2. Modul. Uzatmalar.
2.1 Mavzu: Mexanikaviy uzatmalar: Friktsion uzatmalar
Reja:
Mexanikaviy uzatmalar
Friktsion uzatmalar, tuzilishi, yutuq va kamchiliklari, qo`llanish sohasi.
Friktsion uzatmalarning kinematikasi va geometriyasi.
Foydalaniladigan adabiyotlar.
1. Р.Н.Тожибоев. «Машина деталлари». //Т. «Ўқитувчи» 2002.(6-11betlar)
2. А.В.Пятаев, Б.К.Мухамеджанов «Машина деталлари» //Электрон дарслик ТДПУ 2004.
3. I.Sulаyмоnоv. “Маshinа dеtаllаri”. O’qituvchi, Tоshkеnt: 1981.-306 b.(5-12 betlar)
M a’lumki, barcha zamonaviy mashinalar energiya manbayi — uzatma mashinaning ish bajaruvchi qismidan iborat (1-rasm).
Ichki yonuv dvigateli, bug‘ dvigateli, elektrodvigatel kabilar energiya manbayi hisoblanib, ular energiya hosil qiladi. 1-rasmda Energiya manbayi Ish bajaruvchi organ Uzatma Gidravlik nasos va ventilatorlarning ish bajaruvchi qismi energiya manbayiga bevosita ulanadi. Ammo ko‘pincha energiya manbayi sifatida ishlatiladigan uzellarning ishlash turi ish bajaruvchi qismga qo‘yilgan talablardan farq qilganligi bois, uzatmalardan foydalanishga to‘g‘ri keladi.
Demak, uzatma shunday mexanizm ekanki, u energiya manbayi bilan mashinaning ish bajaruvchi qismi oralig‘iga joylashgan bo‘lib:
-ularni o‘zaro bog‘lash;
-ularning ishlash rejimlarini bir-birlariga moslash;
-harakatni uzatish, ba’zan bir turdan boshqasiga aylantirish;
-harakatni talab darajasida boshqarishga xizmat qiladi.
Uzatmalar ishlash prinsipiga ko‘ra to‘rt xil bo‘ladi: mexanik; elektrik; pnevmatik; gidravlik.
Mashinasozlikda mexanik uzatmalar ko‘p tarqalganligi bois, faqat ularni o‘rganish bilan chegaralanamiz.
O‘z navbatida mexanik uzatmalarni ikki turga ajratish mumkin:
-ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalar;
-ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalar.
Ishqalanish hisobiga ishlaydigan uzatmalarga friksion va tasmali uzatmalar misol bo‘ladi. Bunday uzatmalardagi g‘ildirak, shkiv va shu kabi asosiy detallarning sirti silliq bo‘ladi.
Ilashish hisobiga ishlaydigan uzatmalarga tishli, chervyakli va zanjirli uzatmalar misol bo‘ladi; ularda burovchi momentlar g‘ildirak va chervyaklardagi tishlar vositasida uzatiladi.
Bundan tashqari mexanik uzatmalar vallarning o‘zaro joylashuviga qarab parallel, kesishgan va ayqash valli, uzatish sonining o‘zgarishiga qarab esa o‘zgarmas, pog‘onali, pog‘onasiz o‘zgaruvchi uzatmalarga ajratiladi.
Uzatmada yetakchi va yetaklanuvchi vallar mavjud. Energiya manbayidan energiyani bevosita qabul qiluvchi val uzatmaning yetakchi vali, o‘z navbatida bu valdan energiyani qabul qilib, ish bajaruvchi organga uzatuvchi val esa yetaklanuvchi val deyiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |