Qiya tishli uzatmalardagi kontakt kuchlanishlarni hisoblash.
1. Qiya tishli g’ildiraklardagi geometrik o’lchamlar. Qiya tishli g’ildirakda tishlar orasidagi masofa (qadam) ni har xil kesim bo’yicha o’lchash mumkin. Qadamning qaysi kesim bo’yicha o’lchanganligiga qarab, qiya tishli g’ildiraklarning geometrik o’lchamlari uch xil modul bilan ifodalanadi.
1. Tishga tik kesim bo’yicha o’lchangan normal qadam Pn va modul mn.
2. G’ildirak o’qiga parallel kesim bo’yicha o’lchangan Px qadam va modul mx.
3. G’ildirak o’qiga tik kesim bo’yicha o’lchangan yon qadam Pt va modul mt.
Uzatmaning geometrik o’lchamlarini aniqlashda, asosan yon moduldan, mustahkamlikka hisoblashda esa normal moduldan foydalaniladi. Ularning o’zaro munosabati qiyalik burchagi ga bog’liq bo’lib quyidagicha ifodalanadi.
Qiya tishli g’ildirakning bo’luvchi aylanasi diametri
Tish kallagining balandligi
ha = mn hf = 1,25mn - tish oyog’ining balandligi
da1= d1+2mn - tishlarning uchidan o’tgan aylanalarning diametrlari
aw - o’qlararo masofa
aw = (d1+ d2) / 2 = mn(z1+ z2) / 2cos = mnz / 2 cos.
Qiya tishli uzatmalarda ning qiymatini o’zgartirib o’qlararo masofani oz miqdorda o’zgartirish mumkin. To’g’ri tishli uzatmada:
= 0 m = mn = mt bo’ladi.
Ilashishda ta’sir qiluvchi kuchlar.
Ft- aylana kuch
Fa - o’q bo’ylab yo’nalgan kuch
Fa = Ft tg
Fr - o’qqa tik yo’nalgan kuch
Fr= Ft tg aw = Ft tg aw / cos
cos a - ilashish burgachi.
Qiyalik burchagining oshishi natijasida podshipniklarda zo’riqish kuchayadi. Shuning uchun =80–180 gacha qilib olinadi. O’q bo’yicha yo’nalgan kuchning bo’lishi qiya tishli uzatmaning asosiy kamchiligidir.
23.1 - rasm. Ilashishda ta’sir qiluvchi kuchlar sxemasi.
2. Qiya tishli stilindrik uzatmani eguvchi kuchlanishga hisoblash.
To’g’ri tishli uzatmalar kabi hisoblanadi. Ammo qiya tishli g’ildiraklarda ilashishda faqat bitta tish bo’ladi deb qabul qilib bo’lmaydi, chunki qiya tishli g’ildiraklarning bir vaqtda ilashishda bo’ladigan tishlar soni, qolaversa kontakt chizig’ining uzunligi to’g’ri tishli g’ildiraklarnikiga qaraganda ortiq bo’ladi, qiya tishli g’ildiraklarning afzalligi ham shunda. Shuning uchun ham bir xil o’lchamli, qiya tishli g’ildirakka to’g’ri tishli g’ildiraklardan ortiqroq yuklanish berish mumkin. Bundan tashqari qiya tishli g’ildiraklarda tishlar ilashishga bir chetdan ikkinchi chetga tomon asta-sekin kirib boradi. Natijada uzatma shovqinsiz ishlaydi. Qiya tishli g’ildirakda yon qoplanish koeffistienti doimo birdan katta bo’ladi, ya’ni ilashishda bo’lgan tishlar soni hamma vaqt bittadan ortiq bo’ladi.
Loyihaviy hisob.
Bunda avval modulning qiymati hisoblanadi
bunda YF - tishning formasini hisobga oluvchi koeffistient, U tishlarning ekvivalent soniga qarab tanlab olinadi. Agar g’ildiraklar har xil materiallardan tayyorlangan bo’lsa []F / YFnisbat aniqlanib, g’ildirakning qaysi biri uchun bu nisbatning qiymati kichik bo’lsa, o’shanisiga hisoblanadi. Boshqa hollarda shesternya tishlari uchun hisoblanadi.
Tekshirish hisobi.
Eguvchi kuchlanishga quyidagicha hisoblanadi.
Y - tishlarning qoplanish burchagini hisobga oluvchi koeffistient. Qiya tishli g’ildiraklar uchun Y = 1.
Y=1 - /140 - tishning qiyalik burchagini hisobga oluvchi koeffistient = 80 – 180 bo’lganda Y = 0,9;
3. Qiya tishli stilindrsimon uzatmalarni kontakt kuchlanishga hisoblash
O’qlararo masofa aniqlanadi.
Kontakt kuchlanish quyidagicha hisoblanadi
ZH = 1,76 cos - ishlashishda bo’lgan tish sirtining shaklini
e’tiborga oluvchi koeffistient;
ZM - ishlashda bo’lgan g’ildirak materiallarning mexanikaviy xossalarini e’tiborga oluvchi koeffistient;
KH - yuklanishning tish uzunligi bo’yicha taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffistient.
KH - yuklanishning tishlararo taqsimlanishini hisobga oluvchi koeffistient
KH - aylanma tezlikni hisobga oluvchi koeffistient.
Hisoblash ketma - ketligi.
Berilganlar:
1) Shesternya validagi quvvat, P1;
2) Shesternya va g’ildirakning burchak tezliklari, 1, 2;
3) Ishlash sharoiti.
Yechilish tartibi:
1. Uzatmaning uzatishlar nisbatini aniqlaymiz
2. Shesternya validagi burovchi momentni hisoblab topamiz:
T1 = P1 103 / 1 , Hm;
3. G’ildiraklarning materiallarini tanlaymiz va issiqlikka ishlanuvchanligini belgilaymiz.
4. Jadvaldan shesternya va g’ildirak uchun bazaviy davrlar sonini aniqlaymiz.
NHO, NFO = 4106;
bunda uzoq ishlash koeffistientlari KFL1 va KFL2 hisoblanadi.
5. Jadvaldan g’ildirak tishlari uchun HO2, FO2 va shesternya tishlari uchun FO1 - larning chegarlari aniqlanadi.
6. Ruxsat etilgan kuchlanishlar:
a) Kontakt kuchlanish []H g’ildirak materiali uchun;
b) Egilishga ruxsat etilgan kuchlanish []F shesternya va g’ildirak uchun aniqlanadi.
7. Koeffistientlar va g’ildirakni kengligini hisobga oluvchi
koeffistientlarni tanlab olamiz.(ba).
8. O’qlararo masofani aniqlaymiz va davlat standarti bo’yiga yaxlitlab olamiz. (a)
9. O’qlar orasidagi masofaga qarab tishning modulini tanlab olamiz:
m = (0,01 - 0,02) a 10. Umumiy tishlar sonini aniqlaymiz:
Z2=Z1+Z2 Z1-Z/(U+1): Z2=Z - Z1 11. Uzatishlar sonini aniqlaymiz
U = Z1 / Z2 12. Uzatmaning geometrik o’lchamlari aniqlanadi:
da1=d1+2 mn; da2=d2+2 mn df1=d1 – 2,4 mn; df2=d2 – 2,4 mn 13. Aylanma tezlikni hisoblaymiz va aniqlik darajasini belgilaymiz:
14. Aylana bo’ylab ta’sir qiluvchi kuchni hisoblaymiz
Ft = 2T1 / d1 15. Dinamik yuklanish koeffistientlari KH, KH , KH va KF larni tanlab olamiz.
16. Tishlarning ilashish joyidagi kontakt kuchlanishni H aniqlaymiz, agar talab qilingandek chiqmasa o’qlararo masofani yoki materialni o’zgartirish kerak.
17. Jadvaldan tishlarning ekvivalent soniga qarab tishning formasini hisobga oluvchi koeffistientlar YF1 va YF2 tanlanadi. []F / YF qaysi tish uchun kichik bo’lsa, o’sha tish tekshiriladi.
18. Uzatma eguvchi kuchlanishga hisoblanadi F <[]F bo’lishi kerak. Agar F >[]F bo’lsa yangitdan modul mn tanlab olinadi Z1 va Z2 lar hisoblanib, hisoblash takrorlanadi.