MA`RUZA №9
GAZ ANALIZATORLARI
Reja:
1. Gaz analizatorlarning tasnifi
2. Termokonduktometrik gaz analizatorlari.
3. Termomagnit gaz analizatorlari.
4. Absorbtsion-optik gaz analizatorlari.
5. Elektroximiyaviy gaz analizatorlari.
6. Termoximiyaviy gaz analizatorlari.
7. Fotokolorimetrik gaz analizatorlari.
8. Ionizatsion gaz analizatorlari.
9. Xromotografik gaz analizatorlari.
Gaz analizatorlarning tasnifi
Gaz analizatorlari tekshirilayotgan gaz aralashmasidagi komponent yoki
komponentlar yig`indisi konsentratsiyasi haqida ma`lumot beradigan qurilmalardir.
Gaz analizatorlari sanoatning barcha sohalarida va ilmiy-tadqiqot ishlarida keng
ishlatiladi. Gazlarning tarkibini uzluksiz avtomatik nazorat qilish asosida
metallurgiyada, koks-ximiya sanoatida, neftni qayta ishlashda, gaz sanoatida va
boshqa joylarda gaz hosil qilish va undan foydalanish bilan bog`liq bo`lgan
ximiyaviy-texnologik prosesslarni avtomatik boshqarish amalga oshiriladi.
Masalan, issiqlik elektr stantsiyalarida organik yoqilg`ilarni yoqishda yonish
prosessini nazorat qilish va kerakli havo miqdorini (ortiqcha miqdorini) aniqlash
uchun avtomatik gaz analizatorlari ishlatiladi. Texnologik ob`ektlarning xavfsiz
ishlashini ta`minlovchi sistemalarda ishlatiladigan gaz analiz qilish asboblari ham
katta ahamiyatga ega. Keyingi yillarda atrof-muhitni muhofaza qilishga katta e`tibor
berilayotganligi munosabati bilan sanoat korxonalari chiqindilari tarkibidagi zararli
qo`shilmalar miqdorini, ishlab chiqarish xonalari va atmosferadagi zararli
qo`shilmalar miqdorini nazorat qilishga mo`ljallangan gaz analizatorlari ishlab
chiqarish va ulardan foydalanish keskin kengaydi. Aholi yashaydigan punktlar
havosining sifatini nazorat qilish uchun havoni ifloslantiradigan is gazi, azot
qo`shoksid, chang va boshqa shu kabi moddalar konsentratsiyasi o`lchanadi.
Texnologik prosesslarni nazorat qilishda va avtomatlashtirishda turli
sharoitlarda bo`lgan (temperaturalari, bosimlari va hokazolari turlicha bo`lgan)
aralashmalarni analiz qilishga, gaz analizatorlarining turli-tuman xillarini aniqlashga
to`g`ri keladi.
Sanoatda ishlatiladigan avtomatik gaz analizatorlarining ko`pchiligi gaz
aralashmalaridagi bitta komponentning konsentratsiyasini o`lchash uchun
mo`ljallangan. Bu holda gazlarning aralashmalari binar deb qaralib, undagi
aniqlanadigan
komponent
o`lchanayotgan
aralashmaning
fizik-ximiyaviy
xossalariga ta`sir qiladi, qolgan komponentlar esa, ularning tarkibi va
konsentratsiyasidan qat`i nazar, ularning xossalariga ta`sir qilmaydi va
aralashmaning ikkinchi komponenti hisoblanadi. Ko`p komponentli gaz
aralashmalarining turli tashkil etuvchilarini analiz qilish uchun mo`ljallangan gaz
analizatorlari ham mavjud.
Gaz analizatorlari ishlash printsipi (analiz qilish usuli), analiz qilinayotgan
muhitning xossalari, aniqlanadigan komponentlar soni, ishlanish turi, chikish
signalini unifikatsiyalash usuli va o`lchash natijalarini berish usuli kabi belgilariga
ko`ra klassifikatsiyalanishi mumkin.
Eng oddiy holda namunani o`zgartirmasdan analiz qilish mumkin, bunda
analiz qilinayotgan aralashma tarkibi to`g`risida o`lchanayotgan parametrga qarab
bevosita xulosa chiqariladi. Analiz qilishda namunani o`zgartirish analitik o`lchash
tanlanuvchanligini oshirish imkonini beradi. Namunani o`zgartirish uchun fizik
usullardan xam, ximiyaviy usullardan ham foydalanish mumkin. Agar namunaga
ta`sir qilish uning fizik xossalarini tubdan o`zgartirib yuborsa, bunday o`zgartirish
fizik o`zgartirish deb ataladi. Agar namunaga ta`sir qilish uning tarkibining tubdan
o`zgarishiga olib kelsa, u ximiyaviy o`zgartirish deb ataladi.
Gaz analizatorlari hajmiga nisbatan % larda, g/m
3
, mg/l larda darajalanadi.
Birinchi birlik ancha qulaydir, chunki gaz aralashmalari komponentlarining prosent
hisobidagi miqdori temperatura va bosim o`zgarganida doimiyligicha qoladi.
Gaz analizatorlari komplektiga datchik va chiqish signallarini o`lchagichdan
tashqari, asbobning normal ishlashini ta`minlovchi bir qancha uzellar ham kiradi.
Asosiy yordamchi uzellar gaz aralashmasi namunasini tanlovchi, tozalovchi,
uzatuvchi va analizga tayyorlovchi qurilmalardir.
Gaz analizatorlarining mavjud klassifikatsiyasi aralashmaning aniqlanadigan
komponentlarining konsentratsiyasini o`lchashga asos qilib olingan fizik-ximiyaviy
xossalarga asoslanadi. Gazlarni avtomatik analiz qilish uchun quyidagi usullar
qo`llaniladi: (klassifikatsiya GOST 13320-81 bo`yicha): namunani oldindan
o`zgartirmasdan – termokonduktometrik, termomagnit, absorbtsion-optik (infraqizil
va ultrabinafsha nur yutiladigan), pnevmatik usullar: namuna oldindan
o`zgartiriladigan usullar – elektroximiyaviy (konduktometrik, kulonometrik,
polyagrafik, potentsiometrik) termoximiyaviy, fotokolorimetrik, alanga-ionlashuv,
aerozol-ionlashuv, xromatografik, massaspektrometrik usullar. Quyida sanoatda eng
keng tarqalgan usullar va asboblar ko`rib chiqilgan.