2.4- rasm. Markazdan qochma mashinalarni g’ildirak
parraklarning turlari
a – paraklar orqaga qarab egilgan; b – radial paraklar;
v - paraklar oldinga qarab egilgan
Statik bosimni yaratuvchi kurakchalar turi, bir-biridan reaktiv darajasi bilan farqlanadi. Reaktiv darajasi kichik bo’lgan kurakchalar asosan tezlikli bosimni sodir etadi va ularda chiqish tezliklarining miqdori yuqori qiymatga ega bo’ladi. Markazdan qochma ventilatorlarda uch xili turdagi kurakchalar uchraydi. Markazdan qochma kompressorlarda esa oldinga egilgan kurakchalar o’rnatiladi.
Nasosning quvvati va FIK
Nasosning foydali quvvati, kVt
Nf = (pQ) / 1000, (2.22)
bunda p – bosim, N/m2;
Q – nasos unumdorligi, m3 / s.
Nasosni harakatga keltiruvchi quvvat, ya’ni val quvvati,
Nv = k((pQ) / 1000 η), (2.23)
bunda η – ishlab chiqaruvchi korxona ma’lumotlardan qabul qilingan, nasosning to’liq FIK.
Haqiqiy quvvat foydali quvvatdan katta bo’lishining sabablari:
a) suyuqlik nasosdan o’tishda gidravlik qarshiliklarga uchraydi;
b) suyuqlikni bir qismi bosimli quvurigacha yetib bormay, yo’qoladi;
v) nasosning o’zida ishqalanish qarshiliklarning mavjudligi.
Nasosdan uzatiladigan foydali quvvatini, val quvvatiga, ya’ni nasos iste’mol qiladigan quvvatiga nisbati, nasosning to’liq FIKni bildiradi
η = Nf / Nv . (2.24)
k – yuritkichni ortiqcha yuklanishini hisobga oluvchi, quvvatning zahira koeffisienti; N < 1 kVt k = 1,3 ÷ 1,4; N = 1÷2 kVt k = 1,2 ÷ 1,3; N = 2 ÷ 5 k = 1,15 ÷ 1,2; N = 5÷50 kVt k = 1,10÷1,15; N> 50 kVt k= 1,05÷1,10.
Markazdan qochma nasoslarda, hamda porshenli nasoslarda FIK ti hajmiy, gidravlik, mexanik, va to’liq FIK larga bo’linadi.
Nasosning hajmiy FIK. 2.5- rasmdagi g’ildirak 7 dan, chiqish 6 va kirishlardagi 1, bosimlar farqi hisobidan, suyuqlikni bir qismi, g’ildirak va yunaltiruvchi apparati 5 (mavjud bo’lganda) orasidagi zichsizliklardan 4, hamda g’ildirak va so’ruvchi quvur orasidagi zichsizlikdan, so’rish quvuriga qaytib o’tadi.
Shuning uchun bosimli quvurga Q miqdorda suyuqlik uzatilishi kerak bo’lsa, nasos (Q + q) miqdorda suyuqlikni uzatishi kerak, bunda q – nasosning o’zida aylanadigan sarf, ya’ni zichsizliklardan yuqoladigan suyuqlik.
η0 = Q / (Q + q) (2.25)
nisbatga hajmiy FIK deyiladi. Zamonaviy nasoslarda η0 = 0,90÷0,98.
Nasosning gidravlik FIK. Gidravlik qarshiliklarga nisbatan bardoshli bo’lishida nasosda bosim yo’qotilishlari hosil bo’ladi: nasosga kirishdan, chiqishgacha suyuqlik harakatinining yuzali ishqalanishi hisobidan; harakat yunalishining o’zgarishi va tor qirqimidan enli qirqimiga o’tishi hisobidan; suyuqlikni g’ildirakga va uning parraklariga urilishi hisobidan.
Bundan tashqari oqimda uyurmalanishlar ham mavjud bo’ladi. Agarda p – kerakli bosim, pg.q. - nasos ichidagi qarshiliklarni bardosh qilishiga, bosim yo’qotilishlari bo’lsa, nasosning gidravlik FIK
ηg = p/( p+pg.q.) (2.26)
bir pog’onali nasoslarda ηg = 0,6÷0,7 ko’p pog’onali nasoslarda, ηg = 0,65÷0,75 zamonaviy konstruksiyalarda ηg = 0,80÷0,96 yetkazish mumkin.
Nasosning mexanik FIK. Nasosni podshipnigida, salnigida, disklarida va suyuqlikni g’ildirak disklariga ishqalinishi hisobiga ma’lum miqdorli N′ quvvat sarflanadi.
ηm = (Nv - N′)/ Nv (2.27)
nisbatga mexanik FIK deyiladi. ηm = 0,90 ÷0,98.
Do'stlaringiz bilan baham: |