Muammoli vaziyat” metodi uchun tanlangan muammoning murakkabligi talabalarning bilim darajalariga mos kelishi kerak. Talabalar qo‘yilgan muammoning yechimini topishga qodir bo‘lishi kerak, chunki muammoni yechimini topa olmasa talabalarning qiziqishlari so‘nishi va bolalar o‘ziga bo‘lgan ishonchini yo‘qotishi mumkin. Dare jarayonida ushbu metoddan foydalanganda talabalar mustaqil fikr yurtishga, muammoning sabab va oqibatlarini tahlil qilishga, uning yechimini topishga o‘rganadilar. Bu metod ayniqsa ishlab chiqarishdagi texnologik jarayonlarda kelib chiqishi mumkin bo‘lgan muammolarni hal qilish jarayonini chuqur o‘rganishda, shuningdek, texnologik jarayonlarni umumlashtirib, muammoning eng maqbul yechimini tanlashda qo‘l keladi.
“Klaster” metodi talabalarni biron-bir mavzuni chuqur o‘rganishlariga yordam berib, ularda mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni chuqur tahlil etgan holda erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga o‘rgatadi.
“Baliq skeleti” metodi - bir qator muammolarni tasvirlash va uni yechish imkonini beradi. Talabalarda tizimli fikrlash, muammo yechimlarini umumiy tuzilmaga keltirish, muammoni tahlil qila olish ko‘nikmalarini rivojlantiradi. Dastlab chizmani tuzish qoidasi bilan tanishtiriladi. Talabalar har biri alohida yoki kichik guruhlarda baliqning yuqori «suyagida» kichik muammoni ifodalab, pastda ushbu kichik muammolar mavjudligini tasdiqlovchi dalillarni topib yozadilar.[3-9]
Xulosa qilib aytganda, “Mehnat muxofazasi va texnika xavfsizligi” fanini o‘qitishda muammoli vaziyatlarga asoslangan pedagogik texnologiyalaridan jumladan, “Muammoli vaziyat”. “Klaster”, “Baliq skleti”, “Loyiha”, “Nilufar guli” metodlaridan foydalanish, talabalarni fikrlashga, muammolarni hal etish ko‘nikmalarini hosil qilishga, kashfiyotlarga intilish, hamkorlik va sheriklik sifatlarini shakllantirishga, o‘qituvchi tomonidan berilgan vazifalarni hal etish rejasini tuzishga va eng asosiysi talabalar oldiga qo‘yilayotgan muammoni hal qilishga, uni mustaqil muxokama qilishga qodir qilib ta’lim va tarbiya berish imkoniyatini yaratadi.
Adabiyotlar
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha HARAKATLAR STRATYeGIYaSI. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947- sonli Farmoni. www.Lex.uz
“Hayot faoliyati xavfsizligi” fanini inovatsion usullar asosida o‘qitishning samaradorligi Murtazayeva - Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti assistenti Sh. Xojiyeva - O‘zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Fuqaro muhofazasi instituti magistri
«Ilg‘or pedogogik texnologiyalar va ularni amalda qo‘llash» fanidan ma’ruza matnlari p.f.n. M.T. Jumaniyozova Toshkent -2010 y.
Abduganiyev Nazirjon Nabijonovich, Mirzayeva Gulchexra Sotvoldiyevna, Abduganiyev Numonjon Nabijonovich Puti intensivnosti rabotы aeratenkov s pnevmaticheskoy aeratsiyey // Universum: texnicheskiye nauki. 2019. №12-1 (69). (data obraщeniya: 23.05.2022). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/puti-intensivnosti-raboty-aeratenkov-s-pnevmaticheskoy-aeratsiey
Mirzayeva Gulchexra Sotivoldiyevna, Jalilov Lutfiyer Sotvoldiyevich, Abduganiyev Nazirjon Nabijonovich, Dadakuziyev Muzaffar Raxnomoyevich Problema ekologii pri utilizatsii stroitelnыx materialov na primere intensifikatsii stroitelstva v Uzbekistane // Universum: texnicheskiye nauki. 2019. №12-1 (69). (data obraщeniya: 23.05.2022). URL: https://cyberleninka.ru/article/n/problema-ekologii-pri-utilizatsii-stroitelnyh-materialov-na-primere-intensifikatsii-stroitelstva-v-uzbekistane
Sativoldievna, M. G., & Nabizhonovich, A. N. (2021). Inpact of industrial wastewater on the environment. Asian Journal of Research in Social Sciences and Humanities, 11(11), 869-873.
Abduganiyev, N. N., Mirzayeva, G. S., & Abduganiyev, N. N. (2019). Puti intensivnosti rabotы aeratenkov s pnevmaticheskoy aeratsiyey. Universum: texnicheskiye nauki, (12-1 (69)).
Ergashev, S. F., Nigmatov, U. J., Abduganiyev, N. N., & Yunusov, B. S. A. (2018). Solnechnыe parabolosilindricheskiye elektrostansii-covremennoye sostoyaniye rabot i perspektivы ispolzovaniya ix v narodnom xozyaystve Uzbekistana. Dostijeniya nauki i obrazovaniya, (5 (27)).
Kuzibaevich, M. B., & Nabijonovich, A. N. M. (2021). ANALYSIS OF STUDY OF PHYSICAL AND MECHANICAL PROPERTIES OF VERMICULITE CONCRETE WITH NEW GENERATION COMPLEX CHEMICAL ADDITION KDj-3. International Engineering Journal For Research & Development, 6(3), 5-5.
Do'stlaringiz bilan baham: |