EVTANAZIYA
Evtanaziyaning ikki xil:
faol va sust turlari farqlanadi
Sust evtanaziya -
bu davoni to'xtatish orqali o'limni tezlatish. Masalan sun'iy
nafasni o'tkazmaslik.
Faol evtanaziya
- ahvoli og'ir, uzoq vaqt surunkali kasallik bilan og'rib kelayotgan
bemorlarga, masalan MNS shikastlangan, tug'ma majruh va xavfli o'sma kasalligi
bo’lgan bemorlarga ma’lum vosita va harakatlar orqali o'limni tezlatish. Bundan
tashqari, ixtiyoriy va majburiy evtanaziya ham mavjud. Ixtiyoriy evtanaziya
bemorning talabi va roziligi bilan bajariladi. Binobarin, o'lim muqarrar va undan
qochib bo'lmaydi, u hayotning so'nggi bosqichi hisoblanadi. Majburiy
evtanaziyada bemorning fikri e'tiborga olinmaydi. Yana «antievtanaziya» atamasi
ham mavjud. Bu holatda barcha vositalardan foydalanib, qanday bo’masin
bemorning hayotini saqlab qolish nazarda tutiladi.
Tasavvur qilaylik, ertaga evtanaziyani tan olishni ruxsat etuvchi qonun chiqdi. Shu zahoti
qator muammolar paydo bo'la boshlaydi. Ya'ni:
1.
Evtanaziyani kim o'tkazadi? Bu ish uni amalga oshirishni istamaydigan shifokor
zimmasiga yuklatilsachi?
2.
Kasallikning erta bosqichlarida, uni davolash uchun kurash va bemorning hayotini
saqlab qoluvchi faol izlanishlar susayib ketish holatlari ko'rina boshlaydi.
3.
Shu bilan birga, qarindoshlarning befarqligi, bemorga uy sharoitida qaray
olmasliklari sababli yoki har qanday to’lovga rozi bo'luvchi. uning o'limidan manfaat
topuvchilar uchun yo'l ochiladi. Tibbiyot xodimlarining evtanaziyadan o'z
manfaatlari uchun foydalanish holatlari paydo bo'la boshlaydi. Evtanaziya
yordamida ba'zi jinoyatchi guruhlar o'zlariga xalaqit berayotgan odamdan qutulish
imkoniyatini qo'lga kiritadilar. Shuningdek, transplantatsiya maqsadida (organlar
kerak bo'lib qolganda) evtanaziya yordamida odamdan qutulishning qo'shimcha
imkoniyatlari paydo bo’ladi.
4. Qiziq, hozirgi sharoitda evtanaziya muammosini qanday yechish mumkin?
Qachonki, bemorlar dori vositalari va davolash asboblari yo'qligi natijasida o'lib
ketayotgan bo'lsa. Aftidan shu sabab bo'yicha ham evtanaziyani tez-tez
qo'llashga imkoniyat yaratilganga o'xshaydi. Natijada quyidagi ikki savol paydo
bo'Iadi:
1.
Lekin bunga shifokorlar-hamshiralar ma'naviy jihatdan haqlimi?
2.
Bungungi kunda evtanaziyani amaliy tibbiyotga kiritish lozimmi?
Bu savollarga javob bermoq uchun boshqa mamlakatlarning tajribalarini
o’rganish, tib an'analarini ko'zda tutish, tib bioetikasi masalasini, deontologiya,
yuridik huquqlar, psixologiya va nihoyat, bemorlar, ularning qarndoshlari va
jamoat fikrlarini bilish, ularni izchil o'rganish zarur. Shulardan keyingina
ehtiyotkorlik, sinchkovlik bilan evtanaziya muammosini baholash mumkin. Lekin
nima bo’lganda ham shifokor qasamiga sodiq qolishi va bemorning hayotini
saqlashga, uning ahvolini yengillashtirishga harakat qilishi kerak.
Bemorning hayotdan ongli ravishda ko'z yumishi hech qachon rahm-shafqat yuzasidan
qilingan ish deb baholanmaydi. 1950 yilda AQShda: «Bemorning xohishi va qarindoshlari
ruxsatiga ko'ra og'riqsiz vositalar bilan o'limni tezlatish kerakmi?» - degan savolga 36%,
1973 yilda esa 50% ijobiy javob olingan. Bugun Gollandiya dunyo bo’yicha «evtanaziya
muolajasini» qonunlashtirgan birinchi mamlakat hisoblanadi. Ma'lumotlarga
qaraganda
,
har yili 4 mingga yaqin bemor evtanaziyani tanlar ekan.
Bizningcha, qaltis va nozik masalaga shifokorlik deonotologiyasi nuqtai nazaridan rad
javobini berish kerak.
Buqrot asarlaridan biriga «O’ldirma» degan naqlni epigraf
qilib olgan. U: «Men shifokorlik faoliyatimda bemorning o'limiga sabab
bo'ladigan biron bir dorini ishlatmaslikka qasam ichaman», -degan. Xuddi shu
orinda hazrat Alisher Navoiyning «Tabib jallod emas», degan iborasini eslash
kifoyadir.
Evtanaziya qonuniyligi - Legality
of euthanasia
Evtanaziyaning dunyodagi hozirgi holati:
Faol ixtiyoriy evtanaziya qonuniy hisoblanadi
Shifokor yordami bilan o'z joniga qasd qilish qonuniy hisoblanadi
Passiv evtanaziya qonuniy hisoblanadi
Evtanaziya noqonuniy hisoblanadi
Evtanaziya holati noma'lum
Evtanaziyaning Evropadagi hozirgi holati:
Faol ixtiyoriy evtanaziya qonuniy hisoblanadi
Passiv evtanaziya qonuniy hisoblanadi
Shifokor yordami bilan o'z joniga qasd qilish qonuniy hisoblanadi
Evtanaziya noqonuniy hisoblanadi
Aniq bo'lmagan huquqiy vaziyat
Evtanaziya holati noma'lum
Hukumat siyosatini o'zgartirish bo'yicha harakatlar
evtanaziya
20 va 21 asrlarda odamlarning
cheklangan yutuqlariga erishdilar
G'arb mamlakatlari
. Inson evtanaziyasi siyosati ham turli xil
tomonidan ishlab chiqilgan
NNTlar
, ayniqsa tibbiyot birlashmalari va targ'ibot tashkilotlari. 2018 yil
mart holatiga ko'ra, faol evtanaziya qonuniy
hisoblanadi
Gollandiya
,
Belgiya
,
Kolumbiya
,
[1]
Lyuksemburg
,
G'arbiy Avstraliya
va
Kanada
.
[2]
O'z
joniga qasd qilishga yordam berish
qonuniydir
Shveytsariya
,
Germaniya
, Avstraliya
shtati
Viktoriya
va
BIZ.
davlatlari
Vashington
,
Oregon
,
Kolorado
,
Gavayi
,
Vermont
,
Meyn
,
[3]
Nyu-
Jersi
,
[4]
Kaliforniya
,
[5]
va
Kolumbiya okrugi
.
[6]