Mavzu: Tabiy suvlarning ifloslanishi. Suvlarning kimyoviy ifloslanishini oldini olish



Download 25,5 Kb.
bet1/5
Sana13.06.2022
Hajmi25,5 Kb.
#661147
  1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Mavzu


Mavzu: Tabiy suvlarning ifloslanishi. Suvlarning kimyoviy ifloslanishini oldini olish.

Suv ona sayyoramizdagi eng ko’p tarqalgan noorganik moddadir. Suvsiz yerda hayot yo’q.


Yer sharining suv resurslariga okean, dengizlar, daryo va ko’llar, sun'iy suv havzalari, tog’ va qutb muzliklari, er osti suvlari, tuproq va atmosfera suvlari kiradi.
Suv erdagi asosiy hayotiy jarayon hisoblanmish fotosintezda yagona kislorod manbai hisoblanadi. Erdagi suvning katta qismi dengiz va okeanlarda to’plangan. Erda tarqalgan butun suvning atigi 2 % i chuchuk suv ulushiga to’g’ri keladi. Chuchuk suvlarning 85% ini qutb zonalaridagi muzliklar tashkil qiladi. Chuchuk suvlarining qayta tiklanishi tabiatda suv aylanishi tufayli sodir bo’ladi. yer kurrasining ko’pgina hududlarida daryolar asosan elektr manbai hisoblanadi. Chuchuk suvlardan inson turmushda qishloq xo’jaligi va sanoat ehtiyojlari uchun foydalanadi.
Suv yer kurrasida organizmning yashashi uchun zarur bo’lgan eng muhim mineral xisoblanib, organizmdagi butun jarayonlar suv muxitida sodir bo’ladi. Xalq xo’jaligining turli soxalari, o’simliklar, qishloq xo’jalik ekinlari va umuman insoniyat uchun zarur bo’lgan chuchuk suvning miqdori cheklangan bo’lib, 84 mln 827,2 ming km kubni tashkil etadi. Bu butun gidrosferadagi umumiy suv miqdorining 2% i demakdir. O’sha chuchuk suvning 60,6 mln km3i er osti suvlariga ,24,0 mln km3i muz va qorlarga, 750 ming km3i ko’llarga, 75 ming km3i tuproqdagi suvlarga, faqat 1,2 ming km3 i esa chuchuk daryo suvlariga to’gri keladi. Dunyodagi barcha daryolar bir yilda okeanlarga 45 ming km3 suv olib keladi.
Suv kundalik hayotimizning xamma soxalarida qo’llanilishi bilan boshqa tabiiy resurslardan farq qiladi. Chunki kishilik jamiyatida suvning o’rnini bosadigan boshqa resurs yo’q. Suv geografik qobiqdagi barcha jarayonlarda ishtirok etadi. U er yuzidagi modda va energiya aylanishida qatnashadi. Fotosintez jarayonida yiliga 4,6 x 10 511 t 02 ajratib chikarishda 2,26 x 10511 t suvdan foydalaniladi.
Er kurrasidagi suv qatlami sayyoramizda termik rejimni tartibga solib turadi. Okean va dengizdagi suvlar quyoshdan kelayotgan issiqlikni to’plab, qishda uning atrofini juda ham sovub ketishdan saqlab turadi.
Suv yer yuzidagi iqlimga ham ta'sir etadi. Buni dengiz oqimlari misolida yaxshi bilish mumkin. Okean va dengiz oqimlari sayyoramizda quyosh issiqligini qayta taqsimlaydi. Oqimlar quyi kengliklarga surib, iqlimni ancha yumshatadi. Bunga gol’strim issiq oqim yaqqol misoldir.
Suv ayniqsa organizmlarning yashashi uchun juda muhim ahamiyatga ega. Er yuzidagi tirik organizm suvsiz yashashi mumkin emas. O’simlik va hayvonlar organizmida suvning miqdori 50-88 % gacha bo’ladi, sabzavotda esa 80-95 % ga etadi. Suv ayniqsa kishi organizmi uchun zarur. Chunki inson vaznining 70 % i suvdan iborat. Suv organizm uchun termoregulyator vazifasini ham bajaradi. Har bir kishi o’rtacha shaxsiy gigienasi va maishiy-kommunal zaruriyatlar uchun sutkada 150-200 1 suv ishlatadi.
Suv shaxar va qishloqlarimizni toza saqlashda, iqlimni yumshatib turishda va uning obodonchiligida «sanitarlik» vazifasini o’taydi. Suv dam olish, hordiq chiqarish ob’ekti sifatida rekreasion ahamiyatga ega.
Suvning tirik organizm uchun yuqoridagi ahamiyatidan tashqari u energiya manbai, transport vositasi, ommaviy sport ishlarida ham foydalaniladi. Kishilarning xo’jaligi uchun zarur bo’lgan daryo, ko’l va yer osti chuchuk suvlar miqdori juda kam. Bu chuchuk suvning regional yetishmaslik xavfining vujudga kelishiga sababchidir. Bundan tashqari chuchuk daryo suvlari sayyoramiz buyicha notekis taqsimlangan.
Kishilik jamiyatining faoliyatini suvsiz tasavur etish mumkin emas. Inson dunyoga kelgan kundan boshlab chuchuk suvdan foydalangan va u vaqtlarda toza suvning yetishmasligi sezilmagan. Aholining tez o’sishi, sanoatning rivojlanishi, shaharlar sonining ko’payishi, sug’orma dehqonchilik maydonining kengayib borishi tufayli chuchuk suvga bo’lgan talab orta bordi. Hozirda chuchuk suvga bo’lgan talab shunchalik ortib ketdiki, hatto sanoatlashgan barcha rayonlarda uning yetishmasligi sezilmoqda.
Suvdan xo’jalikda foydalanishni 2 gruppaga bo’ish mumkin:
1. Tabiiy manbalardan suv olib foydalanish yoki suv iste'mol qilish. Bunga sanoatni, axolini, maishiy kommunal xo’jalikni va qishloq xo’jaligini suv bilan ta'minlash kiradi.
2. Tabiiy manbalardan suv olmasdan foydalanish yoki oqimdan foydalanish. Bunga kema qatnovi, gidroenergiya omili, baliqchilikda foydalanish, yog’och oqizish kiradi.



Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish