SO’YISH PUNKTLARI
So’yish punktlari, go’sht korxonalari va qushxonalardan o’zoq bo’lgan kichik tuman markazlari, aholi punktlari va chorvachilik xo’jaliklarida quriladi. So’yish punktlari ham go’sht korxonalari kabi to’liq sanitariya talablariga javob beradigan qilib quriladi.
So’yish punktlarida mollarni saqlaydigan joy (baza), izolyator, mollarni suyadigan va tanasini nimtalaydigan, ichak va terini tuzlaydigan bo’limlar bo’ladi. Shu bilan birgalikda shartli yaroqli go’shtni zararsizlantiradigan xona quriladi.
So’yilgan hayvonlarni osib qo’yish; terisini shilib olish va ichki organlarini chiqarib olish uchun so’yish bo’limiga chig’iriq o’rnatiladi.
Tayyor go’shtni va boshqa mahsulotlarni vaqtincha saqlash uchun sovutkich ham bo’ladi. Bundan tashqari ishchilar kiyinadigan va veterinariya vrachlari uchun alohida xonalar bo’ladi.
So’yish punktlari suvni umumiy suv yo’lidan yoki alohida artezan quduqlaridan oladi. Suv qoramol uchun – 60 l, cho’chqa uchun 20 l, qo’y va echkilar uchun 10 l sarf qilinadi.
Bugungi amaliyotimning mavzusi
“Mollarni saqlash bazasi, karantin va so’yish bo’limlari bilan tanishish. So’yish va barcha tur hayvonlarni qayta ishlash texnologiyasi bilan tanishish, so’yish mahsulotlarini tekshirish hamda ularga turli kasalliklarni hisobga olgan holda sanitariya nuqtai-nazaridan baho berish jarayonlarida qatnashish.”
Sifatli go’sht va go’sht mahsulotlari olish uchun mollar so’yishdan oldin 1-2 kun dam olishlari kerak. Mol bazasida imoratlar ochiq va yopiq holatda bo’lib, maydonchalari asfaltlangan bo’lishi lozim.
Mol saqlaydigan joyda oxurlar, stanoklar va boshqa jihozlar shunday materialdan qilinishi kerakki ular tez tozalanadigan va dezinfeksiya qilish ishlari oson bo’lishi kerak. Binolar ichidagi harorat qish faslida +5 +80 dan past bo’lmasligi, havoning namligi esa 65-80 % bo’lishi kerak. Sifatli go’sht olish uchun mollar yaxshi dam olishlari kerak, buning uchun ular yozda ayvonlar tagida, qishda esa isitilgan honalarda bo’lishi lozim.
Ayvonlar va xonalarda mollar erkin harakatlanishi uchun quyidagi hisobda yer maydoni ajratiladi.
Bir bosh uchun:
Mollar uchun 6-7 m2
Qo’y va echkilar uchun 0,8-1 m2
Cho’chqa uchun 1,8-2 m2
Mollarni saqlash bazasida karantin bo’limi, izolyator va kasal mollarni so’yish joylari bo’lishi lozim.
a) Karantin bo’limi.
Yuqumli kasalliklar tarqalishini oldini olish maqsadida, go’sht uchun so’yiladigan mollarda kasallikka taxmin qilingan yoki veterinariya ma’lumotnomasidagi noaniqlik xal bo’lmaguncha saqlash uchun, mol bazasida karantin bo’limi tashkil qilinadi. Karantin bo’limi atrofi 2-2,5 m balandlikdagi devor bilan uralib, bazadan ajratiladi. Bu bo’limda maxsus xodimlar ishlaydi. Bu bo’limda ochiq joylar, yopiq baza va issiq saroylar bo’lib, bir kunda go’sht kombinatidagi tushayotgan barcha mollarning 10 % gacha qabul qilish quvvatiga ega bo’lishi kerak.
Mollarni karantin bo’limida saqlash vaqtida, ular ustidan kunlik nazorat o’rnatilib, ertalab va kechqurun termometriya qilinadi. Mollar bu bo’limda kasalliklari aniqlangunicha yoki veterinariya guvohnomasidagi noaniqlik hal bo’lguniga qadar saqlanadi, uzog’i bilan 3 kunga qadar.
Mollarni qayta ishlash korxonalari qurishda hamda ularni jihozlanishida sanitariya talablariga to’liq rioya qilmaslik infeksion va invazion kasalliklarni tarqalishiga olib keladi.
Amaliyotimning keying kundagi mavzusi
“Bakteriolog vrach rahbarligida bakteriologik tekshirishlar uchun namunalar olish usullarini o’rganish va OPVK laboratoriyasida ana shu tekshirishlarni o’tkazishda ishtirok etish. Cho’chqalar gavdasidan namuna olish va ularni trixinelloskopiya qilishda ishtirok etish.”
Ertalab bozordagi har xil turdagi hayon va qishloq xo’jalik mahsulotlari sotishdan oldin ulardan namunalar olinib labaratoriyada ularni sotishga yaroqli yoki yaroqlimasligi tekshiriladi.Agar mahsulotlaring me’yoriy ko’rsatkichlari ularni istemol qilish talabiga javob bermasa sotishga ruxsat berilmaydi.
Trixinellezga hayvonlarni tirikligida tashxis qo’yish ancha murakkab. Faqat cho’chqalar so’yilgandan so’ng, shu bilan birgalikda go’shti istemol qilinadigan yovvoyi hayvonlardan yovvoyi cho’chqa, ayiqni so’ygandan so’ng go’shti tekshirilib tashxis qo’yiladi.
Shuning uchun go’sht korxonalari va veterinariya sanitariya ekspertiza laboratoriyalarida odamlarni trixinellez bilan kasallanishini oldini olish maqsadida, so’yilgan cho’chqalarning go’shtini boshma-bosh to’liq trixinelloskopiya tekshirishdan o’tkaziladi. Cho’chqa bolalari go’shti 3 haftaligidan boshlab tekshirila boshlaydi.
Tekshirish uchun diafragma oyoqchalari tomonidan ikki bo’lak go’sht olinadi 60gr miqdorida. Agar diafragmadan namuna olishni imkoni bo’lmasa, unda qovurg’a orasi, bel yoki bo’yin muskullaridan namuna olish mumkin. Olingan namunadan 24 ta, don kattaligida qalinligi 2 mm bo’lgan kesma tayorlanib kampressurum shishasini pastki qismiga joylashtiriladi va ustki qismi yopilib, mikroskopni 50-70 marta kattalashtiriladigan obyektiv yordamida yoki trixinelloskopda ko’rib chiqiladi. Hozirgi kunda go’sht korxonalarida proyeksion trixinelloskop ishlatilmoqdaki bunda ko’p namunalarni birdaniga ekranda kuzatish mumkin bo’ladi.
Mikraskop ostida normal g’ilof bilan o’ralgan trixinella urchiqsimon siperal shakilda ko’rinadi. Trixinellalar bor muskul tolalari o’zining normal ko’ndalang targ’il chizmalarini yo’qotadi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra trixinelloskopiya’ni yanada ishonchliroq va parazitlarni yaxshiroq ko’rish uchun tayyorlangan go’sht kesimlariga ishlov berilib ko’rish yaxshi natija beradi. Buning uchun periparatlar xlorid kislatasi yoki metilin ko’ki bilan ishlanishi kerak bo’ladi.
Xlorid kislota bilan ishlash uchun go’sht kesmalari kompressurumda kisilib, keyin yuqori kisimi olinadi va har qaysi mayda go’sht kesmalariga 1-2 tomchi desinormal xlorid kislotasi tomiziladi. Bunda muskul tolalari tiniq ranga kiradi va go’sht oqsili kagulyatsiyaga uchraydi va parazit g’iloflari shishadi, natijada ular yaxshi ko’rinadi.
Go’sht qirqimlarini metil ko’ki bilan ishlash uchun, 0,5ml metil ko’kini to’yingan spirtli eritmasini 10 ml distirlangan suvda eritilgan eritmasi suvda tayyorlanadi. Tayyor eritmadan kopressurumdagi go’sht qirqimlariga 1-2 tomchidan tomiziladi va ikkinchi shisha yopilib ko’riladi. Bunda go’sht tolalari oqish – ko’k ranga, trixinellaning g’ilofi ko’k ranga bo’yaladi, ichidagi parazit bo’yalmaydi va natijada yaxshi ko’rinadi.
Amaliyotning keying kundagi mavzusi
“Chorvachilik xo‘jaliklari sharoitida operatsiya ishlarini tashkil etish va bajarishni o‘rganish“.
Hayvonlar jarohatlanganda yoki boshqa ichki kasalliklarda ba’zi hollarda operatsiya qilishga to’g’ri keladi.Ko’pchilik hollarda hayvonlar xo’jaliklarda operatsiya qilinadi.Operatsiya qilishdan oldin operatsiya maydonini tayyorlash katta ahamiyatga ega, chunki hayvon terisi va junlarining oralig’ida juda ko’p begona jismlar, iflosliklar, mikroblar mavjud va ular Operatsiya vaqtida jarohatga tushishi mumkin. Operatsiya maydonchasini tayyorlash 4 bosqichdan iborat:
1-teridagi jun va tuklarni olib tashlash, buning uchun qaychi, ustara, depilyatoriydan foydalanish mumkin;
2-mexanik tozalash va yog’sizlantirish, buning uchun teri sovun yoki kimyoviy eritmalar bilan yuviladi va efir bilan yog’sizlantiriladi;
3-kimyoviy dezinfeksiya va qotirish, bunda bakteriosid va qotirish xususiyatiga ega bo’lgan eritmalar teriga surtiladdi (5-10 % yodning spirtdagi eritmasi, Ayatin, Asepur, Septoneks, 5 % kaliy permanganat, Borjers suyuqligi) aseptik Operatsiyada markazdan chetga, septikda chetdan markazga qarab surtiladi;
4-Operatsiya maydonchasini chegaralash, buning uchun o’rtasi kesilgan choyshab, salfetkalardan foydalanish mumkin.
Agar shilliq parda bilan qoplangan organlarda Operatsiya o’tkazilsa, uni ham tayyorlash kerak, buning uchun antiseptik eritmalardan foydalanish mumkin, konyuktiva uchun 1:1000 etakridin laktati, 3 % borat kislotasi, og’iz va burun bo’shlig’i uchun 1:1000 etakridin laktati; qin uchun 1 % sut kislotasi, 2 % lizol, to’g’ri ichak uchun 1 % kaliy permanganat, 2 % lizol.
Do'stlaringiz bilan baham: |