Mavzu: Tabiy suvlarning ifloslanishi. Suvlarning kimyoviy ifloslanishini oldini olish


Suvlar ifloslanishining oldini olish choralari



Download 25,5 Kb.
bet3/5
Sana13.06.2022
Hajmi25,5 Kb.
#661147
1   2   3   4   5
Bog'liq
8-Mavzu

Suvlar ifloslanishining oldini olish choralari

Dunyoda axolining tez o’sishi va urbanizasiya jarayoni, sanoatning rivojlanishi, qishloq xo’jalik ekinlari maydonining, asosan sug’oriladigan yerlarning kengayishi chuchuk suvga bo’lgan talabni yanada kuchaytiradi, natijada iflos chiqindi suvlar miqdori ortib, ichki suv xavzalari tobora ifloslanib boraveradi.


Suv resurslarini ifloslanishdan saqlashda va uni qayta tiklashda quyidagi tadbirlarni amalga oshirish kerak.
1. Dunyodagi barcha mamlakatlar chuchuk suvning sifat normativini, ya'ni suvlarda zararli moddalarning normadagi maksimum konsentrasiyasini ishlab chikishlari va joriy etilishiga rioya qilishi zarur.
2. Suv resurslarining sifatini pasayib ketishdan saqlash uchun sanoat korxonalarida ilg’or texnologiyani qo’llab, iflos oqova suvlar miqdorini kamaytirishga erishish kerak. Buning uchun sanoat korxonalarida suvdan foydalanishning berk (aylanma) siklli sistemasiga o’tish zarur.
3. Suv resurslarini ifloslanishdan saqlash va qayta tiklashning yana bir chora tadbirlari, bu bir necha bir-biriga yaqin korxonalarning suvidan kooperativlashtirilgan holda foydalanishga o’tishdir. Ya’ni bir korxona ishlatgan suvni quvurlar orqali tozalab, sovitib, ikkinchisiga, so’ngra uchinchisiga o’tkazish mumkin.
4. Iflos chiqindi suvlar miqdorini kamaytirib, suv resurslarining toza saqlashda planli ravishda har bir korxona qoshida chiqindi suvlarni tozalovchi inshoatlarni qurish va tozalash usullarini takomillashtirib borish muhim ahamiyatga ega.
5. Suv resurslari toza saqlashda sanoat korxonalarida sovitish ishlarini suv yordamida emas, balki havo yordamida amalga oshirish usullarini qo’llash zarur.
6. Suv iste'mol qilishning ilmiy asoslangan normalarini ishlab chiqish orqali chiqindi iflos suvlar miqdorini qisqartirish.
7. Suv resurslarini toza saqlashda ayrim ishlab chiqarish korxonalarida «quruq» texnologiyani qo’llab, chuchuk suv ishlatmaslik juda katta ahamiyatga ega.
8. Suv resurslarini toza saqlash, sifatini yaxshilash va iqtisod qilish maqsadida kelajakda har bir korxona ehtiyoji uchun olinayotgan chuchuk suvi uchun emas, balki daryo, kanal, ko’p suv omborlariga chiqarib tashlanayotgan iflos oqova suvining miqdoriga qarab xaq to’lashni joriy etish maqsadga muvofiq bo’lur edi. Bunda korxonadan chiqayotgan oqova suvning ifloslik darajasiga qarab haq olinsa, natijada korxonadan chiqayotgan oqava suvlar miqdori qisqarib, chuchuk suv kam olinadi, korxonalar berk aylanma usulida suv ishlatishga o’tib shuncha kam iflos suv chiqaradi. Shuncha ko’p mablag’ iqtisod qilinadi.
9. Suv resurslarini toza saqlab, ularni muhofaza qilishda chiqindi iflos suvdan sug’orishda foydalanishga o’tish muhim ahamiyatga ega.
10. Suv resurslarini ifloslanishidan saqlashda, uni sifatli bo’lishda sanoati rivojlangan katta shaharlarda ikkita vodoprovod sistemasiga o’tish kerak. Birinchi quvurdan yuqori sifatli ichimlik suv, ikkinchisidan kommunal xo’jalik uchun ishlatiladigan suv kelishi kerak.
11. Suv resurslarini toza saqlashda qishloq xo’jalik ishlab chiqarishida ishlatilgan ximiyaviy o’g’itlar bilan ifloslanishini kamaytirish kerak.
12. Suv havzalarining zaharli ximikatlar (pestisidlar) bilan ifloslanishining oldini olish juda muhimdir. Bularga DDT, xlorfenol, oldrin, dialdrin, endrin, butefos kabilar kiradi.
13. Daryo suvlarini ifloslanishdan saqlashda zovur-drenalash
suvlaridan oqilona foydalanish muhim ahamiyatga ega.
14. Suv havzalarini toza saqlash uchun chorvachilik komplekslari va fermalardan chiqqan iflos suvlar va go’nglarni suv havzalariga tushirishga mutlaqo chek qo’yish kerak.
15. Suv resurslarini toza saqlashda sanoat, maishiy-kommunal xo’jaliklaridan chiqqan o’ta iflos suvlarni yer ostiga saqlash usuli katta ahamiyatga ega.
16. Suv resurslarini toza saqlash va uning sifatini yaxshilashga qaratilgan tadbirlardan yog’och oqizishda daryolarning ifloslanishiga yo’l qo’ymaslikdir.
17. Suv resurslarini ifloslanishdan saqlashda va uni qayta tiklashda gidrolik-geografik chora-tadbirlar ham muhimdir.
18. Chuchuk suvni toza saqlash va uni iqtisod qilib qolishda shahar, ichki posyolkalari va qishloqlardagi vodoprovodlarni bekorga oqizishga chek qo’yish lozim. Bu choralardan amalda foydalanilganda suv resurslarini ifloslanishdan saqlashda birmuncha yuqori natijalarga erishiladi.
daryolar suvi bilan ifloslanishi ahvolni yanada qiyinlashtiradi. Ba'zi taraqqiy etgan mamlakatlar dunyo dengizlarining tubiga atom ishlab chiqarishidan hosil bo’lgan faolligi yuqori chiqindilarni ko’madilar (AQSH, Angliya, Germaniya). Holbuki, dengiz tubidagi chuqurliklar ham seysmik jihatdan ishonchli emas, u joylarda konteynerlarning chirishi, buzilishi ham ehtimoldan xoli emas.
Nitsedagi Biologik markaz ma’lumotlariga ko’ra, Atlantika dengizidan tutilgan baliqlardagiga qaraganda O’rta Yer dengizi baliqlarida simob miqdori uch marta ko’p ekan. Jahon Sog’liqni Saqlash Tashkiloti ma'lumoti bo’yicha O’rta Yer dengiziga har yili 12 mln. tonna organik chiqindilar tashlanadi, u oqar suvlar orqali har yili 1 million tonna rux, 2,5 ming tonna turli radioaktiv moddalar bilan ifloslanadi. Shuning uchun bu dengizning qator qirg’oqlarida cho’milish man etilgan va u yerdagi hududlardan tutilgan baliqlar iste'mol uchun yaroqsizdir.
Tokio, Jakarti ko’rfazlari, Yavan dengizlarining taqdirlari ham achinarli holatdadir. U yerlarda o’simlik va hayvonot olamidan asar ham qolmagan. Dunyo miqyosida daryo, ko’Ilar va suv havzalarining ifloslanishiga ko’plab misollar keltirish mumkin.
Dunyo okeanining radiaktiv moddalar bilan ifloslanishi o’ta havflidir. Chunki so’nggi yillarda atom energiyasidan keng masshtabda foydalanish tufayli radiaktiv chiqindilar asta-sekin to’planib, ularni yo’q qilish masalasi uzil-kesil hal qilinmagan.
Dunyo okeani suvlarining bunday yo’llar bilan ifloslanishi u yerdagi organik hayotga salbiy ta'sir etishdan tashqari yana yer yuzasida modda va energiya almashinuviga ham ta'sir etishi funksiyasini buzilishiga sabab bo’ladi.



Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish