Reja: kirish tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarining nazariy asoslari Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarining
Reja: KIRISH
1.Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarining nazariy
asoslari
2. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi
operatsiyalarining zamonaviy holati
3. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faolligini oshirish
istiqbollari
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI
Kirish Mavzuning dolzarbligi. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish sharoitida banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida operatsiyalarini amalga oshirish va ularni takomillashtirish masalalari muhim ahamiyat kasb etadi. Zero qimmatli qog’ozlar operatsiyasi dunyoning barcha mamlakatlarida keng ko'lamda qo'llanilayotgan eng samarali moliyaviy daromad turlaridan biri hisoblanadi.
Oxirgi 15 yil davomida rivojlangan mamlakatlarda qimmatli qog’ozlar operatsiyalarining umumiy hajmi 5 martaga oshganligi kuzatildi 1 . Bu ma'lumotlar shuni ko'rsatib turibdiki, qimmatli qog’ozlar dunyodagi barcha mamlakatlar iqtisodiyotida muhim o'rin egallagan va bugungi kunda ham ushbu moliyaviy munosabatlarni rivojlantirishga alohida e'tibor berib kelinmoqda. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirzeyoyev 2019 yilning asosiy yakunlari va 2020 - yilda O'zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning ustuvor yo'nalishlariga bag’ishlangan O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasida “Xususan, aksiyadorlik-tijorat banklari tomonidan bank ustav kapitalini oshirish maqsadida 2019-yil davomida 500 mlrd. so'mlik qo'shimcha aksiyalar chiqarildi. Muomalaga chiqarilgan aksiyalarning 25 foizidan kam bo'lmagan qismi “Toshkent” respublika fond birjasi orqali birlamchi ochiq savdolarda joylashtirildi. 2019- yilning 1 yanvar holatiga ko'ra, 30 ta tijorat bankining aksiyalari “Toshkent” respublika fond birjasi listingiga kiritilgan bo'lib, ushbu banklarning qimmatli qog’ozlari muntazam ravishda birjada kotirovka qilinib, ommaviy axborot vositalari orqali e'lon qilib borilmoqda. Natijada tijorat banklarining jami kapitali 2019 yilda 24,3 foizga oshib, 2020-yilning 1 yanvar holatiga 6,2 trln. so'mni tashkil etdi. Banklarda barqaror resurs bazasini shakllantirish va uni yanada kengaytirish borasida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida tijorat banklari tomonidan muomalaga chiqarilgan va joylashtirilgan depozit sertifikatlari 20120- yil 1 yanvar holatiga ko'ra, 445,6 mlrd. so'mni hamda investorlar o'rtasida joylashtirilgan.
2007 yil aprel soni tijorat banklarining uzoq muddatli obligatsiyalari 258,7 mlrd. so'mni tashkil qildi . Albatta, iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni keng ko'lamda eng foydali tarzda joylashtirish yangi mijozlarni jalb qilish sohasidagi raqobat kurashi kuchayadi. Sog’lom raqobat kurashida faol qatnashish uchun tijorat banklari o'z faoliyatlarini takomillashtirishi, shu jumladan, qimmatli qog’zlar bozorida faol investitsiya siyosatini olib borishlari lozim. Investitsiya faoliyati tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish, muayyan daromad olish, bank likvidligini ta'minlashda muhim rol o'ynaydi .
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov tomonidan ushbu masalaning muhimligi ta'kidlanib shunday deyilgan: «Ma'lumki, iqtisodiyotni yanada erkinlashtirish jarayonini tegishli bozor infratuzilmasi, ya'ni bank - moliya tizimi, auditorlik, sug’urta, injiniring va boshqa tuzilmalarni rivojlantirmasdan turib amalga oshirish mumkin emas... »
Banklarni investitsion faoliyatining asosiy vazifasi faqat xususiy bank sektorini rivojlantirish emas, balki bank sarmoyalarining pul mablag’larini bir joyga jamlab, ularni turfa investitsiya maqsadlarida ishlatishdan, ishlab chiqarishga yo'naltirishdan iborat. Bu asosan xususiylashtirishning birinchi bosqichida amalga oshiriladi. Uning asosiy vazifasi shu nuqtai nazardan qaraydigan bo'lsak, agar aksiyalashtirish jarayonida korxonani boshqarish, uning ishlab chiqarishga ta'sir qilishi ko'zda tutilib, qimmatli qog’ozlarni yirik to'plamlari bilan savdo qilish avj olsa, biz qimmatli qogo’zlarning to'la qonli va serharakat bozorini yarata olmaymiz. Bozor ko'p miqdordagi sarmoyadorlarning mablag’larini yig’ib, uni turli xil qo'yilmalar uchun taqsimlashi lozim. Bu bozorning hajmdorligiga va xilma-xilligiga, ya'ni muomaladagi qimmatli qog’ozlarning mumkin qadar sarmoyadorlar o'rtasida tarqatilishiga bog’liq.
Rivojlangan bozor iqtisodiyotiga ega bo'lgan mamlakatlarda (AQSH, Yaponiya, Germaniya, Angliya va boshqalarda) tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari hozirgi paytda moliyalashtirishning eng muhim va maqbul uslublaridan biriga aylanib ulgurgan. Afsuski, bunday fikrni hozircha bizning mamlakatimizga to'la bildirib bo'lmaydi. Chunki, qimmatli qog’ozlar operatsiyalarining tijorat banklari orqali o'tkazilishi mijozlar va tijorat banklari uchun bir qator muhim afzalliklar keltiradi.
Kurs ishining nazariy va uslubiy asosi bo’lib,
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimov asarlarida ilgari surilgan iqtisodiyotni isloh qilish va erkinlashtirish bo’yicha nazariy qarashlari va Farmonlari, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari hamda respublika Markaziy bankining me’yoriy-huquqiy hujjatlari, klassik iqtisodchilarning, hozirgi xorijlik va O’zbekistonlik iqtisodchi-olimlarning bank ishi tahliliga oid ilmiy-uslubiy yondoshuvlari, amaliy tajriba va xulosalari hisoblanadi.
Kurs ishining asosiy maqsadi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitidatijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozorida operatsiyalari mohiyatidan kelib chiqqan holda banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi ishtirogini takomillashtirish bo'yicha nazariy va amaliy tavsiyalar ishlab chiqishdir.
Kurs ishining maqsadidan kelib chiqqan qolda, quyidagi vazifalarni ko'rib chiqish rejalashtirilgan:
-banklarning qimmatli qog’ozlar bilan investitsion va emission operatsiyalarining iqtisodiy mohiyati va nazariy asoslarini yoritish;
-O'zbekiston Respublikasida tijorat banklarining qimmatli qog’ozlarbozorida munosabatlarining huquqiy asoslarini o'rganish;
-O'zbekiston Respublikasida banklarning investitsion va emission faoliyatini tahlil qilish va asosiy tendentsiyalarni aniqlash;
-iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida banklarning qimmatli qog’ozlar bozoridagi faolligini takomillashtirish bo'yicha ilmiy tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishining obyekti bo'lib, O'zbekiston Respublikasidagi tijorat banklari va ularning qimmatli qog’ozlar bozorini tashkil etuvchi bo'linmalari tadqiqot obyekti h isoblanadi.
O'zbekiston Respublikasida tijorat banklaring qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalari bilan bog’liq bo'lgan tashkiliy munosabatlar, huquqiy asoslar hamda iqtisodiy jarayonlar malakaviy ishning predmetini tashkil qiladi
Bitiruv malakaviy ishning nazariy va amaliy ahamiyati tijorat
banklarining qimmatli qog’ozlar bozorida faolligini takomillashtirish bo’yicha
berilgan taklif va amaliy tavsiyalari banklarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash va daromadlarini oshirishda amaliy yordam beradi.
Kurs ishi tarkibi kirish, uch reja , xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro’yhatidan iborat.
Kirish qismida kurs ishi mavzusining dolzarbligi asoslab berilgan, uning maqsadi va maqsadga erishish uchun zarur bo’lgan vazifalar, bitiruv malakaviy ishining obyekti, predmeti shakllantirilgan.
Kurs ishining birinchi bobida banklarning qimmatli qo’ozlar bozorida operatsiyalarining nazariy asoslari va huquqiy asoslari ko’rib chiqilgan.
Kurs ishining ikkinchi bobida tijorat banklari tomonidan qimmatli qog’ozlar bozoridagi operatsiyalarning amaldagi holati tahlil qilingan.
Kurs ishining uchinchi bobida tijorat banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida faolligini oshirish bilan bog’liq muammolar va ularni bartaraf qilish yo’llari yuzasidan ilmiy-amaliy takliflar va tavsiyalar ishlab chiqilgan. Xulosa qismida tadqiqotni bajarish jarayonida shakllantirilgan xulosalar va ishlab chiqilgan takliflar va tavsiyalarning qisqacha mazmuni o’z ifodasini topgan.