«Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi» fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni roli va ahamiyati



Download 25,85 Kb.
bet1/2
Sana10.11.2022
Hajmi25,85 Kb.
#862874
  1   2
Bog'liq
Меҳнатни мухофаза қилиш бўйича билимларни шакллантиришда замонавий


«Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi» fanini o‘qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalarni roli va ahamiyati
Farg‘ona politexnika instituti katta o’qituvchisi Abdug‘aniyev Nazirjon Nabijonovich, Solijonov Abdullajon Inomjon o'g'li Farg'ona politexnika instituti talabasi Abdullajonova Nafisaxon Ilhomjon qizi Farg'ona politexnika instituti talabasi


Annotatsiya: Ushbu maqola ta’lim tizimida talabalarning intellektualsalohiyatini rivojlantirishda ta’lim texnologiyasining ahamiyati to‘g‘risida fikrlar bayon etilgan. Dars jarayonida ta’lim texnologiyalarini qo‘llash natijasida o‘quvchilarning intellektual salohiyati va ilmiy nazariy bilimi yanada mustaxkamlanadi. Shuning bilan birgalikda, ta’limda axborot va kommunikatsiya texnologiyalar va zamonaviy pedagogik texnologiyalarni yanada boyitish, takomillashtirishga olib keladi.
Annotation: This article discusses the importance of educational technology in the development of students' intellectual potential in the education system. As a result of the use of educational technologies in the classroom, students' intellectual potential and scientific-theoretical knowledge are further strengthened. At the same time, it leads to further enrichment and improvement of information and communication technologies and modern pedagogical technologies in education.
Keywords: education, information technology, educational technology, computer science, innovation.
O‘zbekistonda ta’lim-tarbiya sohasini isloh qilishning asosiy omillaridan biri «shaxs manfaati va ta’lim ustvorligi»dir. Shu nuqtai nazardan kelib chiqqan holda ushbu omil davlatimizning ijtimoiy siyosatini belgilab berganligi tufayli 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishni beshta ustuvor yo‘nalishlari bo‘yicha Harakatlar Strategiyasi dasturida ta’lim-tarbiya sohasida bugungi kunga kelib dolzarb vazifalar qo‘yilmoqda. [1]
Respublikamizning pedagogik olim va amaliyotchilari ilmiy asoslangan hamda O‘zbekistonning ijtimoiy-pedagogik sharoitiga moslashgan ta’lim texnologiyalarini yaratish va ularni ta’lim-tarbiya amaliyotida qo‘llashga intilmoqdalar. Pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayoniga tadbiq etishning asosiy sabablari quyidagilardan iborat:
- aholi ta’limini jadallashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida eng ilg‘or pedagogik tadbirlardan foydalanish zarurligi;
- an’anaviy o‘qitish tizimi yozma va og‘zaki so‘zlarga tayanib ish ko‘rishi tufayli «axborotli o‘qitish» sifatida tavsiflanib, o‘qituvchi faoliyati birgina o‘quv jarayonining tashkilotchisi sifatida emas, balki nufuzli bilimlar manbaiga aylanib qolganligi. Pedagogik texnologiya yuqorida sanab o‘tilgan shartlarni barcha talablariga javob beradigan pedagogik tadbirdir. Pedagogikani texnologiyalashtirishning asosini, pedagogik jarayonini, uning samaradorligini oshirish va pedagogik oluvchilarni, berilgan sharoitlarda va ajratilgan vaqt ichida loyihalashtirilayotgan o‘quv natijalarga erishishlarini kafolatlash maqsadida to‘liq boshqarish g‘oyasi tashkil etadi. [2,3]
O‘quv jarayoni pedagogik texnologiya asosida tashkil etishning rejalashtirishda pedagogdan yuksak malaka talab etadi, materiallar tayyor bo‘lgach, pedagog asosan tashkiliy va konsultativ vazifalarni bajaradi. Umumiy ko‘rinishda pedagogik texnologiya tarkibiga quyidagilar kiradi:
- fanning identifikatsiyalashgan o‘quv maqsadlarini ishlab chiqish;
- o‘quv maqsadli shajarasi;
- o‘quv maqsadlarini nazorat topshiriqlariga aylantirish;
- maqsadga erishish usullari;
- erishilgan o‘quv maqsadlarini baholash.
Bu tarkibiy qismlarning har biri ma’lum yo‘nalishdagi pedagogik operatsiyalar tizimini tashkil etadi.
Pedagogik texnologiyalarda tahsil oluvchi shaxsi pedagogik jarayoni markaziga qo‘yiladi, uning rivojlanishiga va tabiiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga qulay shart-sharoitlar yaratadi. Bizga ma’lumki, Kadrlar tayyorlash milliy dasturida O‘zbekiston Respublikasidagi pedagogik tizimining milliy modeliga alohida e’tibor qaratilgan. Bu model besh tarkibiy qismdan iborat: shaxs, davlat va jamiyat, uzluksiz pedagogik, fan, ishlab chiqarish.
Pedagogik milliy modelining asosiy tarkibiy qismi «shaxs» birinchi o‘rinda turadi. Boshqacha qilib aytganda butun pedagogik tizimi, shu jumladan o‘qitish shaxsga yo‘naltirilgan bo‘lishi lozim. Shuning uchun zamonaviy pedagogik texnologiyalardan pedagogik jarayoni, o‘qitishning shaxsga yo‘naltirilgan texnologiyalari asosida amalga oshirilishi lozim. Shaxsga yangicha qarash quyidagilardan iborat bo‘ladi:
 Pedagogik jarayonida shaxs ob’ekt emas, sub’ekt hisoblanadi;
 har bir tahsil oluvchi qobiliyat egasi, ko‘pchilik esa iste’dod egasi hisoblanadi;
 yuqori etik qadriyatlar (saxiylik, muhabbat, mehnatsevarlik, vijdon va boshqalar) shaxsning ustuvor xislatlari hisoblanadi.
Munosabatlarda demokratlashtirish quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
 tahsil oluvchi va pedagogik beruvchi huquqlarini tenglashtirish:
 tahsil oluvchining erkin tanlab olish huquqi;
 xatoga yo‘l qo‘yish huquqi;
 o‘z nuqtai nazariga ega bo‘lish huquqi;
 tahsil oluvchi va pedagogik beruvchi munosabati zayli: ta’qiqlamaslik; boshqarish emas, birgalikda boshqarish; majburlash emas, ishontirish; buyurish emas, tashkil etish; chegaralash emas, erkin tanlab olishga imkon berish.
«Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi» fanini o‘qitish borasida milliy va xorijiy tajribalarni o‘rganish va qiyosiy tahlil qilish, fanlarning o‘quv dasturlarini takomillashtirish va ular asosida ma’ruza matnlari, yangi avlod o‘quv adabiyotlari, elektron adabiyotlarni yaratish va ta’lim jarayoniga bosqichma-bosqich joriy etish ishlari amalga oshirilmoqda. Fan bo‘yicha elektron o‘quv vositalarining yaratilishi mazkur fanni o‘qitishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatini yanada kengaytiradi. Bu o‘z navbatida, talabalarning mazkur fan bo‘yicha bilimlarni chuqur o‘zlashtirishlarining asosiy omili bo‘lib, ta’lim-tarbiya sifati va samaradorligini oshiradi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib oliy ta’lim muassalarida «Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi» fanini o‘qitishda quyidagi innovatsion usullarni tavsiya etamiz.

Download 25,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish