli podshipniklar ishlatiladi.
Reduktorning tishli g’ildiraklari albatta moylanishi kerak. Buni ta’minlash uchun reduktorning karter deb ataladigan pastki qismiga moy quyib qo’yiladi. Moyning sathi g’ildirak kamida 3 – 4 modulga teng masofaga botib turadigan bo’lishi lozim. Buni ta’minlash uchun odatdagi reduktorlarga har bir kVt quvvatga mo’ljallab 0,4...0,7 l miqdorda moy quyiladi.
G’ildiraklar aylanganda moy tishlar vositasida atrofga sochiladi. Bu holat reduktor ichidagi hamma detallarning, shu jumladan, podshipniklarning ham moylanib turishini ta’minlaydi.
Odatdagi tishli uzatmali reduktorlarning xizmat muddati 30...50 ming soat qilib belgilanishi tavsiya etiladi.



Download 15,67 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish