66.savol:Tushunchalarni chegaralash va
umumlashtirish tushunchalari
Tushunchalarni chegaralash va umumlashtirish. Tushunchani
chegaralash — jins (hajmi keng) tushunchadan tur (hajmi tor) tushunchaga
fikran o‘tishdan iborat. Tushuncha chegaralanganda
jins tushunchaning mazmuniga tur tushunchani hosil qiluvchi
belgilar qo‘shiladi. Masalan:
Inson —> ayol —> o‘zbek ayoli —> o‘zbek shoirasi —> shoira
Uvaysiy. Chegaralash amali yakka tushunchada to‘xtaydi.
Tushunchani umumlashtirish tur (hajmi tor) tushunchadan jins
(hajmi keng) tushunchaga fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan
tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan
tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada, mazmun
jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq
bolgan jins tushuncha hosil boladi. Masalan: Olma daraxti —►
mevali daraxt —► daraxt —> o‘simlik.
Umumlashtirish amali eng umumiy tushuncha — kategoriyalarda
to'xtaydi.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari ilmiy
bilishda va kundalik turmushda keng qo‘llaniladi.