4-LABORATORIYA ISHI
PILTA BIRLASHTIRUVCHI MASHINASINING VAZIFASI, TUZIPISHI
VA ISHLASHI. QAYTA TARASH MASHINASINING VAZIFASI,
TUZILISHI VA ISHLASHI
Laboratoriya ishining maqsadi:
Pilta birlashtiruvchi mashinaning
tuzilishi va ishlashini o’rganish.
Laboratoriya darsi uchun kerak bo’ladigan anjomlar va materiallar:
Piltabirlashtiruvchi mashinaning sxemalari, kompyuter, proektor.
Topshiriq
1.
UNIlap E 32 modelidagi xolstcha shakllantiruvchi mashinaning vazifasi,
tuzilishi va ishlashini o’rganing. Texnologik sxemasini tasvirlang.
2. OmegaLap 36 modelidagi xolstcha shakllantiruvchi mashinaning vazifasi,
tuzilishi va ishlashini o’rganing. Texnologik sxemasini tasvirlang.
3. Qayta tarash mashinasining vazifasi, tuzilishi va ishlashini o’rganing.
Texnologik sxemasini tasvirlang.
1.
Bir tsiklning turli davrlarida mashina ishchi organlarining o’zaro ishlashini
o’rganing. To’rt davrning chizmasini tasvirlang.
Uyda:
Laboratoriya ishi boyicha hisobot tayyorlang.
Аsosiy ma`lumotlar
O’qituvchi talabalarga pilta birlashtiruvchi mashinaning vazifasi va ishlashini
tushuntiradi. Xolstcha tayyorlashga qoyilgan talablarni eslatib o’tadi. Qayta tarash
jarayonida tolalar uchlarini to’g’rilash va paralellashtirishning ahamiyatini
tushuntiradi. Talabalar pilta birlashtiruvchi mashinaning texnologik parametrlarini,
ishchi organlarining tuzilishi va ishlashini o’rganishadi.
UNILAP E 32 markali xolstcha shakllantiruvchi mashina
1-taz; 2- datchik; 3-cho’zish asbobi; 4-ingichka qatlam; 5-valik; 6- stolcha; 7-valik;
8- jipslovchi valiklar; 9-riflyali yumalatuvchi baraban; 10- silliq yumalatuvchi
baraban; 11- g’altak; 12 - tutkich disklar; 13 - xolstcha; 14- nov; 15-bo’sh g’altak
а
b
UNILAP E 32 mashinada xolstcha shakllantirish
Jipslovchi vallarni yuklash mexanizmini o’rganishda talabalar, uning
rostlanish imkoniyatlarini va tolalarning to’g’rilanganligiga yuk miqdorining
ta`sirini tahlil qilishadi.
Xolstchani zichlab o’rash mexanizmi ishini tahlil qilishda talabalar,
xolstchaning o’ralish zichligini rostlash imkoniyatlarini va zichlikning xolstcha
sifatiga ta`sirini o’rganishadi.
Xolstchani almashtirish mexanizmini o’rganishda talabalar (gidravlik
tsilindrlarda) siqilgan havo yordamida qisuvchi disklarning harakatlanishini
(ko’tarilishi, tushishi, ochilishi va yopilishi), g’altak joylovchining ishini,
g’altakning uzatilishini tahlil qilishadi.
Zichlab o’rash mexanizmi printsipial
sxemasi
1-xolstcha; 2-yumalatuvchi vallar; 3-
qisuvchi disklar; 4,7-gidravlik
tsilindrlar; 5-mashina ramasi; 6-
g’altak
Xolstchani almashtirish mexanizmi
1-tsilindr;2-porshen; 3- tishli reyka;
4-tishli shesternya; 5-charx; 6-
yumalatuvchi baraban; 7-zanjir; 8-
g’altak joylagich; 9-g’altak.
“RIETER” firmasining omegalap E 36 xolstcha shakllantiruvchi mashina
1)
bo’sh g’altakni o’rnatish va ikki
diskni aksial holatda pnevmatik
joylashtirish
2) o’rash jarayonining boshlanishi,
g’altakdagi birlashtirilgan piltalarni
pnevmatik ushlash
3) xolstchaning to’liq diametrigacha
o’zgarmas tezlikda qatlamlarni hosil
qilish
4) mashinani to’xtatish, to’la xolstchani
transporterga tushirish
Omegalap E 36 xolstcha shakllantiruvchi mashinasining tasmali uzatma yordamida
xolstcha shakllantirish tizimi
Qayta tarash mashinasining tuzilishi va ishlashini o’rganishda talabalar
mashinaning ta`minlanishi, tolali tutamning qisqichlarda qisilishi, tolalarning taroqli
barabancha va ustki taroq yordamida taralishi, hamda ularning ajralishi bilan
tanishishadi.
Mashina ishchi organlarining o’zaro ishlashini o’rganish uchun qayta tarash
mashinasining animasiyasi o’rganilib, tarash, ta`minlash, ulanish operatsiyalarining
bajarilishida ularning joylashishi va harakatlanishiga e`tibor qaratiladi.
“RIETER” firmasining E 66 markali qayta tarash mashinasi
1-tortgich; 2-ustki taroq; 3-qisqich; 4-ta’minlovchi silindr; 5-taroqli segment; 6-
ajratuvchi silindr; 7-ajratuvchi valik; 8-koromislo
Qayta tarash mashinasi asosiy organlarining ishlashini o’rganish uchun bir
tsikl davrlarga bo’linishining zarurati aniqlanadi. Talabalar qayta tarash mashinasi
ishining har bir davri vazifalari (ishchi organlarining o’zaro harakatlanishi ketma-
ketligi) bilan tanishishadi.
1-davr. Tolalar tutami oldingi
uchlarini taroqli barabancha bilan
tarash
2-davr. Tolalar tutamini ajratishga va
orqa uchlarini tarashga tayyorlash
3-davr. Tolalar tutami orqa uchlarini
tarash, ajratish va portsiyalarni ulash
4-davr. Tolalar tutami oldingi uchlarini
tarashga tayyordash
Qayta tarash mashinasining ishlash davrlari
Do'stlaringiz bilan baham: |