Reja gazlarni qisish jarayonlari, izotermik va adiabatik qisish



Download 0,55 Mb.
bet1/3
Sana14.07.2022
Hajmi0,55 Mb.
#800840
  1   2   3
Bog'liq
Sovutish mashinalarida gazlarni siqish jarayonlari va qurilmalari


Sovutish mashinalarida gazlarni siqish jarayonlari va qurilmalari
REJA
1. Gazlarni qisish jarayonlari, izotermik va adiabatik qisish.
2.Gazlarni kompressorda qisish jara-yonlarida bajarilgan solishtirma ishning miqdorini aniqlash .
3.Sovutgichlar kompressorlarining aso-siy turlari va ularning klassifikatsiyasi.
4.Porshenli compressorlar: tuzilishi, ishlash printsipi va asosiy modifikatsiya-lari.
5.Rotatsion kompressorlar: tuzilishi, ishlash printsipi va asosiy modifikatsiya-lari.
6.Spiral va vintli kompressorlar: tuzilishi, ishlash printsipi.

Gazlarni (ya’ni sovitish agentining to’yingan yoki to’yinmagan bug’larini) qisish natijasida uning hajmi, bosimi o’zgarishi bilan temperaturasi ko’tarilib, issiqlik ajralib chiqadi. Nazariy jihatdan gaz ikki xil jarayonda qisiladi. Qisish vaqtida ajralib chiqqan issiqlik tashqi muhitga tortib olinsa izotermik, agar faqat gazni isitish uchun sarflansa adiabatik jarayon deyiladi. Izotermik jarayonda issiqlik ajratib olinib turilgani uchun, gazning va jarayonning temperaturasi o’zgarmas bo’ladi. Adiabatik jarayonda tashqi muhit bilan issiqlik almashinmaydi. Hakqiqatda esa qisish vaqtida ajralgan issiqlikning bir qismi tashqi muhitga tarqaladi va qolgan qismi gazni isitishga sarflanadi. Gaz politropik jarayonda qisiladi. Gazlarni kompressorlarda qisish jarayonlarida bajarilgan solishtirma ishning miqdori T-S diagramma orqali aniqlanadi. T-S diagrammada o’zgarmas bosim va temperaturaga to’g’ri kelgan qiymatlar gorizantal chiziqlar bilan tasvirlangan. Agar diagrammada izotermik jarayonni ko’radigan bo’lsak, qisish davomida gazning temperaturasi o’zgarmas bo’lib, bosimning p1 dan p2 gacha o’zgarishi 1 va 2 nuqtalarini tutashtiruvchi chiziq orqali ifodalaniladi .



Bug’ - kompression mashinaning ishchi tsikli PORSHENLI KOMPRESSORLAR

Kompressor – sovitish agentlarini bug‘latgichdan so‘rish, qisish va o‘ta qizigan holda kondensatorga haydab berish uchun mo‘ljallangan mexanizmdir. Sovitish mashinalarida porshenli, spiralli, vintli, rotorli, hamda dinamik printsipda ishlovchi turbo kompressorlar qo‘llaniladi. Porshenli kompressorlar tsilindrlarning joylashuviga ko‘ra vertikal, gorizontal va burchakli turlarga bo‘linadi. Burchakli kompressorlarda tsilindrlar vertical – gorizontal va qiya, ya'ni V hamda W simon joylashadi. Har bir turning kompressorlari tsilindrlar soni, qatorlar soni bilan farqlanadi. Porshenli kompressorlar asosan kichik va o‘rta sovuqlik ishlab chiqarish mashinalarida qo‘llaniladi. Ko‘p hollarda blok – karterli qilib ishlab chiqariladi.

pasayadi va so‘ruvchi klapan ochiladi. Past temperatura va
bosimga ega sovitish agenti tsilindrga so‘riladi.
“Г va A” sxemada siqish va haydash jarayoni tasvirlangan. Porshen' yuqoriga harakatlanadi va bug‘ni siqadi. Shundan so‘ng haydash
klapani ochiladi va yuqori temperatura, hamda bosimga ega bo‘lgan
bug‘ kompressordan chiqariladi.
Porshenli kompressorlarning asosiy modifikatsiyalari: germetik, yarim germetik va ochiq kompressorlar (konstruktsiyasi, dvigatel' turi va qay maqsadda ishlashi bilan farqlanadi).
Germetik kompressorlar kichik quvvatli sovitish mashinalarida
qo‘llaniladi (1,5 -3,5 kVt). Germetik korpusning ichida elektrodvigatel' joylashgan. Elektrodvigatel' so‘rilayotgan sovitish agenti bug‘lari yordamida sovitiladi.
Yarim germetik kompressorlar o‘rtacha quvvatli (30 - 300 kVt)
sovitish mashinalarida qo‘llaniladi. Yarim germetik kompressorlarda elektrodvigatel' va kompressor to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘langan va bitta korpusda joylashgan. Ushbu kompressorning afzallik tarafi
– ishdan chiqqish holatida elektrdvigatelni, klapanlarni, porshen
va boshqa detallarni qayta ta'mirlash uchun korpusdan chiqarib
olish mumkin. Elektrodvigatel’ so‘rilayotgan sovitish agenti bug‘lari
yordamida sovitiladi.
Ochiq kompressorlar elektrodvigatel’ bilan ajratilgan holda
bo‘ladi va ularning vallari mufta yoki uzatkichlar yordamida
bog‘lanadi. Ko‘pchilik sovitish mashinalarining unumdorligi invertorlar – kompressor aylanish chastotasini (aylanishlar soni)
o‘zgartiruvchi maxsus uskunalar yordamida o‘zgartiriladi.
Yarim germetik kompressorlarda unumdorlik o‘zgartirishning
boshqa yo‘li ham mavjud bo‘lib, bunda haydalayotgan bug‘ning bir
qismi qayta so‘riladi yoki ba'zi so‘rish klapanlarining ishlatilmasligini ta'minlaydi .
Porshenli kompressorlarning asosiy kamchiliklari:
– yuqori darajada shovqinni keltirib chiqaruvchi sovitish agenti bug‘lari bosimining pul'satsiyalanishi;
– katta quvvatni talab qiladigan va kompressorning yemirilishiga
olib keladigan ishga tushirishdagi katta yuklama .
Yarim germetik compressor qirqimi
Bunday kompressorlarning konstruktiv asosi cho‘yandan quyilgan ,
fasonli quyilgan cho‘yan yoki alyuminiy qotishmalardan tashkil topgan. Bloklarning maxsus ajratilgan joylariga cho‘yandan quyilgan
yupqa devorli tsilindrlarning vtulka – gil'zalari presslangan.
Quyma qopqoqlar tsilindrni yoki tsilindr guruhlarining ustini yopadi va klapan plitkalarini qotirib turadi. Kompressorlarda tsilindrlarning sovutilishi uchun suv yoki havodan foydalaniladi.
Suv bilan sovitish uchun bloklarda sovitish yuzalari qo‘llaniladi.
Havo bilan sovitish kompressorlarida blok yuzalari tepada joylashgan bo‘lib , uning bosh qismi, asosan, tashqi qovurg‘ali ko‘rinishda bo‘ladi.
Kichik va o‘rta quvvatli sovitish kompressorlarida moylashning kombinasiyalangan turi qo‘llaniladi. Yuzaning bir qismidagi
ishqalanishni moy nasosi hosil qiladigan bosim ostidagi moylanish bilan amalga oshiriladi. Qolgan qismi moyning har tomonga
sachrashidan, ishqalanish yuzasida qolib ketadigan moylar bilan
amalga oshiriladi. Moy nasosga kirishda yirik, chiqishda esa mayin
tozalanish fil'trida tozalanadi. Ba'zan chiqishda yirik fil'trda
metal qoldiqlaridan tozalash uchun magnitli fil'tr o‘rnatiladi.
Uy - ro‘zg‘or va maishiy sovutgichlar va muzlatgichlarda elektrodvigatel' va kompressor bitta korpusda joylashgan germetik kompressorlar ishlatiladi .




Download 0,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish