Operatsiya paytida operatsiyaga hayvonni tayyorlash to‘qimalarni anatomo- topografik tuzilishiga asosan kesish va bir-biridan ajratish, qon oqishini to‘xtatish
Xirurgik operatsiyalarni bajarishda uchta asosiy element mavjud: to’qimalarni ajratish, qon oqishini to’xtatish va to’qimalarni biriktirish.
To’qimalarni ajratish operativ yondoshishga va operatsiyani o’tkazish uchun ishlatiladi.
Kesishga ko’rsatma turli tuman, shuning uchun uni bajarish usullari ham harxil. U ikki usulda olib boriladi: kesish va qatlamlarga ajratish. Kesish yo’li bilan operatsiya olib borish teri, shilliq va seroz pardalarda, teri osti yoki fassiya, aponevroz va yo’g’on muskullarda qo’llaniladi.
Xirurgik operatsiyalarni o’tkazishda shu holat uchun qulay kesish yo’lini topish muhimdir. Ular quyidagi asosiy manbalarga javob berishi kerak:
Xirurgik operatsiyalar o’tkazish vaqtida qon oqishining oldini olish katta ahamiyatga ega. Buning uchun butun organizmga va mahalliy ta’sir etuvchi qon to’xtatuvchi moddalarni ishlatish kerak.
Qon ketishining vaqtincha va batamom to’xtatilishi farqlanadi.
Qon ketishini vaqtincha to’xtatish usullariga quyidagilar kiradi: qisuvchi bog’lam (povyazka) qo’yish, tampon yoki barmoq, qo’l yordamida bosish, gemostatik pinsetlar yordamida qisish, jgut qo’yish. Shundan so’ng qon oqishini batamom to’xtatishga kirishish kerak. Qon oqishini batamom to’xtatuvchi barcha usullarni 4 guruhga bo’lish mumkin: mexanik, fizik, kimyoviy va biologik.
Mexanik usul – qon ketishini mexanik to’xtatish usullariga tomirni yarada yoki undan yuqorida bog’lash, tomir choki qo’yish, bog’lam va tamponadalar kiradi, tomirning uchini qon to’xtatuvchi qisqich bilan burash yo’li bilan qon ketishni to’xtatishning mexanik usullaridan biridir. Qon to’xtatuvchi tamponlarni 48 soatdan keyin olib tashlash tavsiya etiladi.
Fizik usuli – bu usul sovuqni va issiqlikni qo’llashga asoslangan. Ya’ni past haroratning tomirlar spazmasini (torayishini) paydo qilishiga, yuqori harorat esa oqsillarni koagulyasiya qilishga va qon ivishini tezlatishga asoslangan. Buning uchun sovuq suv, qor, mo’z, qizdirilgan temir, issiq 55-600C suv ishlatiladi.
Kimyoviy usuli – bu usulda tomirlarning toraytiruvchi va qon ivishini oshiruvchi preparatlar qo’llaniladi. Ularga quyidagilar kiradi: 3 % li vodorod peroksidi, 1:1000 adrenalin suyuqligi, efidrin teri ostiga otlarga va Y.Sh.H larga 0,05-0,5 g, itlarga 0,01-0,05 g, mahalliy 2-5 %; Ergetin 10 % suyuqlik teri ostiga otlarga 5-10 ml, itlarga 0,5-1 ml; vitamin K (vikasol) Y.Sh.X. 0,1-0,3 gr, itlarga 0,01-0,03 gr muskul orasiga; 10 % kalsiy xlorid yirik hayvonlarga 30-40 ml, maydalariga 2-4 ml vena qon tomiriga.
Biologik usul – qonning ivish xususiyatini oshiradigan moddalar ishlatiladi.
Bugungi amaliyot mavzusi
“Qishloq xo’jalik hayvonlarida uchraydigan xirurgik kasalliklarni tekshirish usullarini o’rganish”.
Har xil tipdagi kasal hayvonlarni klinik tekshirish ma’lum reja asosida amalga oshiriladi; anamnez, umumiy tekshirishlar: ko’rik, palpasiya (paypaslash), perkussiya (urib ko’rish), auskultasiya (eshitib ko’rish), o’lchash, laborator-diagnostik, bakteriologik, rentgenologik va boshqa tekshirish usullari.
Anamnez (anamnesis).
Hayvon egasi yoki hayvonga qarovchi shaxs bilan kasal hayvon to’g’risida o’tkazilgan savol-javoblar yig’ilgan ma’lumotlar majmuasiga anamnez deb yuritiladi. Anamnez ikki qismdan iborat bo’ladi:
1.Kasal hayvonning hayoti to’g’risidagi anamnez – (Anamnesis vitae).
2.Kasallikning kelib chiqish tarixiga oid anamnez – (Anamnesis morbi).
Kasal hayvonning hayoti to’g’risidagi anamnezni o’rganish, hayvonning qanday sharoitda kasal bo’lib qolganligini aniqlashga imkon yaratadi.
Kasallikning kelib chiqish tarixiga oid anamnezni o’rganish, ushbu kasallikning kelib chiqishiga taaluqli ma’lumotlarni aniqlashga imkon yaratadi. Bu qo’yidagi savollarni o’z ichiga oladi:
a) kasallikning qachon aniqlanganligi va u qanday sharoitda paydobo’lgani, ya’ni birdanigami yoki asta-sekinlik bilan vujudga kelganligi. Bunda kasallikning kechishi (o’tkiryoki surunkali) va shu bilan birga qaysi organlar yoki to’qimalar shikastlanganligi aniqlanadi.
b) kasallik qayerda va qanday sharoitda vujudga kelganligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |