Reja: Kirish. Asosiy qism 1.Ishqalanish kuchlari.Ishqalanish vujudga kelish sabablari. 2.Ishqalanish turlari.Tinchlikdagi ishqalanish.sirpanish ishqalanishi.Dumalash ishqalanishi. 3.Ishqalanishning texnikada qo’llanilishi,foydali va zararli tomonlari. Xulosa. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.
Kirish Men bu kurs ishim mavzusida ya’ni Ishqalanish kuchlari mavzusida Ishqalanish kuchlari.Ishqalanish vujudga kelish sabablari.Ishqalanish turlari.Tinchlikdagi ishqalanish.sirpanish ishqalanishi.Dumalash ishqalanishi.Ishqalanishning texnikada qo’llanilishi,foydali va zararli tomonlari.mavzularidan foydalanib mavzuni yoritib beraman.Ishqalanish o’zi bizni hayotimizda ko’p uchraydi va bunga doim guvoh bo’lib ham kelamiz. Mexanikada o’rganiladigan yana bir kuch – bu ishqalanish kuchidir.Tepalikdan sirpanib tushayotgan chana gorizontal yo’nalishda o’tganda uning tezligi kamayib boradi va to’xtaydi.Demak, chana harakataing to’nalishiga qarshi kuch mavjud.Yerda turgan yukni tortib sudrash uchun ham qandaydir kuch ta’sir qiladi.Huddi shunday ma’lumotlarni kurs ishimda qo’llab shunday ma’lumotlardan foydalanaman.
1.Ishqalanish kuchlari.Ishqalanish vujudga kelish sabablari. Mexanikada o’rganiladigan yana bir kuch – bu ishqalanish kuchidir.Tepalikdan sirpanib tushayotgan chana gorizontal yo’nalishda o’tganda uning tezligi kamayib boradi va to’xtaydi.Demak, chana harakataing to’nalishiga qarshi kuch mavjud.Yerda turgan yukni tortib sudrash uchun ham qandaydir kuch ta’sir qiladi.
Bir jismning boshqa jism sirtida harakatlanishida paydo bo’ladigan va harakatga qarshi yo’nalgan kuch ishqalanish kuchi deb ataladi.
Stol ustida tahlanib turgan kitoblarni surish uchun kuch bilan ta’sir etishimiz kerak.Muz ustida harakatlanayotgan shayba,matori o’chirilgan avtomobil sekinlashib boradi va to’xtaydi.Avtomobilga tormoz berilsa u tezda to’xtaydi.Bu keltirilgan misollarda kitob bilan stol sirti , shayba bilanmuz sirti, avtomobil g’ildiragi bilan aylanish o’qi , shina va asvalt orasida ishqalaninsh kuchi vujudga keladi.Tasmali uzatma ham ishqalanish tufayli shkirlarni aylantiradi.
Ishqalaninsh kuchi hosil bo’lishining birinchi sababi – bir-biriga tegib turadigan jismlarning g’adir-budirligidandir.
Hatto , juda silliq ko’rinadigan jismlarning sirtlarida ham g’adir – budirliklar va tirnalganjoylar bo’ladi.
Bir jism ikkinchi jismning sirtida sirpanganda yoki dumalaganda, bu g’adir – budirliklar bir-biriga ilashib harakatlanishga to’sqinlik qiluvchi kuchni vujudga keltiradi.
Ishqalanish kuchi hosil bo’lishining ikkinchu sababi – bir – biriga tegib turadigan moleykulalarining o’zaro tortishidir.
Agar jismlarning sirti yahshilab silliqlangan bo’lsa , jismlar bir- biriga tekkanda ular sirtidagi moleykulalar bir-biriga juda yaqin bo’ladi.Bunda bir- biriga tegib turgan jism moleykulalar orasida tortish kuchlari sezilarli bo’ladi. Jismlarning bir - biriga ishqalaninsh hodisalarini uch turga bo’lish mumkin:tinshlikdagi (tinch holatdagi)ishqalanosh,sirpanish ishqalanishi va dumalash ishqalanishi.
Tinchlikdagi ishqalanish.
Jism nisbiy tinchlikda turganda ishqalanish kuchi uni bir joyda ushlab turadi va u jismlarning joyidan qo’zg’alishiga to’sqinlik qiladi.Bu kuch tinchlikdagi ishqalanish kuchidir.
Transportyor yordamida yuklarni qiyalik bo’yicha yuqoriga olib chiqish mumkin.Bunda yuk sirti bilan transportyor tasmasi sirti orasidagi tinshlikdagi ishqalanish kuchi yukni ushlab turadi.
Pol ustida turgan yukni gorizontal yo’nalishda harakatga keltirish , ya’ni qo’zg’atish uchununga tinchlikdagi ishqalanish kuchiga teng va qarama-qarshi yo’nalgan kuch bilan ta’sir etishimiz kerak.
Yurganimizda oyoq kiyimning tag sirti bilan yer sirti o’rtasida tinchlikdagi ishqalaninsh kuchi hosil boladi.Biz yerni orqaga F kuch bilan itaramiz.Ishqalanish kuchi Fi esa harakatimizyo’nalishida bo’lib ,miqdor jihatidan F kuchga teng.
Yurganimizda yerni orqaga itarishimizni tassavur qilish uchun sportchilar mashq qiladigan rolikni yo’lkachani misol qilib kentirishimiz mumkin.Bunda sportchi oldinga yugirmoqchi bo’lsa,yo’lka orqaga harakat qiladi.
Avtomobil shinasi ham yerni orqaga itaradi.Shina sirti bilan yer sirti orasida tinchlikdagi ishqalanish hosil bo’lishi tufayli g’ildirak avtomobili oldinga harakatlantiradi.
Ishqalanish - bir-biriga tegi shib turuvchi qattiq jismlar, suyuqliklar va gazlarning nisbiy koʻchishiga qarshilik qilish hodisasi. Ichki va tashqi xillari boʻladi. 1)Tashqi Ishqalanish — bir-biriga tegib turgan qattiq jismlar yoki biror jismning oʻzaro tegib turgan boʻlakchalari harakatlanib, bir-biriga nisbatan siljiganda mexanik qarshilikning vujudga kelish jarayoni. Ikki jismning bir-biriga tegib turgan sirtlarining oʻzaro taʼsir kuchi — tashki Ishqalanish kuchi quyidagicha ifodalanadi: FumK=kN, bunda k — ishqalanuvchi sirtlarning xossalariga bogʻliq boʻlgan Ishqalanish koeffitsiyenti, N — jismga qoʻyilgan kuch. Biron jismning boshka jism sirti boʻylab qanday ha-rakat qilishiga qarab, statik Ishqalanish yoki tinchlikdagi Ishqalanish va kinetik Ishqalanish xillari mavjud.
Gorizontal tekislikda ixtiyoriy yotgan jismga Ishqalanish kuchi taʼsir qilmaydi. Agar jismni siljitish uchun unga kuch qoʻyilsa, Ishqalanish vujudga keladi. Bir-biriga nisbatan qoʻzgʻalmas boʻlgan sirtlar orasidagi Ishqalanish tinchlikdagi Ishqalanish deyiladi. Tinchlikdagi Ishqalanish kuchi har doim jismga uning boshqa jism tegib turgan sir-tiga parallel yoʻnalishda qoʻyilgan kuch Gʻ ga moduli boʻyicha teng va unga qara-maqarshi yoʻnalgan boʻladi:Qattiq jismlarda sirpanib Ishqalanish va du-malan Ishqalanish yuz beradi. Bir jism boshqa jism sirtida harakatlanganda hosil boʻladigan Ishqalanish kuchiga sirpanib I. kuchi deyiladi; sirpanib I. kuchi jismning tegib turgan boshka jismga nisbatan koʻchishiga qaramaqarshi yoʻnalgan boʻladi. Qattiq jismlarning sirpani-shida Ishqalanish kuchi faqat sirtlarning xossalariga va bosim kuchigagina emas, balki harakat tezligiga ham bogʻliq boʻladi. Tezlik ortishi bilan koʻpincha I. kuchi dastlab keskin kamayadi; soʻngra yana oʻsa boshlaydi (rasmga q.). Jismga va uning sirtiga berilgan ishlovga bogliq boʻlgan sirpanib I. koeffitsiyenti, shuningdek, jismning qattiqlik darajasiga bogʻliq boʻlgan dumalab I. koeffitsiyenti amalda katta ahami-yatga ega. Sirpanish yoki dumalash boshlangunga qadar tash-qi kuchga qarshi taʼsir qilishni stati k I., harakat boshlangandan keyin unga qarshi taʼsir qilishni esa kinetik I. deyiladi. Bir xil sharoitda dumalab I. kuchi sirpanib I. kuchidan sezilarli darajada kichik boʻladi. I. kuchini kamaytirish uchun ishqalanuvchi sirtlarning sirpanishini undagi gʻildi-raklar, roliklar va sharlarning du-malashi bilan almashtiriladi
Qattiq jismlarning quruq sirtlari orasidagi I. ga quruq I. deb ataladi. Qattiq jismlar suyukliklar va gazlarda harakatlanganda ularning turli qatlamlari orasida hosil boʻladigan va ularning qovushoqligi (yopishqoqligi) bilan bogʻliq boʻlgan suyuq I. ham mavjud. Suyuq I. kuchlari harakat tezligiga mutanosib boʻlib, u jism toʻxtaganda nolga aylanadi. Shu sababli, juda kichik kuch bilan jismni suyuqlikda harakatlantirish mumkin. Mas, odam suvdagi ogʻir barjani tayoq uchini suv tu-biga tirash bilan harakatga keltiradi, biroq yerda bunday yukni u, albatta, qoʻzgʻata olmaydi.
Koʻpgina hollarda I. ning foydali tomoni bor. Masalan , yoʻl sirti yaxlagan vaqtda silliq boʻlganligi uchun yoʻl sirti bilan piyodalar poyabzalining tagligi yoki transport vositasi gʻildiragi orasida I. ning keskin kamayib ketishi piyodalar va transport vositalarining harakatlanishini qiyinlashtirib yuboradi. I. boʻlmasa qoqilgan mixlar tushib, rezbali birikmalar boʻshab qolardi. Baʼzi hollarda I. ning zararli tomonlari ham mavjud. Mas, turli transport vositalari, samolyotlar, suv osti kemalari gorizontal yoʻnalishda oʻzgarmas tezlik bilan harakatlanayotganda I. kuchini yengish uchun juda koʻp miqdorda yonilg-i sarf qiladi. Bundan tashqari, I. lar mashina va mexanizmlarning yeyilishiga sabab boʻladi (ularning f.i.k. ni kamaytiradi). Shuninguchun I. ni kamaytirish katta iqtisodiy ahamiyatga ega. I. ksharini kamaytirishning eng sa-marali usullaridan biri sirpanib I. ni dumalab I. ga almashtirish, ishqalanuvchi sirtlarni moylash (bunda I. kuchi 8— 10 marta kamayadi). 2) Ichki I. — qattiq, suyuq va gazsimon jismlarda sodir boʻladigan jarayonlar; bu jarayonlar jismlarning mexanik energiyasini qaytmas ichki energiyasiga aylantirib beradi. Qattiq jismlarda ichki I. — jism deformatsiyasiga sarflangan energiyaning jism eng katta elastik deformatsiya paytida oladigan ichki energiyasiga nisbati bilan aniqlanadi. Bunda ichki I. turli usullar bilan (mas, deformatsiya paytida jism t-rasining oʻzgarishi asosida) oʻlchanadi.
Mеxanikaga oid masalalarni xal etishda tortishish kuchlari va elastiklik kuchlari bilan bir qatorda ishqalanish kuchlari bilan ham ish ko’rishga to’g’ri kеladi. Bir-biriga tеgib turgan jismlar yoki bir jismning o’zaro tеgib turgan bo’laklari bir biriga nisbatan ko’chganda hosil bo’ladigan kuchlar ishkalanish kuchlari dеb ataladi.
3.3 – rasm
Ishqalanishlarni ikki toifaga bo’lish mumkin: tashqi ishqalanishlar va ichki ishqalanishlar. Sirtlari o’zaro tеgib turuvchi qattiq jismlarniig bir-birlariga nisbatan bo’lgan harakatga tashqi ishqalanish dеb ataladi. Tashqi ishqalaiishga misol qilib, biror qattiq jism sirtida ikkinchi qattiq jismning sirpanishda hosil bo’ladigan ishqalanishni kеltirish mumkin. Bеrilgan jismning turli xil qismlarini bir-biriga nisbatan ko’chishlari tufayli vujudga kеluvchi ishqalanish ichki ishiqalanish dеb ataladi.
Ichki ishqalanishga misol qilib, quvur bo’ylab oqayotgan suyuqlik yoki gazning quvur sirtidan turli masofada bo’lgan qatlamlarining turli tеzliklarda harakatlanishini kеltirish mumkin.
Tashqi va ichki ishqalanishlarni yana quruk va suyuq (qovushqoq) ishqalanishlarga ajratish mumkin. qattiq jismlarming quruk sirtlari orasida hosil bo’ladigan ishqalanish quruk ishqalanish dеb ataladi. Suyuqlik yoki gazning turli qatlamlari orasida hosil bo’ladigan ishqalanish suyuq ishqalanish dеb ataladi.