O‘smirlar bilish faolligini ijodiy tafakkur bilan uyg‘unligi



Download 30,13 Kb.
Sana30.06.2022
Hajmi30,13 Kb.
#720609
Bog'liq
2.1 O‘smirlar b-WPS Office


2.1 O‘smirlar bilish faolligini ijodiy tafakkur bilan uyg‘unligi.

Inson uzining butun xayoti va faoliyati davomida ob’ektiv dunyoni bilib boradi. Bilish dunyoni inson ongida aks etishining murakkab jarayoni bulib, u bilmaslikdan bilishga, noanik va tula bulmagan bilimlardan ancha anik va tula bilimlarga tomon xarakat kilish sifatida soodir buladi. Bilish tevarak-atrofdagi odamning narsa va xodisalarni xissiy idrok kilishdan boshlanadi. Tashki olamning sezgi, idrok va tasavvurning xosil bulishiga olib keladi, bular real borlikdagi narsalarni inson ongida aks ettiradi. Tevarak-atrofdagi olamga muvaffakiyatli ta’sir etish uchun bu olam rivojlanishining ob’ektiv konuniyatlarini bilish kerak. Fakat xissiy bilish yordamidagina bu konunlarning moxiyatini tushunish mumkin emas. Abstrakt tafakkur tabiat va jamiyat xayoti rivojlanishining ob’ektiv konunlarini bilishga xizmat kiladi. Abstrakt tafakkur xissiy bilish axborotlarini umumlashtirib, narsa va xodisalardagi xamma muxim bulmagan tasodifiy tomonlardan uzoklashadi xamda narsa va xodisalarning moxiyatiga kirib borib, ularning rivojlanishidagi umumiy konuniyatlarni ochib beradi. Umumlashtirish natijalari fan tushunchalari va konuniyatida ifodalanadi. Ularning xakikiyligi amaliyotda tikshiriladi, amaliyot bilimlarning xakikiyligini kursatuvchi oliy mezondir.

Birok olimning xali noma’lum bulgan sirlarini bilishi bilan, ukuvchining fanlar soxasida bayon kilingan bilimlarni bilishi urtasida katta fark bor, ya’ni olim yangilikni kashf kiladi, ukuvchi esa tayyor sinalgan bor bilimlarni uzlashtiradi.

Biz yuqorida o‘smirlar bilish faolligida va mo‘quv faoliyatidagi asosiy psixologik jarayonlar va tafakkurni individual xususiyatlari xamda ushbu jarayonga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni o‘rgandik. Lekin aslida maqsad shundayki, har bir shaxs o‘zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining o‘ziga xos tomonini bilgan xolda uni o‘stirish yo‘llarini bilishi kerak.

Oxirgi yillarda psixologlarning o‘tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari shuni ko‘rsatdiki, fikrlash jarayonlarini guruh sharoitida, dars paytida ham o‘stirish va bunga qisqa yo‘llar bilan erishish mumkin ekan. Ularning fikricha, guruhdagi hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, fikrlash jarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi. Ayrim juda jiddiy va murakkab ijod daqiqalarini inobatga olmaganda, yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni, undagi faoliyat shakli individual tafakkurning ham rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu narsa isbot qilinganki, jamoada ishlash ko‘plab nostandart fikrlarning tug‘ilishi, ularning ichidan eng yaxshilarining saralanishi va yangidan yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘larkan.

Ana shunday samara beruvchi metodikalardan biri «breynstorming» deb atalib, uning lug‘aviy ma’nosi «miyani zabt etish»dir («mozgovaya ataka» ruscha - «brain storming» ingl.). Uni o‘tkazish quyidagi tamoyillarga asoslangan:

Ba’zi intellektual masalalarni yechishda bitta yechim bilan cheklanib bo‘lmaydi va shu maqsadda ijodiy fikrlovchilar guruhi tashkil etiladi va bu jarayonda «gruppaviy effekt» bo‘lishi kutiladi. Guruh ishi tez va optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan bo‘ladi va bunda alohida ayrim individual qarorlarga ta’sirlanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Guruhga shunday kimsalar kiritiladiki, ular bir-birlaridan fikrlash uslublarining noyobligi bilan farq qiladilar. Masalan, kimdadir mantiqiylik ustun, kimdir kreaktiv, kimdir tanqidchi va shunga o‘xshash.

Guruhda shunday ijodiylik ruhi bo‘lishi kerakki, har kim xoxlagan fikrini bemalol aytaveradi, u yoki bu fikr tanqid qilinishi mumkin, lekin uning egasi tanqid qilinmaydi. Bunday sharoitda o‘rtacha intellektual darajaga ega bo‘lgan shaxs ham shunday fikrlar izxor qila boshlaydiki, ular alohida qolgan paytida sira ham miyaga kelmagan bo‘lardi.

Biz yuqorida tafakkurni individual xususiyatlari va ushbu jarayonga xos bo‘lgan umumiy qonuniyatlarni o‘rgandik. Lekin aslida maqsad shundayki, har bir shaxs o‘zidagi tafakkur va fikrlash jarayonlarining o‘ziga xos tomonini bilgan xolda uni o‘stirish yo‘llarini bilishi kerak. Oxirgi yillarda psixologlarning o‘tkazgan tadqiqotlari va kuzatishlari shuni ko‘rsatdiki, fikrlash jarayonlarini guruh sharoitida, dars paytida ham o‘stirish va bunga qisqa yo‘llar bilan erishish mumkin ekan. Ularning fikricha, guruhdagi hamkorlikdagi faoliyat idrok va xotiraning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatib, fikrlash jarayonini tezlashtiradi va faoliyatni samaraliroq qiladi. Ayrim juda jiddiy va murakkab ijod daqiqalarini inobatga olmaganda, yaxshi tashkil etilgan dars jarayoni, undagi faoliyat shakli individual tafakkurning ham rivojlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Shu narsa isbot qilinganki, jamoada ishlash ko‘plab nostandart fikrlarning tug‘ilishi, ularning ichidan eng yaxshilarining saralanishi va yangidan yangi g‘oyalarning paydo bo‘lishiga sabab bo‘larkan.

Ana shunday samara beruvchi metodikalardan biri «breynstorming» deb atalib, uning lug‘aviy ma’nosi «miyani zabt etish»dir («mozgovaya ataka» ruscha - «brain storming» ingl.). Uni o‘tkazish quyidagi tamoyillarga asoslangan:

Ba’zi intellektual masalalarni yechishda bitta yechim bilan cheklanib bo‘lmaydi va shu maqsadda ijodiy fikrlovchilar guruhi tashkil etiladi va bu jarayonda «gruppaviy effekt» bo‘lishi kutiladi. Guruh ishi tez va optimal qarorlar qabul qilishga qaratilgan bo‘ladi va bunda alohida ayrim individual qarorlarga ta’sirlanishga yo‘l qo‘yilmaydi.

Guruhga shunday kimsalar kiritiladiki, ular bir-birlaridan fikrlash uslublarining noyobligi bilan farq qiladilar. Masalan, kimdadir mantiqiylik ustun, kimdir kreaktiv, kimdir tanqidchi va shunga o‘xshash.

Guruhda shunday ijodiylik ruhi bo‘lishi kerakki, har kim xoxlagan fikrini bemalol aytaveradi, u yoki bu fikr tanqid qilinishi mumkin, lekin uning egasi tanqid qilinmaydi. Bunday sharoitda o‘rtacha intellektual darajaga ega bo‘lgan shaxs ham shunday fikrlar izxor qila boshlaydiki, ular alohida qolgan paytida sira ham miyaga kelmagan bo‘lardi.

2.3 O‘quv motivlari va ularning psixologik xususiyatlari

Psixologiya fanida shaxsni aqliy, amaliy harakatga va xulq-atvorini amalga oshirishga undovchi, muayyan ehtiyojlarni qondirish bilan uzviy bog‘liq sababiyat motivlar deb ataladi. Ta’rifdan ko‘rinib turibdiki, ularning asosiy funksiyasi insonni harakatga, xulq-atvorni amalga oshirishga undovchi sabablar (omillar), ichki turtkilar vazifasini o‘tashdan iboratdir. Bu holatni o‘quv faoliyatiga ko‘chirish uchun quyidagi voqelikni izohlab berish ayni muddaodir: matematika darsi borayapdi deb tasavvur qilaylik, bu jarayonda barcha o‘smirlarning diqqati-e’tibori daftarga, berilgan topshiriqni bajarishga yo‘naltirilgan, unga to‘plangan va markazlashtirilgandir. Ularning barchasining maqsadi yagona, u ham bo‘lsa qo‘yilgan topshiriq (masala)ni yechishdir. Lekin maqsadning umumiy bo‘lishiga qaramay, ularda o‘quv faoliyatining motivlvri turli-tuman ko‘rinishga egadir, chunonchi:

1) “a’lochi” yoki “yaxshi” baho olish;

2) ota-onasini o‘zi erishgan yutuqlari bilan xursand qilish;

3) o‘qituvchining maqtoviga, tahsiniga sazovor bo‘lish;

4) qo‘yilgan topshiriq (masala) unda qiziqish uyg‘otganligi;

5) savodxon bo‘lish istagining mavjudligi;

6) o‘quv predmetining ijtimoiy va amaliy ahamitga molikligi;

7) kasbiy xislatlarni shakllantirishdagi o‘rni;

8) topshiriqni yechishga ra’yi yo‘q, lekin uni bajarishdan boshqa iloji yo‘qligi va boshqalar. Xuddi shunga o‘xshagan holatlar o‘quv predmeti materiallarini o‘zlashtirish faoliyatining har qaysisida uchrashi ehtimoldan xoli emas.

O‘qitish samaradorligini oshirishni bosh maqsad qilib qo‘ygan o‘qituvchi uchun o‘smirlarning o‘quv motivlariga nisbatan befarqlik hukm surishi aslo mumkin emas, chunki har qaysi saboq oluvchining his-tuyg‘usi, ichki ruhiy kechinmalari, xohish va istaklari to‘g‘risida muayyan o‘qish motivlari muammosini tadqiqot qilgan jahon psixologlari ularni ikki kategoriyaga yoki guruhga ajratib tekshirishni lozim topadilar.


Birinchi kategoriyaga taalluqli motivlar o‘quv faoliyatining mazmuni, mohiyati hamda uning jarayonlari, sharoitlari bilan bevosita uyg‘unlashgandir.

Ikkinchi kategoriyaga kiruvchi motivlar tizimi o‘smirlarning atrof-muhit bilan keng ko‘lamdagi o‘zaro munosabatlariga, ularning begona, o‘zga kishilar bilan muomalaga kirishish ehtiyojiga, ijtimoiy turmush voqeligiga nisbatan shaxsiy qarashiga bog‘liqdir.

O‘quv faoliyati mazmuni bilan uzviy bog‘liq motivlar tizimini shartli ravishda ikki guruhga ajratib,ularni ijobiy (musbat,pozitiv) va salbiy (manfiy,negativ) deb nomlash mumkin.Bunday atamalarni qo‘llashdan asosiy maqsad mahalliy an’ana,ijtimoiy tajriba (stereotipizatsiya darajasidagi ta’sirchan kuchli tashqi omil) ekstremal holat ta’sirida keskin ruhiy burilishlar yasashga qodir psixologik mexanizmlarni aniqlashdan iboratdir. Odatda salbiy(negativ) motivatsiya shunday vaziyatda vujudga kelishi mumkinki, qachonki o‘smir bilimlarni o‘zlashtirmaslik oqibati qanday ko‘ngilsiz holatlarga olib kelishini anglab yetsa (jazolanish, ota-onalar tanbehi, sinfdoshlar, e’tirozi, yomon baho olish, jamoa a’zolari orasida obro‘sizlanish va boshqalar) va ana shunga muvofiq sa’y-harakatlarni amalga oshirish. Salbiy motivatsiyaga ega bo‘lgan o‘smir yoki o‘quvchi kamroq musibatli ( mushkul ahvol) yo‘lni tanlab ta’lim jarayonida qatnashishda davom etadi. Bunday o‘qish motivatsiyasiga aloqador o‘smirlar va o‘quvchilar yuqori ko‘rsatkichlarga, muvaffaqiyatli o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘lmaydilar, chunki ishtiyoqsiz mashg‘ulotga, darsniga darsga qatnashish tuyg‘usi, bilim va o‘quv predmetiga nisbatan qiziqishi mavjud emasligi bunga ma’noviy to‘siq bo‘lib xizmat qiladi. Buning natijasida o‘zlashtirmovchi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi, sust o‘quvchilarning safi tobora kengayib boradi, bu narsa kundalik odatga aylana borsa, u stereotip darajasiga o‘sib o‘tishi mumkin. Mustaqil va muvaffaqiyatli o‘qish esa shaxsdan faol, qat’iy, ijodiy izlanishlarni taqozo qiladi va shunga o‘xshash talablarni o‘zlashtiruvchi oldiga qo‘yadi. Shaxsning mazkur holatlarga tayyor emasligi, undagi imkoniyatlarning cheklanganligi sababli o‘zlashtirmovchilar qatorini to‘ldirishga, bir sinfda yoki kursda ikki yil o‘qishga olib keladi, o‘sha qiyinchiliklar bilan o‘z sinfi, kursini tamomlaydi. Bunday toifadagi o‘smirlar o‘quv faoliyati motivatsiyasini qayta qurish evaziga ijobiy natijalarga erishishi mumkin.

o‘smirlarda o‘qishga nisbatan salbiy motivatsiya birdaniga vujudga kelmaydi, balki uni keltirib chiqaruvchi bir necha xususiyatli omillar ta’sir etishi ehtimol.Ma’lumki, birinchi sinf, kollej, akademik litsey o‘quvchilari, o‘ta kuchli xohish, qiziqish, yuksak ezgu niyatlar bilan sinfga va sinfga kiradilar. Ularning barchasida tevarak-atrof va ijtimoiy muhitda o‘z o‘rnini o‘quvchi sifatida egallash ehtiyoji mavjud bo‘lib, yangi vaziyatda muayyan faoliyatni amalga oshirish ishtiyog‘ini keltirib chiqaradi. Yangicha vaziyat, o‘ziga xos talab, qoidalar, munosabatlar muhitidagi xoh birinchi sinf o‘quvchisi, xoh o‘smir bo‘lishidan qat’i nazar ularning har qaysisi o‘qishga qiziqib, mas’uliyat sezib, vijdonan, ijobiy munosabatda bo‘ladi. Ammo ta’lim jarayonida o‘smirlarning ayrimlarida o‘qishga nisbatan ijobiy munosabat asta-sekin so‘na boshlaydi. Yangi muhit, ilm dargohlaridagi majburiyatlar, pozitsiyalar, qonun-qoidalar o‘z ahamiyati, nisbiy yangilik xususiyatini yo‘qota boradi, his-tuyg‘ularga serob, quvnoqlar davrasiday tasavvur etilgan sinf (sinf) g‘ayritabiiy ko‘rinish kasb etadi.

O‘qishga nisbatan saboq oluvchilar munosabatini aniqlashga harakat qilgan o‘qituvchi qanday o‘zgarishlar yuz berayotganini qayd qilish uchun ayrim mezonlarni ta’kidlay boshlaydi:


  1. xayolparishonlik vujudga keldi;

  2. vijdonan yondashish yo‘qoldi;

  1. boshqalardan ko‘chirib olishni odat qildi;

  1. yolg‘on so‘zlash va bahona qidirishga o‘rgandi;

  1. darslarni qoldiradigan bo‘lib qoldi;

ye)mustaqil topshiriqlarni bajarmay qo‘ydi va boshqalar.

O‘qituvchi yoki o‘qituvchilar jamoasi yuqorida taxmin qilingan o‘smirlar yoki o‘quvchilardagi salbiy o‘zgarishga nisbatan an’anaviy tartib-intizom metodlarini tatbiq qiladi:




  1. kundaliklarga ogohlantirish yozish;

  2. ota-onalarga bu to‘g‘risida ma’lumot berish;

  1. sinf rahbari,maktab rahbariyatiga xabar berish;

  1. darsdan keyin olib qolib qattiq uyaltirish;

  1. bilim dargohidan haydash masalasini qo‘yish

Bunday aniq voqelik har qanday maktab,kollej, akdemik litsey, oliy ta’lim tizimida yuz berib turadi. Bizningcha, jazo choralarini ko‘rishga shoshilishdan ko‘ra, mazkur “Muammoni keltirib chiqaruvchi omillar qaysilar?” , “Nega shunday hodisa yuz berdi?” degan savollarga javob qidirish odilona yondashishdir.

Jumladan, “O‘quvchilar va o‘smirlar xulq-atvoridagi o‘zgarishlarning qanday motivlari mavjud?”, “O‘qishga nisbatan o‘zgaruvchvn munosabatni yuzaga keltiruvchi sabablar nimalardan iborat?”, “Sinfda (sinfda) va undan tashqari u yoki bu xatti-harakatlarni amalga oshirishga undovchi omil qaysi?”

Yuqorida ta’kidlab o‘tilgan munosabat va xulq-atvor motivlarini chuqur va mukammal o‘rganmasdan turib, pedagogik ta’sir o‘tkazish chora va tadbirlarini qo‘llash mumkin emas, chunki motivni turtki sifatida namoyon qiluvchi ichki va tashqi ta’sirni aniqlamasdan, unga ilmiy yondashib bo‘lmaydi.Psixologiya fanida ikkinchi bir yo‘l bor ekanligi ta’kidlab o‘tiladi, lekin u biroz murakkabroq, shunga qaramasdan ko‘zlangan natijani berish imkoniyatiga ega. Odatda qattiqqo‘llik (qat’iy tartib-intizomlilik, talabchanlik), adolatsiz jazolash (qaysiki o‘qish motivi noaniq, o‘rganilmagan bo‘lsa) shaxsning psixikasiga zarar keltiradi, bilim olishga hech qanday yordam ko‘rsatmaydi. qattiqqo‘llik, hattoki qat’iyatlilik eng muhim fazilat bo‘lib hisoblanadi, agarda shaxsdagi u yoki bu xususiyatli xulq-atvor turtkisi, yaqqol vaziyat sabablari chuqur tahil qilinsa, asoslansa. Sinf yoki sinfdagi mashg‘ulotlar, ya’ni bilimlar, ko‘nikma va malakalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan bo‘lsa, lekin ular “o‘rtamiyona” shaxsga mo‘ljallansa, u taqdirda bir necha xususiyatli psixologik holatlarni yoki sub’ektiv kechinmalarni keltirib chiqaradi. Oqibat natijada iqtidorli, yaxshi o‘zlashtiruvchi, uquvchan o‘quvchi va o‘smirlarda o‘qishga nisbatan qiziqish sovushiga, ular kutgan ma’lumot ko‘lami, uzatilish sur’ati qoniqish hissini asta-sekin yo‘qolishiga olib kelishi mumkin. Ma’lumotlarning ilmiy yangiligi sayozligi, ta’lim metodining bir xilligi, mustaqil mashg‘ulotlar o‘tkazilishi bir uslubda olib borilishi saboq oluvchilarda intilish hissini pasaytiradi, kutilayotgan ilmiy axborot qoniqtirmaydi. Oradan muayyan vaqt o‘tishi bilan mashg‘ulotlardan qiziqroq, ilmiyroq ma’lumotlar kutish turadi: o‘qituvchi o‘zlashtirmovchiga ishonch bildiradi, oqibat natijada uni o‘zini o‘zi sinashga turtki beruvchi nozik mexanizmni topishga da’vat etadi, o‘z vaqtida arzimas yutuq uchun qo‘llab-quvvatlanish muvaffaqiyat garoviga aylanadi. Bunga qo‘shimcha ta’sir etuvchi turtki sifatida emas, balki u boshqa motiv doirasida o‘sadi, o‘zaro ta’sir ostida salbiy o‘qish motivatsiyasi o‘quvchi (o‘smir)ga sinf (kurs) jamoasi orasida ijobiy, ijtimoiy-jamoat fikrini uyg‘otish yuksak ko‘rsatkichlarni keltirib chiqaradi.

O‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish tartibsiz, rejasiz amalga oshirilishi mumkin emas, shu boisdan ushbu jarayonni boshqarishni o‘quv yilining dastlabki daqiqalaridan rivojlantirish lozim, chunki shaxs ulg‘aygan sari uning o‘quv faoliyati motivlari ham o‘zgarib boradi.

Hozirgi zamon psixologiya fani bilimlarni nisbatan ichki ehtiyojga katta ahamiyat beradi va bu bilan xulq-atvorini birmuncha boshqarish imkoniyati mavjud ekanligini ta’kidlaydi. Shuning bilan birga o‘quvchi (o‘smir)da barqaror bilishga qiziqishni shakllantirish muammosiga alohida e’tibor qilinadi. Darhaqiqat barqaror bilishga qiziqishlar qo‘zg‘atuvchi turtki (kuch) sifatida o‘quv motivlarini vujudga keltiradi, muvaffaqiyatli o‘zlashtirishni ta’minlaashga xizmat qiladi. O‘quvchi yoki o‘smirda bilimlarning muayyan sohasiga, u yoki bu faoliyat turiga qiziqishning tug‘ilishi ko‘p jihatdan shaxsni qay tariqa shakllanish imkoniyatini belgilaydi.

Ana shu boisdan o‘qituvchi o‘z o‘quv faniga nisbatan o‘quvchi va o‘smirlarda qiziqishni o‘stirish tarafdori bo‘lishi shart, chunki xuddi shuning negizida o‘quv materiali va o‘quv dasturini yuksak darajada o‘zlashtirish muammosi yotadi. Shuni alohida ta’kidlash lozimki, bilishga qiziqish alohidalik emas, balki u boshqa motiv doirasida o‘sadi, o‘zaro ta’sir etadi, ular bilan uzviy bog‘lanib ketadi.

Ma’lumki, o‘quvchi (o‘smir) bilim dargohida ilm olishdan tashqari tengdoshlari jamoasi ichiga kirib boradi va hayotida qatnashadi, shu boisdan unda o‘z o‘rtoqlari, o‘qituvchilarga nisbatan muayyan munosabat shakli vujudga keladi. Uning o‘quv faoliyatiga undovchi motivlari bilan bir qatorda boshqacha xususiyatli xulq-atvor motivlari ham mavjuddir, jumladan ijtimoiy motiv jamoa bilan bo‘lish istagini anglatib, uning hayotida ishtirok etish xohishini o‘zida aks ettiradi.

O‘quvchi va o‘smirlar o‘quv faoliyatining ijtimoiy motivlari ularning boshqa odamlar bilan muomalaga kirishish ehtiyoji bilan uzviy bog‘liq bo‘lib, ularni baholash, quvvatlash, tengdoshlari jamoasida muayyan joy egallash singari talablarda o‘z aksini topadi. Mazkur motivlaar o‘quv faoliyatining mohiyati bilan bog‘liq bo‘lmay, balki unga yondosh yordamchi faktorlarni anglatadi. Ammo ushbu motivlar o‘quvchi va o‘smir o‘qishiga jiddiy turtki vazifasini bajaradi.

Ijtimoiy motivlarni tahlil qilishda davom etsak, ular bevosita jamoa burchi, qarindoshlar va yaqin kishilar oldidagi burch, o‘qishni umuminsoniy madaniyat, qadriyat, ma’naviyatni egallash tasavvuri bilan bog‘liq vosita, ushbu vosita odamlarga foydali shaxs tariqasida namoyon bo‘lish, o‘z imkoniyatini ro‘yobga chiqarish, ezgu niyatini ushatishga intilish funksiyasini bajarishi mumkin. Turtki, undovchi usul vazifasini bajaruvchi qo‘zg‘atuvchi yosh xususiyatlari davriga qarab, u yoki bu darajada aks etadi, ammo ular har doim ham anglashilgan shaklga ega emas, shuning uchun ifodalanish darajasi nursizdir. O‘smirlik va o‘spirinlik davrlarida ijtimoiy motivlar anglashinilgan ahamiyat kasb etuvchi bosqichga o‘sib o‘tadi. Bunday motivatsiyani har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, rag‘batlantirish bilan birga va bir davrning o‘zida bilishga qiziqishiga aloqador boshqa o‘quv faoliyati motivlarini shakllantirish lozim.

Ijtimoiy motivlar o‘quvchi va o‘smirlarning tor ma’nodagi shaxsiy intilishlari bilan ham aloqador bo‘lishi mumkin, jumladan, ularda o‘qishga nisbatan qiziqish yo‘q bo‘lsa-da, lekin barcha topshiriqlarni yuksak darajada bajaradi, chunki o‘qituvchi ularning “a’lo” baholashi, sinf yoki kurs peshqadami qilib tayinlashi, hech qanday shubha bilan qaramasligi ehtimol. O‘quv jarayoni bunday xususiyatli odamlarga shaxsiy muvaffaqiyat yoki yutuqqa erishishning, nufuz (obro‘-e’tibor)ning, yalovbardorlikning birdan-bir yo‘li deb tasavvur qilinadi. Bunday yo‘lni tanlash vijdonga xilof xatti-harakatlarga olib boradi, shaxsni shakllanish jarayoniga salbiy ta’sir etadi. Shu boisdan ijtimoiy deb qabul qilingan motivlar jamoa ehtiyojini qamrab oladi, goho ular shaxsiyatparastlik, tor saviyali shaxs xususiyatini mujassamlashtiradi.

Ularning hayotida o‘z tengdoshlari va do‘stlari bilan muomalaga kirishish, do‘stlikka sodiqlik, bergan va’dasi (so‘zi)ni uddasidan chiqish, hamkor bo‘lish ehtiyoji muhim o‘rin egallaydi. O‘qituvchi mashg‘ulotlarda o‘quv faoliyatining zarur motivatsiyasini shakllantirsa, ularning mavjud ehtiyojlariga tayanib ish tutsa, o‘quvchida bilishga qiziqish barqarorlashadi.Majbur qilish yo‘li bilan o‘qishga ijobiy munosabatni vujudga keltirib bo‘lmaydi. Shuning uchun ularning oldiga o‘ta ahamiyatli, keng ko‘lamli maqsad qo‘yish, unga erishish yo‘llarini bosqichma-bosqich tushuntirish orqali intilishga turtkini yuzaga keltirsa bo‘ladi.

O‘smirlar xatti-harakatining yetakchi motivi ularni o‘z tengdoshlari jamoasida muhim joy egallash ehtiyoji hisoblanib, ular bilan muomala qilish ham alohida ahamiyat kasb etadi. Agarda kichik maktab o‘quvchisi sinfda o‘zini qisilganday noxush his qilsa ham bunday holatga ko‘nikib ketadi, ammo o‘smir xoh xulq-atvor qoidalariga rioya qilib, goho unga zid bo‘lgan vositalar yordamida o‘z ehtiyojini qondirishga qaror qiladi.

Ijtimoiy turmush va faoliyatning ko‘rsatishiga qaraganda, har qaysi shaxsda o‘z qadr-qiymatini his etish tuyg‘usini shakllantirish maqsadga muvofiq. Shuni unitmaslik lozimki, butun diqqat-e’tiborni o‘quvchi va o‘smirlar nuqsonlariga qaratish, kuchsiz, bo‘sh zvenolarini tanqid qilish va shu orqali ularni qayta tarbiyalashga bag‘ishlamog‘i lozim. Ularga nisbatan o‘qituvchining gumanistik munosabati va pedagogik odobi (takti) muhim ahamiyat kasb etadi, shuning bilan birga o‘z xatti-harakati natijasini oldindan ko‘ra bilish ko‘nikmasi bu borada muhim turtki vazifasini bajaradi. Pedagogik odob qoidalari va muomala qilish, ta’sir o‘tkazish mexanizmlariga rioya qilish shaxslararo munosabatni barqarorlashtiradi.

Shaxsning barcha psixologik jarayonlari, xususiyatlari, holatlari, hodisalari, xossalari, asosan faoliyat doirasida yuzaga keladi (bu yerda ongsizlik, ostonglilik holatlari istisno tariqasida olib qaralmoqda). Xuddi mana shu sababdan shaxsning ijtimoiylashuvi, uning xususiyati va fazilatlarini shakllantirish hamda rivojlantirishni ta’minlash o‘quv faoliyati zimmasiga tushadi. Ammo har qanday o‘quv faoliyati ham ularni rivojlantirish imkoniyatiga ega emas, agarda u shaxsga shug‘ullanish xohishi va undan qoniqish tuyg‘usini vujudga keltirsa bunday faoliyat rivojlantiruvchi funksiyani bajargan bo‘ladi.

Bilim oluvchi o‘quvchi yoki o‘smir o‘quv faoliyatiga nisbatan qiziqish his qilsa,bu borada shaxs o‘quv materialni egallashga muayyan yutuqqa erishsa, bunday faoliyat bilan shug‘ullanish istagi tug‘iladi. Mabodo o‘quv faoliyatiga nisbatan qiziqish takomillashib, turg‘unlashib borsa, u taqdirda motivga, keyinchalik motivatsiyaga o‘sib o‘tadi, aksincha u butunlay yo‘qolib, susayib ketishi mumkin. O‘qishga nisbatan ijobiy motiv, motivatsiyani vujudga kelishi, barqarorlashuvi o‘quvchi va o‘smirlar tomonidan fan asoslarini o‘zlashtirish muvaffaqiyati, shaxsni shakllantirish garovidir.

Shuning uchun qiziqish, shaxsning xatti-harakati ichki regulyatsiyasi funksiyasini bajarib, ehtiyojni qondirish, xohish-istak, ezgu niyat, orzu tilakni amaliyotda ro‘yobga chiqarishning bosh omili bo‘lib hisoblanadi. O‘smirlar o‘quv faoliyatini shaklantirish va rivojlantirishning o‘ziga xos xususiyatlariularning fanlarga nisbatan va uquv faoliyatiga nisbatan munosabatlari kuyidagi jadvalda ko‘rish mumkin.O‘smir o‘quv faoliyatiga yo‘naltiruvchi sabab yoki motivlar faqat bilimlarni o‘zlashtirish, o‘quv ko‘nikmalari va malakalarini egallash bilan cheklanib qolmasdan, balki shaxsni xulq-atvori, ya’ni shaxsga oid xususiyatlarning namoyon bo‘lishini ham izohlashga xizmat qiladi.


XIX asrning 60 yillarida o‘smir davri pedagogik psixologiyasi to‘la ravishda prinsiplari ishlab chiqilishi ilmiy yo‘lga qo‘yildi. Komil insonni shakllantirish uchun manna shu davrda o‘smir yoshida bolani kompleks o‘rganishni ilmiylashtirildi.

Bolani to‘laqonli rivojlantirishga katta o‘rg‘u berildi. Aqlan bu ishni bajarishda pedagogika yoki psixologiya emas, boshqa fanlarning roli ham qamrab olindi.

O‘smirlik yoshi rivojlanishida 3 ta fanga tayanadi:

1.Psixologiya

2.Fiziologiya

3.Logika

Bular quyidagi fanlar o‘rtasida bog‘lanib o‘rganiladi ya’ni meditsina va didaktikaning roli beqiyosdir. Ilmiy tafakkurni shakllantirish uchun katta maktab yoshi o‘quvchilari o‘quv faoliyatining harakteri va mazmuni, ularning tabiat va jamiyat to‘g‘risidagi bilimlarini sintez qiluvchi o‘quv predmetlarining mavjud bo‘lishi muhim ahamiyatga egadir. Birok, shuni ham ta’kidlab o‘tish muhimki, bilimlarning sistemaliligi va umumlashtirilganligi, nazariy bilimlarga bo‘lgan qiziqish, tushunib tafakkur qilish qobiliyatini rivojlanib borishi, o‘quvchilarning bilish soxasidagi faolligi – bular dunyoqarashni rivojlantirish shartlaridandir. Lekin o‘z-o‘zini anglash teranligi va harakteri o‘zgarib boradi. Bunda barcha narsalarni mustaqil baholashga bo‘lgan intilish keskin ortib ketishiga e’tibor berish kerak. Yana shu narsaga e’tibor berish muhimki, yuqori sinf o‘quvchisining narsa va xodisalarga beradigan bahosi hamda o‘ziga o‘zi beradigan baholar ham har doim ham bir xil bo‘lavermaydi. Bu yerda o‘ziga o‘zi beradigan noadekvat baholarning oshirilgan yoki pasaytirib quyilgan baholarning qaysi biri xavflirok ekanligi to‘g‘risida umuman xech narsa deb bo‘lmaydi. Bu rivojlanib borayotgan shaxsga berilgan umumiy harakteristika hisobga olingandagina to‘g‘ri belgilanishi mumkin. Shuni ham ta’kidlab o‘tish kerakki, bola o‘z-o‘ziga ziddiyatli baho bergan kezlari unga har-xil pedagogik ta’sir choralari qo‘llanishi zarur. Bunday ta’sir choralari bolaning izzat-nafsiga tegmaydigan va uzoq muddat davom etadigan bo‘lishi kerak.

O‘smir yoshidagi o‘quvchilar nazariy tafakkurining shakllanishida o‘qituvchining keng qamrovli bilimga ega bo‘lishi katta ahamiyatga ega. Bu o‘z navbatida o‘quvchilarning fanga qiziqishi ortishini kuchaytiradi, fan bo‘yicha tugarak va fakultativ mashg‘ulotlarga qatnashish istagini paydo qiladi. Shuningdek, o‘quvchining mustaqil fikrlashini rivojlantirishda, o‘qituvchilar, sinf raxbarlarining siymolari muhim rol o‘ynaydi. O‘qituvchilar o‘smirlarda o‘rganilayotgan narsa va xodisalarning ob’ektivligi, xaqqoniyligi, to‘g‘riligiga ishonch hosil qilishlari, ulardan qanoatlanishlari va ularni isbotlashga o‘rgatib borishlari zarur. Ikkinchidan, fan o‘qituvchilari o‘z o‘quvchilarini narsa va xodisalar to‘g‘rsida original fikr yuritishga yullashlari kerak. Uchinchidan, o‘quvchilarning mashg‘ulotlarda qo‘llanaverib, ma’naviy eskirgan bir qolipdagi so‘zlardan, iboralardan foydalanishlariga yo‘l qo‘ymasliklari kerak. To‘rtinchidan, fan o‘qituvchilari o‘smir yigit va qizlarga bilimlarini amaliyotga tadbiq qilishni o‘rgatishlari shart, buning uchun ularda amaliy malakalarni shakllantirishga harakat qilishlari lozim.

o‘smir yoshidagi o‘quvchilarning o‘quv rejasida ko‘zda tutilgan o‘quv fanlariga tanlab munosabatda bo‘lish xususiyatlari ularning kelgusi hayot yo‘llarini qay darajada aniq tanlab olgan bo‘lishlariga bog‘liq, ya’ni kasb-hunar kollejidan keyin qaysi yo‘nalish bo‘yicha, ta’limning qaysi shaklida davom ettirish yoki ishlab chiqarishning qaysi soxasida ishlashni afzal ko‘rishlari bilan belgilanadi.

Aql tanqidiyligi o‘smir umumiy rivojiga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. O‘rganilayotgan xodisa to‘g‘risida xukm va xulosa chiqarish, tasdiqlash yoki inkor qilish qobiliyatini rivojlantiradi.

O‘smir tafakkuri sifatini uning mazmundorligi, chuqurligi, kengligi, mustaqilligi, samaradorligi, tezligi tashkil qiladi.

O‘smir qobiliyati, layoqati va iste’dodi ta’lim jarayonida, mehnat faoliyatida rivojlanadi. Uning qanchalik iste’dodli ekanligini aniqlash uchun ziyrakligi, jiddiy sinovga shayligi, mehnatga moyilligi, intilishi, psixik tayyorgarligi, mantiqiy fikrashning tezligi, izchilligi, samaradorligiga e’tibor berish kerak.

O‘smir biror xodisani asoslagan, isbotlagan paytlarida uning muhim xususiyatlariga, birlamchi jihatlariga sinchkovlik bilan qaray boshlaydilar. Darsliklarni o‘qigan va o‘qituvchilardan eshitgan axborotlar,xabarlar va ma’lumotlarga ishonish va ulardan qanoat hosil qilish uchun faol harakat qiladilar. Tafakkurni oqilona yullar bilan o‘stirish uchun favqulodda holatlarda o‘quvchining mazkur xususiyatini yomonlamay, balki uning kichik bo‘lsada yutug‘ini rag‘batlantirish kerak.

Hozirgi davrda intellekt omili ta’lim jarayonining muhim omiliga aylanib borayotganligi o‘qishga munosabatning ijobiy xususiyat kasb etishini ta’minlashni taqozo qilmoqda. Kelajakdagi ijtimoiy taraqqiyotni harakatga keltiruvchi omil - bu o‘qimishli, savodxon, iqtidorli, aqlan barkamol yoshlarni shakllantirishdir. O‘quvchi yoshlarning o‘qishga munosabati ularning qiziqishlarida, motiv va motivatsiyalarida o‘z ifodasini topgan bo‘ladi. Ana shu boisdan o‘quv motivlari va motivatsiyalarini tadqiqot qilish bo‘lganligi uchun dolzarb muammoga aylanib qoldi.

Ta’lim tizimini yuksak darajaga ko‘tarish uchun o‘quvchilarda anglanilgan, yuqori ko‘rsatkichli, indikator xususiyatli o‘quv motivini shakllantirish davr talabi. Ma’lumki, faoliyat va xulq-atvor motivsiz, motivatsiyasiz faollikka, muayyan yo‘nalishga, o‘ziga xos mahsuldorlikka, muvaffaqiyatga ega bo‘lmaydi. Shuning uchun turli yoshdagi saboq oluvchilarni motiv, motivatsiya mohiyati bilan tanishtirish mutaxassislarning kasbiy tayyorgarligini zaruriy sharti hisoblanadi.. Bizningcha, o‘quv faoliyatining faolligi, ijodiyligi, nostandartligi, samaradorligi, bilimlarning puxtaligi, mantiqiyligi, izchilligi o‘smirlarning motiv va motivatsiya bilan qurollanganligiga bog‘liq, ular qanchalik anglanilgan, maqsadga yo‘naltirilgan bo‘lsa, mazkur faoliyat shunchalik muvaffaqiyatli amalga oshadi, ularni tatbiq etish osonroq kechadi. Shaxsning faoliyati, xatti-harakati, xulq-atvori muvaffaqiyati ko‘p jihatdan yo‘naltirilganligiga bog‘liq. O‘quv faoliyatini samarali bo‘lishi ta’minlash uchun psixotreninglardan foydalanish maqsadga muvofiq.

Jahon psixologiyasining oxirgi yutuqlariga asoslangan holda yana shunday mulohaza va fikrlarni tahlil qilish mumkin. O‘quv faoliyati o‘smir o‘quv faoliyatining har xil tomonlariga (jabhalariga) yo‘nalganligidir. Jumladan, uning faolligini o‘rganish ob’ektini ishlashiga qaratilgan bo‘lsa, bunday holda shaxsdagi turli-tuman xususiyatli bilish (kognitiv) motivlari haqida mulohaza yuritish maqsadga muvofiq.

Agar o‘quvchining(o‘smir) faolligi ta’lim jarayonida boshqa odamlar bilan munosabatga kirishishga qaratilgan bo‘lsa, bu har xil xususiyatli ijtimoiy motivlarni bildiradi. Yuqoridagi mulohazalarga mutanosib tarzda o‘quv motivlari ikkita katta guruhga ajratiladi:

O‘quv faoliyatining mazmuni va bajarilishi bilan bog‘liq motivlar.

O‘quvchilarning boshqa shaxslar bilan amalga oshadigan har xil ijtimoiy o‘zaro aloqalari bilan bog‘liq bo‘lgan ijtimoiy motivlar.

Bilishga intilish o‘z navbatida bir necha turlarga bo‘linadi:

a) keng ko‘lamli bilish motivlari – bu o‘smir yoki o‘quvchi yangi bilimlarni o‘zlashtirishga qaratilgan ijtimoiy munosabatlarda aks etadi;

b) o‘quv motivlari bilimlarni o‘zlashtirish usullariga nisbatan qiziqish, faollik, omilkorlik bilan shaxsiy faoliyatini tashkil qilishda mujassamlashadi; v) mustaqil o‘rganish motivlari – bu bilimlarni egallash usullarini izlashda, mustaqillikka intilishda, o‘zini o‘zi takomillashtirishda uchraydi.

. Ijtimoiy psixologik sabablar ham o‘z navbatida bir nechta turkumlarga bo‘linadi:

a) keng ijtimoiy sabablar – bu keyinchalik vatanga, jamiatga va boshqa insonlarga foyda keltirish uchun bilim olishdan iborat bo‘lib, intilish jamiyat uchun o‘z burchini bajarishga nisbatan xatti-harakatlar majmuasidir;

b) tor ijtimoiy yoki pozitsion sabablar – u jamiyatda o‘zining alohida pozitsiyasini egallashda, o‘z mavqeini tiklashga intilish yig‘indisidir.

O‘quvchilar bilan ta’lim va tarbiya jarayonini tashkil qilishda eng muhim talablar quyidagilardan iboratdir: barcha ta’lim va tarbiya tizimini yo‘lga qo‘yish uchun uning sub’ektlarda zaruriy motivatsiyani shakllantirish lozim. Shu narsani alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har qanday tashqi ta’sir yoki har qanday tarbiyaviy ta’sir, qachonki o‘smirlarning ehtiyojlari bilan mos kelsa, ana shu shundagina kutilmagan natijani yoki yuksak samarani kutish mumkin.

S.L. Rubinshteyn bu psixologik qonunni mana bunday tarzda obrazli ifodalaydi. O‘quvchilarning haqiqiy ishga tortish uchun shunday qilish kerakki, o‘quv faoliyati oldiga qo‘yiladigan masalalar nafaqat tushunarli, balki ichdan qabul qilingan (ya’ni o‘ziniki) bo‘lishi kerak. Natijada bu muammo shaxs uchun ahamiyatli bo‘lib qoladi, u masalani yechishda nafaqat aqliy jihatdan, balki emotsional jihatdan ham harakat qiladi. Bu bildirilgan mulohazalar faqatgina o‘quv muammolariga taalluqli bo‘lmasdan, balki o‘smirlar yoki o‘quvchilar oldiga qo‘yiladigan har qanday topshiriqlarga bog‘liqdir.




  1. A. Suxomlinskiy yuqoridagi qonuniyatni yanada obrazli qilib ifodalab shunday yozadi: “. . . ko‘pgina o‘qituvchilar tarbiyalanmaganlarni tarbiyalashga harakat qiladilar. Tarbiya esa, eng avvalo, odamda tarbiyalanishga nisbatan qobiliyatni hosil qilishga qaratilgan bo‘ladi . . .”. Ushbu mulohazalar negizida boy amaliy tajriba yotishi turgan gap, chunki shaxslararo bir-birlariga ta’sir o‘tkazish uchun u yoki bu shaxsda ta’sirga beriluvchanlik hamda uni anglash tuyg‘usi mavjud bo‘lishi lozim, aks holda

  2. uning samaradorligi juda quyi, past darajada aks etishi mumkin. O‘smirlar bilimi xayot tajribalari bilan boglangan bo‘lishi lozim. Fan asoslarini xayot bilan, mustakil rivojlanish amaliyoti bilan mustaxkam boglab o‘rganish, uni ishlab chikish mexnati bilan ko‘shib olib borish talab etiladi. Shundagina ular bilimlarini oshishi va boyishi uchun, shaxsning tarkib topishi uchun katta imkoniyatlar vujudga keladi.

Ma’lumki psixologlar psixik tarakkiyotning biologik va ijtimoiy munosabatlari muammosi bilan shugullanish jarayonida psixikaning 4 darajasi asosida shaxsning intelektual rivojlanishini ta’kidlaganlar

a) motor reaksiyasining o‘sishi,

b) perseptiv xarakatning o‘sishi,

v) shaxsiy ijtimoiy xarakatning o‘sishi,

g) intellektual sodda xatti- xarakatlarning o‘sishi mavjud ekanligini asoslagan.

A.N.Leontev ta’kidlashicha chuqur tahlil qilish predmeti moslashganlik va o‘zlashtirisho‘ziga xos psixologik xarakterni kasb etib u shaxs bilish faoligiga ta’siri muximdir. . O‘zlashtirish insonning xususiyatlarining tarixiy shakllanganidir. Ijtimoiy malakani o‘zlashtirish jarayoni bola faoliyatida vujudga keladi. Bolani amaliy faoliyatda, atrofdagi odamlar bilan nutqiy muloqatida bilinadi. O‘zlashtirish faoliyatining maxsus tashkillashgan effektiv o‘qish deb nomlanadi. Bu jarayonda bolaga ko‘nikma va malakalar singdiriladi.




  1. K.Krujkaya (1869-1939) o‘smirlar rivojlanishini o‘rganar ekan , u. o‘smir shaxsi shakllanishini qiyin dialektik jarayon sifatida qaradi. Uning ta’kidlashicha, ta’lim tarbiyani to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilganligi, shunday o‘quv jarayon tashkilotlariga asoslanganki, unda ta’lim oluvchilar nafaqat bilimlar bilan boyitiladi, balki intellektual aqliy rivojini ham oshiradi. o‘smirda qiziqishlar, ehtiyojlar shaxsning o‘ziga xos xususiyatlari kabi shakllangan bo‘lib, u odamlarga foyda keltirishi kerak. N.K.Krujkaya shaxsni umumlashtirilgan jarayon mahsuli sifatida qarab, asosiy e’tiborni ijtimoiy omilga qaratadi. U o‘smir psixikasini paydo bo‘lishini kuzatishning ob’ektiv bo‘lishini ta’kidlaydi. Bolaning rivojlanishini har tomonlama qarash tizimida o‘smirlar tegishli shakllanishdagi qobiliyatli va qobiliyatsizlarni foizlarga ajratadi.

O‘smirlik davrining psixologik va fiziologik xususiyatlari

Bizning murakkab, shiddat bilan o‘zgaradigan davrda insonga katta bir kuch kerak. U yangi ijtimoiy-ijodiy sharoitlarda o‘zining o‘rnini topishi, ma’naviy boyliklar ko‘zga tashlanmayotgan bir paytda o‘zining unikal xayotining ma’nosini aniqlash, eski ideallar singan paytda depressiv tendensiyalar o‘z domiga tortib olishiga yo‘l qo‘ymay, o‘zida ishonch, intilish, xayot xursandchiliklarini saqlab qolishi zarur. Agar bunday ichki kuch yetishmasachi? U xolda apatiyaga, kasallikka chalinishi muqarrar.

O‘smirlik yoshining klassik tadqiqotiga nazar solsak, unda turli xil nazariyalar, farazlar va fundamental izlanishlar borligining guvoxi bo‘lamiz. O‘smirlik yoshiga xos yorqin Psixologik konsepsiyalardan biri XX asrning boshlarida L.S.Vigotskiy (1930) tomonidan yaratilgan madaniy-tarixiy nazariya bo‘lib, unda mazkur yosh simptomatikasi, o‘smir psixologiyasidagi barqaror va tarixiy o‘zgaruvchanlik, uning fenomenlariga oid ilmiy konsepsiyalarning interpretatsiyasi berilgan. L.S.Vыgotskiy ta’lim va taraqqiyotning o‘zaro masalasini ko‘rib chiqdi. Bunda u quyidagi vaziyatni keltirib chiqardi. Bolaga psixik hayotidagi qiyin shakllar muloqot jarayonida shakllanadi, demak muloqot nisbatan tizimlashtirilgan shaklda – o‘qitishda rivojlanishni shakllantiradi, yangi psixik ma’lumotlarni vujudga keltiradi, oliy psixik funksiya takomillashtiriladi. Ta’lim psixikaning shakllanishida muhim rol egallab, uning shakllari esa rivojlanish jarayonida o‘zgaradi.

Olim shuni ko‘rsatib o‘tadiki, har qanday ta’lim ham effektiv bo‘lavermaydi. Qaysiki taraqqiyotdan ilgarilab va o‘zining orqasidan ergashtira olsagina, effektiv samara beradi. Rivojlanayotgan ta’lim nafaqat mustaqil faoliyat jarayonida, aktual rivojlanish sohasi, bolaning o‘zi kiradigan balki, u kattalar bilan hamkorlikni yaqin rivojlanish sohasini hisobga olgan L.S.Vыgotskiyning bu fikri hozirgi kundagi bolaning aqliy rivojlanishini mukammmallashtirishga intilayotgan o‘qituvchilar uchun katta ahamiyatga ega.

S.Xoll (1940) o‘zining rekapitulyatsiya nazariyasida o‘smirlik yoshi insoniyat rivojlanish tarixining romantik epoxasiga to‘g‘ri kelib, bolalik bilan kattalik orasidagi bosqich ekanligini ta’kidlaydi. U o‘smirning xarakterida paradoksallik va ambivalentlik xolatlarini izoxlab, ularning faoliyatlarida o‘ta faollik xukmronlik qilishiga e’tiborni qaratib, ularda shodlik o‘rnini qayg‘u, o‘ziga ishonchni tortinchoqlik, xudbinlikni altruizm, ma’naviy intiluvchanlikni past qo‘zg‘aluvchanlik, muloqotmandlik istagini pismiqlik tezkor o‘rin almashishi bilan ifodalanishini o‘zini o‘zi anglash krizisi bilan bog‘laydi. Ya’ni, uni yengib o‘tish «individuallikni xis etish»ga sabab bo‘lishini isbotlaydi. O‘smirlik davrining yirik tadqiqotchilaridan yana biri nemis faylasufi va psixologi E.Shpranger (1924) o‘smirlik yoshi qizlarda 14-21 va o‘g‘il bolalarda 13-9 o‘smirlik davridagacha davom etib, uning birinchi bosqichi 14-17 o‘smirlik davridaga to‘g‘ri kelib, bu yoshda bolalikdan qutulish sodir bo‘lishini izoxladi. U o‘zining o‘smirlik yoshining madaniy-psixologik konsepsiyasida rivojlanishning uch tipi mavjudligini ajratadi.

Birinchi tip-keskin, krizisli, shiddatli kechadi va o‘smir o‘zining ikkinchi tug‘ilishini xis etadi, oqibatda yangi «Men» vujudga keladi.

Ikkinchi tip-o‘smirning kattalik xayotida bosiqlik, sokinlik, uzluksizlik sezilib, uning shaxsiyatida chuqur va jiddiy o‘zgarish-lar ro‘y bermaydi.

Uchinchi tip-bu rivolanish jarayonining shunday bosqichiki, o‘smir o‘z ichki kechinmalari va krizislarini matonat bilan yengib, o‘zini faol anglagan xolda shakllantiradi hamda tarbiyalaydi. Shunday qilib, E.Shpranger mazkur yoshning tashkil etuvchilari o‘z individualligini anglash, refleksiyaning vujudga kelishi, «Men»ning ochilishi ekanligini isbotlab, o‘smirning dunyoqarashlarini, qadriyatlarini, o‘zini o‘zi anglashini o‘rganishning sistematik tadqiqotiga asos soldi.

O‘smirlik yoshini pubertat davr deb atagan Sh.Byuler o‘z ishlarida ushbu davrning biologik moxiyati ochib berilgan. Pubertat davr,-bu biologik o‘sish davri bo‘lib, jinsiy yetilish o‘z nixoyasiga yetadi ammo jismoniy rivojlanish davom etadi. U pubertat davrdan oldingi bosqichni insonning bolalik, ushbu davrning tugashini o‘smirlik deb ataydi. Sh.Byuler pubertat davrni ikkiga: psixik va jismoniy davrlarga ajratadi. O‘smirning yetilishiga ta’sir etuvchi tashqi va ichki qo‘zg‘atuvchilar undagi o‘zidan o‘zi qoniqishi va xotirjamligini izdan chiqarib, uni o‘zga jinsni qidirishga undaydi. Biologik yetilish uni izlanuvchan qilib qo‘yadi va uning «Men»ida «U» bilan uchrashish istagi tug‘iladi. Ya’ni Sh.Byuler psixik pubertatlikni tanadan farqlashga xarakat qiladi. Uning fikricha, jismoniy yetilish o‘g‘il bolalarda o‘rtacha 14-16 yosh, qiz bolalarda 13-15 o‘smirlik davridaga to‘g‘ri keladi. Albatta, bunday farqlashlarda shaxar va qishloq, aloxida mamlakatlar va xatto iqlimning ta’siri xisobga olinadi. Pubertatlikning quyi chegarasi 10-11 yosh, yuqori chegarasi 18 yosh bo‘lishi kerak. Ushbu davrning negativ xususiyatlari sifatida o‘smirning urishqoqligi, injiqligini ifodalovchi jismoniy va ruxiy toliqish, notinch, oson qo‘zg‘aluvchi xolat, yuqori sezuvchanlik hamda qo‘zg‘aluvchanlikni ko‘rsatadi. O‘smirlarning o‘zlaridan qoniqmasliklari asta atrofdagilaridan ham qoniqmasliklariga sabab bo‘lib, boshqacha tus intilishlari bilan uyg‘unlashadi va turli salbiy fikrlar shakllanishiga olib keladi. Ya’ni, o‘smirlarda «sust melanxoliya» va «tajovuzkor ximoya» shakllanadi. Mazkur davrning ijobiy xususiyatlaridan biri tarzida qandaydir go‘zallikning anglangan kechinmalarini, muxabbat tuyg‘usini misol qilib keltiradi. Demak, Sh.Byulerning ilmiy urinishlari pubertat yoshni organik yetilish bilan psixik rivojlanishning uyg‘unlikda kechishini ko‘rsatishga qaratilgandir. Sh.Byulerning izlanishlariga tayangan G.Getser pubertat davr salbiy bosqichining 13-16 o‘smirlik davridai oralig‘ida o‘y-xayollarga berilish, yaqin do‘stga extiyoj sezish va «do‘stni ishlash»ga urinishda ijobiy bosqichga o‘sib o‘tishini ta’kidlaydi.

E.Shprangerning izdoshlaridan biri V.Shtern o‘smirlik yoshini shaxs shakllanishining asosiy bosqichlaridan biri deb qaraydi. V.Shtern «Do‘stingni ko‘rsatsang, kimligingni aytama» degan naqlga «Xayotingdagi eng qimmatli kechinmangni ayt, men sening kimligingni aytaman» degan ma’no berib, uni izoxlashga xarakat qiladi. Chunki o‘smir xayotining mazmunini tashkil etuvchi kechinmalar ta’sirida uning shaxsi shakllanadi. qimmatga ega kechinmalar esa uning shaxsini tiplarga ajratishga yordam beradi. Shu tariqa V.Shtern oltita tipni ajratadi:

a) nazariy tip-shaxsning barcha intilishlari borliqni anglashga qaratiladi;

b) estetik tip-bunday shaxs uchun ob’ektiv borliqni anglash yot bo‘lib, u individual tanlanganlikka ega;

v) iqtisodchi tip-bunday shaxsning sa’y-xarakatlaridagi shoiri ko‘proq foyda (natija)ga qaratilgan bo‘ladi;

g) ijtimoiy tip-xayotining mazmunini muxabbat, muomila va o‘zgalar uchun yashash tashkil etadi;

d) siyosiy tip-bundaylar uchun mansabga intilish, ta’sir o‘tkazish va buyruq berish xosdir;

ye) diniy tip-xar qanday voqeani ham xayotning va dunyoning moxiyati bilan xaspo‘shlashga urinadi.

V.Shternning fikricha, o‘tish davri nafaqat ideal va intilishlar, xislar hamda fikrlarning yo‘nalganligi, balki xarakatlarning o‘ziga xos siymosi (obrazi) hamdir. U buni bolalikning o‘yinlari bilan kattalikning mas’uliyatli faoliyati oralig‘idagi holat deb atab, unga «jiddiy o‘yinlar» deb nom beradi. Jiddiy o‘yinlar o‘smirning maqsad qo‘yishiga, turli qiziqishlarga o‘z munosabatini bildirishi va qiyosiy taxlil qilishidagi ikkilanishlarini bartaraf etishida hamda uni irodasining mustaxkamlanishiga imkon berishini ta’kidlaydi.

Shunday qilib, o‘smirlik yoshining klassik tadqiqot davri XX asrning boshlarida bolalar psixologiyasining mustaqil fan sifatida rivojlanish bosqichiga to‘g‘ri kelab, eng qiyin psixologik yosh deb tan olindi va o‘smir shaxsi rivojlanishidagi xar qanday o‘zgarishlar tadqiqotchilar tomonidan jinsiy yetilish jarayoni bilan bog‘lab tushuntiriladi.

Bundan tashkari tadqiqot ishining o‘rganish jarayonida shuningdek Yo.Abdullaevning «O‘zbekistonda ijodiy ta’lim va bilish faolligii uyg‘unligi» (2004) T.Juraevning «O‘smirlarda yangicha ijodiy faolligini shakllantirish» (2005 yil) nomli maqolalaridan foydalanildi. Shu bilan birga mazkur mavzu bo‘yicha quyidagi bakalavr va magistrlarning tadqiqot ishlari bilan tanishim chiqildi. Jumladan N.X.Komilovaning «O‘quvchi o‘smirlik davrida bilim va qo‘nikmalarni rivojlantirishning pedagogik shart-sharoitlari» (2005 y.) nomzodlik dissertatsiyasi, F.S.Gayirovning «O‘smirlarda ijodiy faolligini shakllantirish usullari» nomli magistrlik dissertatsiyasi 2005 y. bilan tanishgan xolda tadqiqot ishlari o‘smirlik davrida o‘quv faoliyatining psixologik xususiyatlari va ularning bilish faolligi yuzasida fikr muloxazalar berilgan. Ular o‘smirlardagi bilishga kizikishningfaollik bilan bog‘lik tomonlariga va o‘ziga xos tomonlariga kamroq etibor berganligi sababli, biz o‘z mavzuimizda aynan mana shu xususiyatlarni psixologik asoslarini yoritishga karatdik.

O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jixatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi. Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik tarakkiyoti juda tezlashadi, xayotdagi turli narsalarga kizikishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. o‘smirlik balogg‘atga yetish davri bo‘lib, yangi xislar, sezgilar va jinsiy xayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan ham xarakterlanadi.

Bular ta’sirida o‘smirning xarakteri, atrofdagi kishilar bilan muomalasi, jamiyatda sodir bulayotgan vokealarga munosabati tez uzgarib boradi. Ba’zan ijtimoiy masalalar to‘g‘risida noto‘g‘ri tasavvur va yanglish fikrlar xosil bo‘lishi tufayli u muayan tartib-koidalarga tankidiy ko‘z bilan qaraydi. O‘smirda psixik jarayonlarning keskin uzgarishi bilan akliy faoliyatida ham burishlar seziladi. Shuning uchun shaxslararo munosabatda, o‘quvchi bilan o‘kituvchi mulokotida, kattalar bilan o‘smirlarning muomalasida qat’iy o‘zgarishlar jarayonida qkiyinchiliklar paydo bo‘ladi. Bular avvalo ta’lim jarayonida ro‘y beradi: yangi axborot, ma’lumotlarni bayon qilish shakli, uslubi va usullari o‘smirni qoniktirmay qo‘yadi. Xush, o‘smirlarning psixik o‘tishini xarakatga keltiruvchi kuch nima?- O‘smirning psixik o‘sishini xarakatga keltiruvchi kuch - uning faoliyatini vujudga keltirgan yangi extiyojlar bilan ularni qondirish imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama- karshiliklar tizimining namoyon bo‘lishidir. Vujudga kelgan ziddiyatlarni psixologik kamolotini ta’minlash, faoliyat turlarini murakkablashtirish orqali o‘smir shaxsida yangi psixologik fazilatlarni tarkib toptirish bilan asta-sekin yo‘qotish mumkin. Xozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy, akliy va siyosiy jixatdan bir muncha ustinlikka ega. Ularda jinsiy yetishish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinrok namoyon bo‘lmokda.

Xar bir yosh davrida psixologik yangilanishlar, fiziologik o‘zgarishlar hamda ijtimoiy moslashish kabi murakkab jarayonlar sodir bo‘ladi.

O‘smirlik davrining psixologik xususiyatlari haqida fikr yuritadigan bo‘lsak.,o‘smirlik yoshi 10–11yosh, 14–15 yoshni tashkil etadi. Ko‘pchilik o‘quvchilarda o‘smirlik yoshidagi o‘tish asosan maktab davrining murakkab bo‘lgan 5 – sinfiga to‘gri keladi. Endi u bola emas lekin xali katta ham emas. Ushbu formulaning o‘zi bu davrning qanchalik murakkab ekanligini anglatadi.Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar yuqorida aytganimizdek, fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Fiziologik o‘zgarish jinsiy yetilishning boshlanishi va u bilan bogliq ravishda barcha a’zolarning mukammal rivojlanishi va o‘sishi xujayra va organizm tuzilmalarining qaytadan shakillana boshlashidir. Organizmdagi o‘zgarishlar bevosita o‘smir endokrin sistemasining o‘zgarishlari bilan boglikdir. Bu davrda ichki sekretsiya bezlaridan biri “ g i p o f i z” bezining funksiyasi faollashadi. Uning faoliyati organizm to‘qimalarining o‘sishi va muxim ichki sekretsiya bezlarining ya’ni kolkonsimon bez, buyrak usti, oshkozon osti, jinsiy bezlar ishini kuchaytiradi. Natijada bola bo‘yining o‘sishi tezlashadi, jinsiy balogatga yetish jarayoni amalga osha boradi (ikkilamchi jinsiy belgilarning paydo bo‘lishi).

O‘smirlar o‘zlarini kattaladek tutishga xarakat qiladilar. Ular o‘zlarining qobiliyat va imkoniyatlarini ma’lum darajada o‘rtoqlari hamda ustozlariga ko‘rsatishga intiladilar. Bu xolatni maktab o‘qituvchisi kundalik dars jarayonida kuzatishi mumkin.

O‘smirlik yoshiga xos bo‘lgan psixologik xususiyatlarni o‘rgana turib, o‘smirlar shaxsining shakillanib, rivojlanib kamolga yetish yo‘llarini va unga ta’sir etadigan biologik va ijtimoiy omillarni bevosita ta’sirini hamda ahamiyatini tushunishimiz mumkin. Bu davrda o‘smir baxtli bolalik bilan xayirlashgan lekin, kattalar xayotida xali o‘z o‘rnini topa olmagan murakkab xolatda bo‘ladi. Shuning uchun ham, o‘smirlik davri “O‘tish davri”, “Inqiroz davri” (krizis), “Qaltis davr”, “Qiyin davr”, “Balogat davri” kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlar bilan xarakterlanadi. O‘smirlik darida kattalarga nisbatan agressiv munosabatning paydo bo‘lishi, negativizm singari noxush xulq atvor alomatlari o‘z–o‘zidan kelib chiqadigan bevosita jinsiy yetishlish tufayli paydo bo‘ladigan belgilar bo‘libgina qolmay, balki ularga bilvosita ta’sir ko‘rsatadigan o‘smir yashaydigan ijtimoiy shart–sharoitlar vositasi orqali: uning tengdoshlari, jamoadagi mavqei, kattalar bilan munosabati, maktab va oilasidagi o‘rni sababli yuzaga keladigan xarakter belgilaridir. O‘smirlik davrida ye t a k ch i f a o l i ya t – bu o‘qish, muloqat hamda mexnat faoliyatidir. O‘smirlik davri muloqatining asosiy vazifasi bu do‘stlik, o‘rtoqlikdagi elementar normalarni aniqlash va egallashdir. O‘smirlar muloqatining asosiy xususiyati shundan iboratki u to‘la o‘rtoqlik kodeksiga bo‘ysunadi.

O‘simrlar kattalarning ularga bildiradigan ishonchlariga katta extiyoj sezadilar. Kattalarning o‘smir yoshdagilarga ta’sir ko‘rsatish, tarbiya berish uchun eng qulay sharoit bu umumiy mexnat bilan shugullanishidir. Agar kichik yoshdagi bolalar yordamchi bo‘lish rolllaridan qoniqsalar, o‘smirlar ayniqsa o‘smirlik davridagi bolalar kattalar bilan teng ravishda faoliyat ko‘rsatayotganlaridan, lozim bo‘lganda ularning o‘rnilariga ham ishlay olishlaridan qoniqadilar.

O‘smirda ro‘y beradigan biologik-jismoniy o‘zgarish natijasida uning psixik dunyosida tub burilish nuqtasi vujudga keladi. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: kiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar. Bo‘yiga qarab o‘sish paysimon ilk suyaklarning uzunlashishi va umurtqa qismining kattalashishi xisobiga ro‘y beradi. Og‘iz bo‘ushligi va xalqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. Bu o‘g‘il bolalarda qiz bolalarga nisbatan ko‘prok darajada sodir bo‘ladi. O‘g‘il bolalarning tovushi vazminrok bo‘lib qoladi, do‘rillaydi. Garchi bu davrda mushaklar tez sur’at bilan o‘ssa ham, mustaxkamlashsa ham, lekin baribir oyoq va qo‘l suyaklarining o‘sish sur’ati orqada qoladi. o‘smirlarda bu xususiyat ularning besunaqay xatti-xarakatlarida, yurish-turishlaridagi ko‘pollikka, katta-katta odim tashlashlariga sabab bo‘ladi.

Ko‘krak kafasi ham gavdaning bo‘yga o‘sishiga nisbatan sekin rivojlanadi. Buning natijasida ayrim o‘smirlarning yelkasi, ko‘kragi tor bo‘lib koladi, bu esa o‘z navbatida kislorod yetishmasligiga, nafas kisishiga olib keladi. Kislorod yetishmasligi natijasida ruxiy faoliyatga putur yetadi.

O‘smir o‘zining kobiliyati va kuchini to‘g‘ri baxolamay turib, murakkab xayotiy masalalarni hal hilishga urinadi, ammo fikr yuritish qobiliyati yuzaki bo‘lganligi sababli kundalik hayotida qator kamchiliklarga yo‘l qo‘yadi. Lekin u o‘z xatosini tan olishdan ko‘ra kattalar bilan baxslashishni afzal ko‘radi. Tanqid qilgan kishilarni yoqtirmaydi, xar bir tanqid guyoki uni mensimaslik belgisi, atayin qilinayotgan ish bo‘lib ko‘rinadi. Buning natijasida o‘smirning psixik faoliyatida salbiy o‘zgarishlar yuzaga keladi. U mustaqil, o‘zboshimchalik bilan ish tutishga urinadi, kattalarning maslaxatiga e’tibor bermaydi. Ayrim o‘smirlar o‘zining kattalar safiga ko‘shilganligini namoyish qilish uchun turli xil odatlarga o‘rgana boshlaydilar. Ota-onalar va pedagoglar o‘smirlar bilan aloxida ishlab, ularning ko‘nglini topishi va xatti –xarakatlarini o‘z vaktida to‘g‘ri yo‘lga solishlari lozim.

O‘smirlik yoshi dunyoqarash, e’tikod, prinsip, o‘zligini anglash, baxolash kabilar shakllanadigan davr xisoblanadi. O‘smir o‘z faoliyatini muayyan prinsip, e’tikod va shaxsiy nuktai nazari asosida tashkil kila boshlaydi. Ular shaxsini tarkib topshirishda uning atrof muxitga, ijtimoiy xodisalarga, kishilarga munosabatini xisobga olish lozim.

Psixologlar o‘tkazgan tadkikotlardan ko‘rinadiki, o‘smirlarning ko‘pchiligini qat’iyatlilik, kamtarlik, mag‘rurlik, samimiylik, dilkashlik kabi ma’naviy, axlokiy tushunchalarni to‘g‘ri anglaydi. Ularning turmush tajribasida fan asoslarini egallash natijasida barkaror e’tikodiy va ilmiy dunyoqarash tarkib topadi, shular zamirida axloqiy ideallar yuzaga kela boshlaydi.

O‘smir o‘g‘il-kizlar shaxsining kamol topishida o‘zini anglash jarayonida o‘ziga baxo berish mayli va istagi o‘zini boshka shaxslar bilan takkoslash, o‘ziga bino qo‘yish extiyoji paydo bo‘ladi. Bular esa o‘smirning psixik dunyosiga akliy faoliyatiga, tevarak-atrofga munosabatning shakllanishiga ta’sir kiladi. O‘smirlik yoshida psixologik jixatdan eng muxim xislat - voyaga yetish yoki kattalik xissining paydo bo‘lishi aloxida ahamiyatga ega. Kattalik xissi ijtimoiy-axlokiy soxada, akliy faoliyatda, kizikishda, munosabatda, kungil olish jarayonida, xulk-atvorning tashki shakllarida o‘z ifodasini topadi. o‘smir o‘z kuchi va quvvati, chidamliligi ortayotganini, bilim saviyasi kengayayotganini anglay boshlaydi.

O‘smirlik davri xususiyatlarini talkin kilgan P.I.Leventuev, D.B.Elkonin, T.V.Dragunovning ta’kidlashicha, o‘g‘il va kizlarning bu yoshda o‘rtoqlari bilan munosabatlarga intilishi, tengdoshlari jamoasining xayotiga kizikishi yorkin namoyon bo‘ladi. O‘smirlarning jismoniy usishi va jinsiy yetilishi ularning psixikasida keskin o‘zgarishlarni vujudga keltiradi. O‘quv fanlarning ko‘payishi, axborotlar. ma’lumotlar tarmog‘ining kengayishi ularning fikr yuritishini shakllantiradi.

O‘smir o‘quvchilar o‘rganayotgan fan asoslari ularning mavxum tafakkurini o‘stirishga qaratiladi. Ularning akliy faoliyati xususiyatlaridan biri - mavxum tafakkurining rivojlanishidir. Maktab ta’limini va mustakil bilim olish faoliyati ta’siri ostida o‘smirda analitik-sintetik faoliyat jadal sur’at bilan rivojlana boshlaydi.

O‘smirning eng muxim xususiyatlardan yana biri mustakil fikrlash, aklning tanqidiyligi tez rivojlanishidir. Bu esa o‘smirning akliy faoliyatida yangi davr boshlanganini bildiradi. Aklning tankidiyligi ayrim xollarda o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida «anglashilmovchilik g‘ ovi»ni vujudga keltiradi. Aklning tankidiyligi o‘smirning asosiy xususiyatlaridan biri bo‘lib, o‘zgalar muloxozasidan, darslikdan xato va kamchiliklar topishga, o‘z gapida turib, ayrim fikrlarga kat’iy e’tikoz bildirishga urinib va baxslashishiga moyil bo‘ladilar.

Tafakkurning mustakilligi inson uchun katta ahamiyatga ega. O‘qituvchi dars jarayonida va darslardan tashkari vaktlarda, xar kanday ogir shart-sharoitlarda ham turli usullar bilan bu xislatni kullab kuvvatlashi, uning rivojlanishi uchun imkoniyat yaratishi kerak.

O‘smirlarning hulqiga doimiy e’tibor berish, uning hulqiga qat’iy, uzluksiz rahbarlik qilish, bularning hammasini shunday amalga oshira bilish kerakki, bola mayda-chuyda ishlarida ham kattalarni doimiy vasiyligini sezmasin. O‘smirlar uning hayotdagi yangi mavqelari bilan hisoblashadigan, ularni “kichkina” deb hisoblamaydigan, talabchan, lekin adolatli o‘qituvchilarni xurmat qiladilar.

O‘smirlikda qiziqishlar turli-tuman bo‘ladi. Bu qiziqishlar to‘g‘ri tarbiyalansa, ular o‘smirlarning qobiliyatlari va mayllarining rivojlanishiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin. O‘quvchining bilimlari chuqurlashib boradi, u fanlarni o‘rgana boshlaydi, unda ayrim o‘quv predmetlariga, sanatga, sportning kaysidir turiga zo‘r qiziqish ortadi. O‘smir juda ko‘p narsalarga; sport, turizm, kino-teatr, badiiy havaskorlik, pochta markalariniva qadimiy tangalarni yig‘ish, o‘simlik va hashoratlar kolleksiyasini to‘plashga qiziqadi.

Ko‘p hollarda bu qiziqishlar ehtiros xarakteriga ega bo‘ladi. Kun tartibi to‘g‘ri tashkil qilinsa, vaqt to‘gri taqqoslansa, o‘smir yaxshi o‘qish, maktabdan tashqari xilma-xilishlar bilan shug‘ullanishi va o‘yin-kulgu uchun yetkarli vaqt topa olishi mumkin. Ilk yigitlik bo‘sag‘asida turgan o‘smirlar uchun kishilarning his-tuyg‘ulari, kechinmalariga va ayniqsa, o‘zining ichki dunyosiga, o‘zini o‘zi analiz qilishga moyillik xarakterlidir. O‘z-o‘zini anglashning –bu o‘zini o‘zi tanish, sifat va kamchiliklarini, o‘z qobiliyat va imkoniyatlarini bilib olish, o‘z xatti-xarakatlari haqida xisob berish ehtiyojidir. O‘z-o‘zini anglashningeng yuqori darajasi o‘zining hayotdagi o‘rnini aniq tasavvur qilish, o‘zini shaxs sifatida anglab olishdir.



Dastlabki paytlarda uning o‘zi haqidagi fikirlari ko‘p jihatdan boshqa kishilarning u xaqidagi fikirlaridan iborat bo‘ladi “O‘z xaraqter xislatlaring xaqida sen qaerdan bilasan “ degan savolga o‘smirlar to‘g‘rilan to‘g‘ri ota-onalari o‘qituvchilari, o‘rtoqlaridan bilib olganlarini aytadilar, ammo keyinchalik buni o‘zlari seza boshlaydilar. Lekin xar qalay, o‘zlaridan ko‘ra boshqa kishilarni oldinroq baholay boshlaydilar.Ular o‘z fikirlarini g‘olib chiqishini hohlashadilar. O‘smirlar boshqa kishilarni baholashda bazan shoshma-shosharlik qilib, qatiy fikr yuritishga yo‘l qo‘yib qo‘yadilar. Masalan: ular ko‘pincha kishilarni fakat ayrim xatti xarakatlari va ayrim sifatlariga qarab baholaydilar. Bu bahoni esa butun bir shaxsga nisbatan tadbiq qiladilar. Natijada kishining qadr-qiymatiga uning ijobiy va salbiy sifatlari hakida ko‘pincha noto‘g‘ri xulosa chiqaradilar. Ularning o‘z-o‘ziga baho berishi ham har doimxolis bo‘lavermaydi. Masalan: ular o‘rtoqlaring qo‘polligi yoki psmiqligi to‘grisida gapiradilar-u, ammo buni o‘zlarida sezmaydilar. Hamma o‘smirlar o‘smirlar ham o‘z-o‘zini tanqid qilish, o‘z xatolarini vijdonan va ro‘yi- rost bo‘yniga olishni uddasidan chiqavermaydi.O‘smir atrofdagilarning unga bergan bahosiga nisbatan sezgir bo‘ladi. Uning kayfiyatidagi ranjish, ikkilanishning sababi ana shunda. Tasodifiy muoffaqiyat yoki kattalarning maqtab qo‘yishi, o‘smirlarni o‘ziga ortiqcha baxo berishiga, o‘ziga hatddan tashqari ishonuvchanlikka, maqtonchoqlikka olib keladi. Xatto vaqtincha, tasodifiy muvaffaqqiyatsizlik o‘smirda o‘z kuchiga ishonmaslikna uyg‘otish, ikkilanish, qorqoklik, juratsizlik va uyatchanlik xissini oshirib yuborish mumkin.Shuning uchun ota-ona yoki o‘qitivchi o‘smirlar bilan bo‘ladigan munosabatda alohida e’tiborli va nazokatli bo‘lishi zarur. O‘smirlik yoshida zaif, mustaqil emas, kichkina deb nom chiqarishninig qo‘rqish xavfi kuchayadi.U o‘zining mustaqilligini ko‘rsatish uchun, o‘zining nohakligini tushunib tursa ham, ko‘pincha qaysarlik va qo‘pollik qilaveradi. Muomalada dag‘allik, talabchanlikva xurmatsizlik o‘quvchiga yosh bolalarga bo‘lganday muomalada bo‘lish ular yaxshi tushunaman deb xisoblagan misollar bo‘yicha o‘zlarining mustaqil fikirlarini aytish xuqiqini mensimaslik ularning yuqori natijalarga erishishdagi kuch va imkoniyatlariga shubhalanish kabi hodisalar, odatda o‘smirda norozilik yoki aniq ifodalangan boshqa bir salbiy harakatlarni hosil qiladi.

O‘smirlar o‘z-o‘zini tarbiyalashga zarurat sezadilar buni ulardan anglilikning o‘sishi, kattalarga o‘xshashga intilishlari bilan tushintirish mumkin, endi ular ma’lum darajada o‘zini ishontirish, o‘ziga buyruq berish, o‘zini nazorat qilish kabi o‘z-o‘zini tarbiyalash vositalariga egadirlar. Ular ayniqsa, jismoniy va iroda siqatlarini o‘stirishga harakat qiladilar. O‘z holiga tashlab qo‘yilgan o‘smirlar juda sodda, bolalarcha qilinadigon ishlarga tayanib (masalan: o‘zining mardligini va chidamliligini sinash uchun yonib turgan gugurtni qo‘liga yaqin olib keladilar yoki o‘zlarini chiniqtirish uchun paltosiz qorning ustiga yotadilar)har doim ham o‘z-o‘zini tarbiyalashning to‘g‘ri yo‘lidan bormaydilar. O‘smirlikda bolalarda burch va javobgarlik tuyg‘ulari yetarli darajada o‘sgan bo‘ladi , bolalar o‘zlari ongli ravishda tanlagan ma’lum maqsadga erishish uchun ish-harakatlar qilishga qobil bo‘lib qoladilar.O‘smirda boshqa yosh davrlaridan farqli o‘laroq bilish jarayoni ham o‘zgarib boradi. Uning idroki voqelikdagi narsa va xodisalarning tashqi tomonlarinigina emas, ularning ancha murakkab tomonlarini idrok qiladi. U narsalarning mohiyatini bilishga, narsa va xodisalarni tahlil qilishga, ularni o‘zaro taqqoslashga harakat qiladilar. Muhim o‘xshash tomonlarini farqlarini aniq idrok qiladi va bu ularda yaxshi kuzatuvchanlik sifatlarini tarbiyalashga yordam beradi.O‘smir xotirasi sezilarli darajada o‘zgaradi. Kichik maktab yoshidagi mexanik xotira o‘rnini mantiqiy xotira egallaydi. O‘qituvchi yosh davriga e’ibor bergan xolda o‘smirda she’r yoki tekstlarni muvaffaqiyatli esda qoldirish yo‘llarini izlab topish kerak, bir-biriga bog‘lab o‘rganish yo‘llarini o‘rgatish zarur.Ayrim katta kishilar o‘smirlar bilan, ularni kichkina bola deb, mensimay munosabatda bo‘ladilar. Ularga iltifotsizlik qiladilar. Bu o‘smirlarga qattiq ta’sir qiladi. Bolaning katta bo‘lganligini anglash. Ular bilan jiddiy munosabatda bo‘lish va unga mas’uliyatli ishlarni topshirish quvonarli narsadir.O‘smir irodasini tarbiyalash uning o‘z-o‘zini tarbiyalashda katta rol o‘ynaydi. Bunga ehtiyoj o‘smirlik yoshida paydo bo‘ladi. O‘smirlar o‘z oldiga ma’lum talablarni qo‘ymog‘i mumkin, ular o‘zlariga tanqidiy qarashga qobildirlar. O‘zlari ideal deb hisoblagan xislatlarni tarbiyalashga intiladilar. Biroq kishi o‘z-o‘zini tarbiyalashga keyinroq yetuklik yoshida chinaakm intiladi. O‘smirning o‘qish va boshqa xildagi faoliyati qat’iylik ko‘rsatmasdan amalga oshishi mumkin ham emas. Boshlagan ishni oxiriga yetkazishni bilish va uni talab qila borish qat’iylikni tarbiyalashga yordam beradi. Qat’iylik zo‘r berib fikrlashni, ichki intizomlikni talab qiladi.Xulosa qilib aytganda o‘smirlik davrining psixofiziologik rivojlanishi va uning o‘ziga xos xususiyatlarini o‘rganar ekanmiz , bu davr o‘smir yoshida muxim davr xisoblanaishiga amin bo‘ldik.O‘smirlar o‘zlarini psixologik rivojlanish xususiyatlari asosida o‘quv faoliyati va o‘z qiziqishlari asosida faollikka kirishadilar.Ularning faollikka undovchi motivlari ko‘proq ijtimoiy psixologik omillar xisoblanadi.Bu davrdakeskin psixofiziologik o‘zgarishlar sodir bo‘lishi ularning o‘z “men” ini ustun qo‘ishga, xar soxada o‘zini ko‘rsatishga va o‘z imkoniyatlarini noto‘g‘ri baholashi asosida turli xatti xarakatlarini buzilish oqibatlari ham sodir etilishi mumkin.

1 2 3 4 5
Download 30,13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish