Ijodiy masalalar bilan inson butun hayoti davomida to‘qnashadi, lekin juda kam hollardagina uni ijodiy darajada hal qiladi. Ijodiy daraja nima o‘zi? Bu oddiy anglash nihoyatda qiyin bo‘lib ko‘ringan masalani sodda hal qilishdir. Ko‘p hollarda bunday echimlarga o‘ta zukko va ixtiroviy echimlar deyiladi. YAngilik yaratish ziddiyati ham shundan iboratki, tasodifiy yangilikni yaratish oson emas, oddiy yangilikni yaratish esa nihoyatda murakkab, ya’ni har qanday yangilik ham ijod mahsuloti hisoblanmaydi.
Har qalay ixtiroviy masalalar echish bo‘yicha to‘plangan tajribani va fikrlash nazariyalarini tahlil qilish ijodiy fikrlashning asosiy prinsiplarini shakllantirish va ijodiy fikrlashga o‘rgatishning psixologik-pedagogik metodlarini ishlab chiqishga imkon beradi. Rivojlangan ijodiy fikrlashsiz insoniyat XXI asrda yashay olmaydi.
Bizningcha bu prinsiplar quyidagilardan iborat. 1. SHaxsni maqsadga erishishning turli yo‘llarini qidirish, so‘ngra eng yaxshisini tanlashga . 2. Ularni etarli miqdorda qo‘llanmalar va mashqlar to‘plamlari bilan, ijodiy ko‘nikmalarni ishlatish va mashq qildirish uchun ta’minlash. 3. Zarur savollarni berishga va muammoning mavjudligini aniqlashga o‘rgatish. 4. Bo‘lajak mutaxassislarni har qanday sezgilar va emotsiyalarni fikrlashning muhim tashkil etuvchilari deb qarashga o‘rgatish.
5. SHaxsni eng aavalo ijodiy jarayonning o‘zidan qoniqish hosil qilayotganlarini kuzatayotib, original va foydali g‘oyalarini rag‘batlantirish. Insonni o‘z g‘oyalarini qadrlashini anglab etishlariga yordamlashish. 6. SHaxsga nisbatan nostandart vaziyatlarda echimlarni izlashni taklif qilish. Muvaffaqiyatsizlikka uchraganda izchillikni namoyon bo‘lishi muhimligini isbotlash.
7. SHaxsda echimlarni izlashning taxminiy rejasini tuzishni taklif qilish. 8. Haddan tashqari tez yorliq yopishtirishdan, masalani oldindan ma’lum masalalar toifasiga kiritishdan va shoshilib qaror qabul qilishdan qochish. CHunki, bu asosiy muammodan og‘ishlarga va fikrlash egiluvchanligining yo‘qolishiga olibkeladi. 9. SHaxs fikrlashidagi muhim elementlari sifatida sezgi va emotsiyalarni boshqarishga diqqatni qaratish.