2-Amaliy ish. Qatlamlararo bosimli suvlarning peyzoizogips xaritasini chizish



Download 284,28 Kb.
Sana15.02.2023
Hajmi284,28 Kb.
#911401
Bog'liq
2-амалий иш


2-Amaliy ish.
Qatlamlararo bosimli suvlarning peyzoizogips
xaritasini chizish.
Bu xildagi yer osti suvlari asosan tektonik jihatdan botiq hudularga
mansub bo‘lib, o‘zidan suv o‘tkazmaydigan ikki qatlam oralig‘idagi tog‘
jinslari g‘ovaklarini va yoriqlarini butunlay suv bilan to‘ldirgan holatda
bo‘ladi va doimo ma’lum darajadagi gidrostatik bosim ostida yotadi
(1-rasm). Bunday qatlamlararo suv sathiga burg‘i quduqlari qazib

Qatlamlararo bosimli suvlarni burg‘i qudug‘i orqali yer yuzasiga fontan bo‘lib otilib chiqish holatlari (M.E.Altovskiy bo‘yicha). I. ab — fontan balandligi; II — suvni quvurlar orqali burib gorizontal (A) yo‘naltirilishi: ab va de suv debitini o‘lchash vaqtidagi masofa. deb ataladi.


tushirilgan taqdirda, suv yuqoriga qarab ma’lum balandlikka qadar
ko‘tariladi. Suvli qatlamni yuqorigi chekkasidan boshlab ko‘tarilgan suv
balandligi gidrostatik bosim deb, ochilgan burg‘i qudug‘i bo‘ylab yuqoriga
ko‘tarilgan (H1 va H2 balandlikka) suv sathi (H1—H1) pyezometrik yuza

Artezian suvining paydo bo‘lish sxemasi (A.M.Ovchinnikov bo‘yicha). 1 — suvli qatlam; 2 — o‘zidan suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinsi qatlamlari; 3 — artezian suvining pyezometrik sathi; A — artezian suvining tarqalish chegarasi; a — artezian suvining oziqlanish oblasti; b — artezian suv bosimi vujudga kelish oblasti; d — artezian suvini sarflanish oblasti; B — grunt suvlari tarqalish hududi; H1 — suv bosimining yer yuzasidan baland sathi; H2 — suv bosimining er yuzasidan pastki sathi; N—N1 — suvning pyezometrik yuzasi; m — suvli qatlamning qalinligi.


Qatlamlararo bosimli suvlar ba’zan yer yuzasidan ancha


balandlikkacha fontan bo‘lib otilib chiqishi ham mumkin.
Yer yuzasiga tabiiy bosim ostida fontan bo‘lib otilib chiquvchi suvlar
qadimgi Misrda va Gretsiyada bundan 4000 yil avval ma’lum bo‘lgan.
Yevropada esa o‘zi otilib chiquvchi suv Fransiyaning Artua provinsiya-
sida (Qadimgi Arteziyada) 1126-yili ochilgan. Shuning uchun yer osti
suvlarining bu turi artezian suvi nomi bilan, suv chiqarib olish uchun
qazilgan burg‘i quduqlari artezian quduqlari nomi bilan atalib kelinadi.
Bosimli suv vujudga kelish oblastida u avval grunt suvi holatida bo‘lib, vujudga kelish oblastidan uzoqlashgan sari suv bosimi tobora oshib artezian suvi holatiga o‘tadi. Botiq geologik strukturalardagi bosimli suv tarqalgan oblast artezian suvi havzasi deb ataladi. Havzaning artezian suv oqimi vujudga kelgan qismi uning oziqlanish oblasti deyilib, yer yuzasiga tabiiy oqib chiqish oblasti esa artezian suvining tabiiy sarflanish oblasti deyiladi.
Artezian suvlar tabiiy holatda, qatlamlararo bosimsiz suvlarga nisbatan
ko‘p yillik, yillik suv rejimini doimiyligi bilan ajralib ham turadi. Artezian
suv rejimiga asosan odamlarning xo‘jalik faoliyatlari katta ta’sir ko‘rsa-
tadi. Chunki yer ostidan har yili katta miqdordagi suv chiqarib olinib,
ichish, davolash, kimyoviy moddalarni (yod, brom va boshqa har xil
tuzlarni) ajratib olish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orish va boshqa
maqsadlar uchun ishlatiladi. Natijada artezian suvining tabiiy sathi pa-
sayishi, zaxirasi kamayishi holatlari sodir bo‘ladi. Jumladan, Moskva
artezian havzasida artezian suvining tabiiy sathi 40—90 m ga Sankt-Peterburg 50 m ga, Kiyevda 63 m ga, Londonda 100 m ga, Parijda 120
m dan ortiq chuqurlikka pasaygan (Sedenko, 1979). Bunday holat mam-
lakatimizning Toshkent, Farg‘ona va boshqa artezian havzalarida ham
kuzatiladi.
Artezian suv havzalaridagi yoki ularning ba’zi qismlaridagi suvlarning
yotish chuqurligini, harakat yo‘nalishini, gidrostatik bosimini, gidravlik
qiyaligini, fontan bo‘lib otilib chiqishi mumkinligini xarakterlash uchun
pyezoizogips sath, izogips xaritalari tuzib boriladi. Pyezoizogips sath
xartasida pyezoizogips sath pyezoizogips chiziq holatida ko‘rsatiladi.
Pyezoizogips chiziq mutlaq yoki nisbiy balandlikdagi bir xil nuqtalarni
birlashtiradigan chiziq hisoblanadi. Izogips xaritasi esa
o‘zidan suv o‘tkazmaydigan tog‘ jinslari qatlamlarining yuqorigi mutlaq
balandlikdagi nuqtalarini birlashtiruvchi chiziqlar o‘tkazish yordamida
tuziladi. Yer osti suvlari mutlaq balandlikdagi yuqori pyezoizogips chizig‘i
tomonidan mutlaq balandligi past tomonga qarab harakat qiladi. Artezian
suvlarining oqish yo‘nalishi bosim kuchi yo‘nalishiga ko‘ra, ya’ni
pyezoizogipslarga perpendikular holatda yo‘nalgan bo‘ladi.

Bosimli suvlarni yer usti suv havzalari bilan o‘zaro aloqasi (G.V.Bogomolov bo‘yicha): a -bosimli suvlar oqimining daryo suvlari oqimi bo‘yicha ta'minlanishi; b-daryo suvlari oqimini bosimli suvlar oqimi bilan ta’minlanishi. AA — pyezometrik yuza.


Tabiatda artezian suvlarining asosiy ta’minlanish oblasti ancha
uzoqda, tog‘li hududlarda bo‘lsa-da, ba’zan o‘z harakati jarayonida daryo
suvlaridan ham oziqlanishi yoki ularni oziqlantirishi ham mumkin. Bu artezian suv havzasining tektonik sharoiti va yer usti sath tuzilishi bilan chambarchas bog‘liq holatda sodir bo‘ladi.
Download 284,28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish