Muxammad Ismoil shoir



Download 54,5 Kb.
Sana29.03.2017
Hajmi54,5 Kb.
#5621
Muxammad Ismoil

SHOIR

Hikoya


U paytda universitetni bitirganimga endigina ikki yil bo'lgandi. Zax va tor ijara uyda tunlar bosinqirab, kunduzlari mukka tushib, hech kim tushunmas savdoyi she'rlar alangasida yashardim. Nashrga bersam, chop etishmas, ijarachi kampir achinganidan bir burda non va yana u-bu yegulik tashlab ketar, talabalik davri, o'qishni bitirgach, adabiy jamoa taxtiga o`tiramiz, degan iddaomiz puch va hardamxayol orzularga aylanayotgani sira tinchlik bermasdi. Popugim pasayib qolgan kunlarning birida. «Jo'janing iqboli bo'lsa, tovuqning emchagi bo`lardi». degan naqlni takrorlagancha «Adabiyot» gazetasiga ish ishlab bordim.

— Bizga shoir emas, gazetaga qiziq maqola yozadigan jurnalist kerak! — dedi Bosh muharrir. «No'noq mergan oqsoq quyon izlar». dedim ichimda shoirlarni kamsitganidan yozg'irib. Lekin taqdirga tan berish kerak edi.

O'sha paytda g'aroyib qobiliyatli yosh shoir haqidagi mish-mishlar qulog'imga chalingandi. «Adabiyot» gazetasi bo'lganligi, qolaversa. shoirlar bir qavm hisoblangani bois, zo`r maqola yozaman dedimda. so'nggi chaqalarimni yig'ib, o`sha bolaning olis qishlog'iga yol oldim va izlab topdim. Uning bo'yi uzun. qo'llari ingichka va oppoq yuzidan ta'bi nihoyatda nozikligi ko'rinib turardi.

— O`g`limni yetti yoshigacha yelkamdan tushirmaganman, — dcdi otasi. — Hozir ham deyarli hech kim bilan o'ynamaydi.

— O`qishlaring yaxshimi? — dedim, ko'rishganimizdan beri jim turgan bolaga. — Baho olasanmi?

— Hammasi besh. Sira to`rt olmagan. — dedi otasi.

— Hamma fandanmi?

— Darsliklarni boshdan-oxir yod biladi-yu, — dedi yana otasi. — Undan tashqari, to'rtta tilda bemalol gaplashadi.

— Zehning o'tkir ekan, — dedim bolaga qarab. — Yana nimalarni yodlagansan?

— Navoiyni, Yassaviyni, So'fi Olloyorning mingdan ortiq g'azalini yod biladi. Abdulla Oripov, Erkin Vohidovdan so'raganingizni aytib beradi. — dedi otasi.

— O`zing ham yozasanmi? — dedim, otasiga siz jim turing ishorasini ko`rsatib.

— Ha. Yuzga yaqin sher, qasida, dostonlarim bor, — dedi bola muloyim va xokisorona.

— Qani o'qigin-chi, — dedim. bir sandiq tilla topib olgan faqirday.

U ko`zlarini bir nuqtaga tikib, qiroat bilan o`qiy boshladi. Uning sheri juda uzun, goh XV asr nazmiga o'xshab ketar, goh afsonaviy, goh quyma, goh tushunarli, goh anglab bo'lmas, lekin bir narsa ayon ediki. shunchaki oddiy, tahrir qilib, «oyog`ini osmon»dan qilib tashlash mumkin bo'lmagan satrlar ediki, ilohiy ilhom bilan yozilganligiga shubham qolmagan, she'riyatimizning yangi sultoni tug'ilganiga guvoh bo'lib turgandim. Illo, uning ismi G’anisher edi. O'zim u-bu narsalarni qoralab yurganim tufayli, she'rning quyilib kelishiga ishonar, bunday voqea hayotimda bor-yo'g’i bir martagina bo'lgan. men ham o'n to'rt yoshimda, tunda sher yozib o'tirib, miyamga yopirilib kelayotgan tuyg'ular, so`zlar, fikrlar alangasida qaro terga tushib, qo'rquvdan qalt-qalt titragancha hovliga yugurib chiqqanman. Keyin onam uyg'onib qolib. boshimdan sovuq suv quygan. Bu holat boshqa hech qachon takrorlanmagan. Meni, «shoirligim o`sha kuni tark etdi va qaytib kelmayapti», — degan xulosa doimo qiynardi.

G'anisherning she'rlari o'shanday ilohiy ilhom xuruj qilganda, she'riy oqimni boshqara olgan va yuragi «ming tonna yuk»ni ko'tara oladigan shoir dunyoga kelganidan shahodat berardi.

— She’rni qanday yozasan? — dedim hayratlanib.

— She'r yozishdan oldin yarim soat uxlayman. Kevin o’zi quyilib kelaveradi. Gohida to'xtamay yozganimdan barmoqlarim og'riydi. Ulgursam bo'ldi.

— Ustozing bormi?

— Ha. Otam — ustozim. Otam adabiyot o'qituvchisi. Kitoblarni u kishi tanlab yodlatganlar. Xat- savodim uch-to'rt yoshimda chiqqan. Yetti yoshligimda «Xamsa»ni yod bilardim.

— Hozir ikkita she'r beraman. Qancha vaqtdan so'ng yod aytib berasan.

— Bir marta o'qib, o'n besh daqiqa mizg`ishim kerak. Uyg'onganimda yodlagan bo'laman.

Men unga hech joyda bosilmagan ikkita she'r tutqazdim. G'anisher ularni ikki bora o’qib chiqdi-da, bir zum ko'zlarini yumdi. Gapga yana otasi aralashdi:

— O'g'lim bilan faxrlanaman. Butun tumanimizda. viloyatda obro'yi baland. Juda ko'p to'ylarga, yig'inlarga taklif qilinadi. Tuman gazetalarida she'rlari qayta-qayta bosilib chiqqan.

— Endi markaziy gazetalarda ham bosishadi, — dedim ishonch bilan.

Oradan o'n besh daqiqa o'tib, G’anisher she'rlarni qaytib berdi va har ikkisini ham yod aytdi. Men qoyil qolganimni bildirib, jilmaydim. Xayrlashuv oldidan birga choy ichdik: Otasi mendan ko'ra G'anisherga koproq mehribonlik qildi. Xuddi u mehmonday edi. Hatto, nonlarning yumshoq joyini olib, og'ziga tutib turar, kosadagi sho'rvani ham puflab ichirardi.

Gazeta G'anisher haqidagi maqolamni bosib chiqardi-yu, lekin meni baribir ishga olmadi.

Oradan o'n yillar o'tib, yo'lim tushganda. G'anisherlarnikiga birrovga kirdim. Ahvol mullaqo o'zgargan edi. G`anisherning otasi ko'rpa-to’shak qilib yotib olgan, onasi molxonada g'imirsib yurar, hovlida hech kim ko`rinmas, yolg'iz farzand G'anisher esa chet elga o'qishga ketgandi. Bemorning og'riqlarga chorasiz chidab yotganidan yaqin orada dori-darmon sotib olmaganligi. ahvol nihoyalda tangligi ko`rinib turardi.

— Ahvolingizdan G'anisherning xabari bormi? — dedim. xuddi uning yarasiga tegib ketadiganday cho"chinqirab.

— Ha, telefon qiluvdim. Bir kelib ket desam vaqtim yo'q, — dedi.

— Pul soramadingizmi?

— Puli yo’q ekan. O'limim yaqin, ozingni bir ko'ray desam, unamadi.

— Nima deydi?

— Olim Ollohning irodasi. Hammamiz ham o'lamiz. Qiyomatda yuz. Ko`rishguncha mendan rozi bo`ling, deydi.

— Telefonlari bormi?

— Bor. Ana, tokchada.

O'shanda telefon raqamlarini yozib olgandim-u, lekin Misrga bormaganimda, G`anisher bilan ko'rishish xayolim-ga kelmasdi. Menda unga nisbatan nafrat tuyg'usi shu qadar kuchli ediki. tutqichsiz jirkanishga aylangandi. Eshitishimga qaraganda. maktabni bitirgach, uni Qohiradagi «A1-Azhar» universitetiga olib ketishgan, u yerda ikki yil o'qigach. universitetdan haydalgan, yana Andijonga qaytib kelgan, keyin Dubayga kctgan, o'sha yerda bir boyvachcha arab ayolning uyiga xizmatkor bo'lib ishga yollangan, yuqori maosh evaziga, «ishqiy munosaballarda shaxsiy gumashta»ga aylangan ekan.

Misr safari harqancha rang-barang bo'lmasin, bir haftalarda nihoyatda zerikdim. Shuncha arabning ichidan bitta o'zbek chiqarmikin, deb ko’nglim har tarafga ilhaq bo’ldi. Bekorchilikdan G'anisherga telefon qila boshladim. Va, nihoyat, ikki kunlik ovoragarchilikdan so’ng, telefonning narigi tomonidan uning ovozi kela boshladi:

— Ha, bilaman, eslayman.

— Qandaysiz, sog'ligingiz yaxshimi?

— Yaxshi.

— Ko'rishmaymizmi, men Qohiradagi «Sheraton» mehmonxonasidaman.

— Uzog'-u! Dubay ancha olisda.

— Otangni koruvdim. Salom aytib yubordi. Andijonga qaytmaysanmi?

— Bilmadim. Hozircha rejada yo’q.

— She'r yozyapsanmi?

— Yo’q. U ishlarni tashlab yuborganman. Siz keeling, bir maishat qilamiz.

— Qanaqa maishat?

— Siz unaqasini kormagansi!

— Otang o'lim to'shagida yotganidan xabaring bormi?

— Hammamiz ham o'lamiz. Siz yaxshisi keeling, haqiqiy hayot nimaligini ko'rsatay. Shohona aysh-ishrat, kayf-safo, baxt-u saodat nimadan iboratligini ko'rsatay. Ahmoqona hayotda sizga nima bor? Erta-yu kech eshakday ishlaysiz. Sevgi haqida she'rlar yozasiz. U quruq gaplar — bir tiyin. Bu yerda men ko'rgan hayot oldida bari bir chaqa. Otam o'lsa, men ham qo'shilib o'laymi?

— Bo'lmasa, otangni ham olib kel. Davola. Yaxshi yashashni o`rgat.

— Otam bu hayotga hech qachon ko`nikmaydi. Bu yerda yasholmaydi. Bu yerda bari boshqacha.

— Nima ham derdim. Xo'p mayli, xayr. Sendagi iqtidoring so'nganidan afsusdaman. Sendan katta kashfiyotlar kutgandim, olamshumul shoir bo`lishingni istagandim.

— She'riyat, bir pullik narsa. Uydirma. yolg'on va sarob xayolotdan iborat alahsirash. Qizlarning orqasidan she'r yozib, yugurib yurish, sharmandalikka olib kelmay-dimi? So'ng, mana shu behayo safsatani hammaga targ'ib qilish qaysi vijdonga to'g'ri keladi?

— Sen she'riyatni tuban qarich bilan o'lchama. Bu yerda qirqqa kirgan boyvuchcha xotinga poyi-patak bo'lib yashash, mana bu — isnod.

— Bu mening hayotim. Ichimda nima borligini bir Xudo biladi, bir men. Siz hukm chiqarmang.

Uning so'nggi so'zi menga qattiq ta'sir qildi. Uzr so'ragancha go'shakni qo'ydim. Unga ozor berdimmikan deya, ko'nglimni g'ashlik egalladi.

Qohira Nil daryosi bo'yida joylashgan, besh ming yoshli, qadimiy shahar. Havosi issiq va quruq. Chang-to'zon va ko'chalarga itqitilgan chiqindilarning hidi dimoqni yoradi. Kunbo'yi shahar aylandim. Bu yerda yozuvchi, Nobel mukofoti laureati Najib Mahfuz yashaydi. Aytishlaricha, olamshumul shuhratga ega bu qariya, garchand kitoblari dunyoning barcha mamlakallarida chop etilgan bo`lsada, hatto urush yillari ham, doimiy ravishda ushbu shaharda yashab kelgan, umrida biron marta hatto safarga ham chiqmagan ekan. Men u zotni ziyorat qilishga juda ko'p urinib ko'rdim. Hatto bu ish bilan vazirning o`zi ham shug'ullandi. Lekin biror natija chiqmadi. Negadir, G'anisher mana shu yerda ikki yil o'qigan bo'lsa, shoir sifatida Najib Mahfuz bilan uchrashishga qiziqdimikan, degan savol meni o'ylantira boshladi. Balki o'shanda unda Vatan haqida o'ylab ko'rishga imkon tug'ilardi. Vatan haqida o'ylab ko'rish uchun Najib Mahfuz bilan uchrashish shartmi?..

Bu yerda har bitta arab o'z Vatani haqida mag'rur gapiradi. Ular meni, goh Piramidalarni ko'rishga, goh Sfinksni ko'rishga, goh O`rtayer dengizida cho'milishga taklif etishardi. Ammo Qohiradan chiqqan zahotingiz biyday cho'l boshlanadi, onda-sonda uchrab turadigan go'zal xurmo daraxtlarini aytmaganda, bir dona giyohni topish amrimahol. Axir bir dona ko'chat o'stirish uchun tagiga uch yil tinimsiz ravishda suv quyib turish kerak.

Yo'llarda har qadamda postlar o'rnatilgan, hujjatlarni tekshirishar, yarim soatlab ushlab turishardi. Misrda, doimiy ravishda urush tahlikasi hukmron. Balki shuning uchundir, odamlarda o'z Vatanlariga muhabbat tuyg'usi juda kuchli. Men esa juda zerikdim. Uyga qaytgach, birinchi qiladigan ishim, «dom»imning tagidagi bir necha yillardan buyon qarovsiz yotgan bir parcha yerga bir necha xil ko'chat o'tkazishni niyat qilib qo'ydim. Axir men uch yillab tinimsiz ravishda ularning tagiga suv quyib turmayman-ku! Bu yil bahorda suqib qo'ysam, yanagi yil kuzda hosilga kiradi.

Qolaversa, kim bilan bo'lsa ham o'zbek tilida to'yib-to'yib gaplashaman, degan sog'inch yuragimni qamrab olgandi.

O`zbekcha ohang, o'zbekcha sheva, talaffuz, qochirimlar, kasbim so'z bo'lgani tufaylimi, meni juda-juda sog'intirgandi. O'n besh kun qirg'oqda qolgan baliqday, o'zim bino bo'lgan hayotdan mosuvo bo'lib, tamoman holsizlangandim. So'ngra hamma-hammasi shu qadar jonga tegdiki. bir soat ichida chiptalarni almashtirib, hayhaylashlariga qaramay, ortga qaytdim. Xayr Sfinks, xayr Nefertiti, xayr Kleopatra, xayr Luksor, xayr Qizil dengiz, xayr Qohira!

Oradan ancha kunlar o'tdi. G'anisher haqida hech kimga gapirmadim. Faqat shoir va yozuvchilardan uning otasiga qanday yordam berish mumkinligi haqida fikr so'radim. Yozuvchilardan biri bir o'ram pul tutdi. Bu himmatga yana bir-ikki shoir qo'shildi. Yana Andijonga qarab yo'l oldim. Qamchiq dovoniga endigina qor tushgan. Havo sovuq, toza, tog'lar xuddi rasmlardagiday go'zal va o'ta muhtasham edi. Kishi qarab to'ymasdi. Yana o'sha qachonlardir g'uj-g'uj odamlardan yorilib ketay degan, endi huvillab, munkillab qolgan, supurilmay xazon bosib yotgan uyga kirib keldim. Karavotda soqollari o'sgan, sillasi qurib holsizlangan, qimirlamay yotaverganidan rangi unniqib ketgan bemor oftobda yotardi. Men u odamga G'anisher haqida, Misrga safarim haqida hech narsa demadim. Faqat gap orasida uning o'zi so'z ochdi:

— Tush ko'ribman. Tushimda odamlar G'anisherga qarab sajda qilishayotgan emish. Mabodo, vaqti kelib, G'anisher bilan uchrashib qolsangiz, albatta etagini o'ping, tavof qiling, ta'zimda bo'ling va mening ham unga sajda qilishimni ayting.

— Alhazar. Alhazar! — dcdim, o'rnimdan sapchib turar ekanman. — Jinni bo'lib qoldingizmi? Darhol so'zingizdan qayting, bo'lmasa dindan chiqib qolasiz...

U sekingina ko'zini yumdi. Biroz orqaga tisarilganimni sezib, yana ochdi:



— Agar shunday qilmas ekansiz, keting bu yerdan...

— Zinhor unday qilmayman, — dedim g'azab bilan va xayr-xo'shni nasiya qilib tashqariga otildim. Farzandiga mehri otani savdoyi qilib qo'ygandi.
Download 54,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish