O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIMVAZIRLIGI
FARG’ONA POLITEXNIKA INSTITUTI
«ELEKTR TEXNIKASI, ELEKTR MEXANIKASI VA ELEKTR TEXNOLOGIYALARI» kafedrasi
“BOSIM BILAN HAYDASH VA ISSIQLIK MASHINALARI”
fanidan
M A’ R U Z A L A R T O‘ P L A M I
FARG‘ONA –2020
Ushbu ma’ruzalar to’plami Davlat ta’lim standartlari talablari va “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasi ishchi o’quv dasturi asosida tuzilgan bo’lib, ushbu ma’ruzalar to’plami “Energoaudit va sanoat korxonalari energetik tekshruvi ” ta’lim yo’nalishlari talabalari uchun mo’ljallangan.
Uslubiy qo’llanma “Elektr texnikasi, elektr mexanikasi va elektr texnologiyalari” kafedrasining uslubiy seminari yig’ilishida “____” __________ 20__ yil. Kuni muxokama qilinib, “№__” bayonida qayd etildi.
Ma’ruzalar to’plami energetika fakultetining uslubiy komissiyasi tomonidan ko’rib chiqilgan va u “__” __________ 20__ yil kunidagi “№__” bayoni bo’yicha bosmaxonada chop etishga tavsiya etilgan.
Tuzuvchilar: ass.B.B.Mirzaliyev
Taqrizchi: dots. T.K.Jabborov
FarPI uslubiy kengashida
Tasdiqlangan
Bayon №___ _______2020 y.
1-Mavzu. Kirish. Nasoslar haqida umumiy tushunchalar.
1.1. Bosim bilan haydash mashinalar to’g’risida umumiy ma’lumot
1.2. Turli xil nasoslarning ishlatilish sohalari
1.3. Nasoslarning asosiy parametrlari
Tayanch iboralar: dinamik nasoslar, hajmiy nasoslar, oqimli nasoslar, nasoslar, ventilatorlar, kompressorlar, uyurmali, markazdan qochma, ejektor, injektor.
BOSIM BILAN HAYDASH MASHINALAR TO’G’RISIDA UMUMIY MA’LUMOT
Bosim bilan haydash mashinalar barcha tarmoqlarida suyuqliklar, gazlar, bug’lar quvurlar yordamida uzatiladi. Sanoatning barcha sohalarida, qishloq va maishiy xo’jaliklarda bosim bilan haydash mashinalari keng ravishda qo’llanilmoqda. Masalan, ichimlik suv ta’minoti, havo maromlash, gaz ta’minoti tizimlarida, kimyo sanoatida, issiqlik energetika qurilmalari va boshqalarida qo’llaniladi.
Bosim bilan haydash mashinalari bir necha turlarga bo’linadi: nasoslar, ventilatorlar va kompressolar.
Haydash jarayoni natijasida ishchi jism (gaz yoki suyuqliklar)ning sifat ko’rsatkichlarning o’zgarishi, ya’ni bosim ortishi, haroratni kutarilishi, oqim tezligining oshishi bilan kuzatilishi mumkin.
Nasoslar - bosim bilan haydash mashinalarning eng ko’p tarqalgan turlaridan biri bo’lib, asosan suyuqliklarni, ba’zi hollarda gaz holatdagi moddalarni uzatishga mo’ljallangan mashinalar. Nasoslar markazdan qochma, o’qli, porshenli, membranali va boshqa turlarga bo’linadi. Suyuqlikni uzatuvchi nasoslar – suyuqlikni so’rish balandligi, ularning xarakteristikalari bo’yicha bir biridan farqlanadi.
Ventilatorlar – havo va gazlarni uzatish uchun qo’llaniladigan mashinalar bo’lib, ularning asosiy ko’rsatkichlaridan biri bosim oshirish darajasi, ya’ni mashinadan chiqayotgan gaz (havo) bosimining (p2) mashinaga uzatiladigan gaz (havo) bosimiga (p1 ) nisbati hisoblanadi:
ε = p2 / p1 (1.1)
Ventilatorda shu nisbatning qiymati ε < 1,15 teng bo’ladi.
Ventilatorlar markazdan qochma va o’qlilarga bo’linadi.
Kompressorlar – gaz (havo)ning bosimini bir necha barobar oshirish uchun hizmat qiladi (ε > 1,15). Sanoatda siqilgan havoda ishlaydigan mashinalar ko’p ishlatiladi. Kompressorlar quyidagi turlarga bo’linadi: markazdan qochma va o’qli porshenli, bir, ikki, ko’p bosqichli va boshqalarga bo’linadi.
Haydash mashinalar tasnifii 2-1 rasmda ko’rsatilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |