Qin orqali urug‘ olish (qinning o‘zi orqali urug‘ olish va dengiz buluti (gubka) yordamida urug‘ olish mumkin);
O‘retral usuli (masturbatsiya, mexanik fistulali, elektroeyakulyatsiya va sun’iy qinga urug‘ olish usullari kiradi);
Xirurgik usul.
Sun’iy urug‘lantirishda ishlatiladigan asboblar:
1. Sigir va g‘unojinlarni sun’iy urug‘lantirish uchun shisha shpris- katetrlar, o‘lchovchi moslamali shpris-katetr, rezina balonli katetr, bir marta ishlatiladigan polietilen qo‘lqoplar, uzunligi 8, 41 va 42 sm polisterol pipetkalar, birlashtiruvchi muftali kapron shpris (2 ml), qin oynasi.
2. Qo‘y va echkilarni sun’iy urug‘lantirish uchun mikroshpris, o‘lchovli
moslamali mikroshpris, yarim avtomat-shpris, qin oynasi.
3. Cho‘chqalarni urug‘lantirish uchun katetrli polietilen flakonchalar (POS-5), rezina naychali shishachalar, katetr va Richardson shari bo‘lgan shisha idishlar, universal zondli termos uskuna (UZK-5);
4. Parrandalarni sun’iy urug‘lantirish uchun shpris va polisterol yoki shisha pipetka, qo‘ylarni urug‘lantirish uchun ishlatiladigan mikroshpris va rezina naychali shisha pipetkalar.
Sun’iy urug‘lantirish punktida 1 - 3%-li natriy bikarbonat, 1,5%-li kalsiylantirilgan kir yuvish sodasi, 3%-li kir yuvish poroshogi, 0,9 va 3%-li natriy xlorid, 2,9%-li natriy sitrat, 1:5000 nisbatli furasillin, 3%-li vodorod peroksid eritmasi, xromli qorishma (xrompik), konsentrlangan sulfat kislotasi, 5%-li eozin eritmasi, 96 va 70%-li spirt rektifikat hamda distillangan suv bo‘lishi kerak.
Hayvonlarning sun’iy urug’lantirishdan oldin ishlatiladigan asboblarning tozaligi sterillanganligiga va boshqa sanitariya gigiyena qoidalariga yaxshilab e’tibor berish kerak
Spermaning sifati makroskopik (vizual) va mikroskopik usullarda baholanadi. Spermaning sifatini makroskopik baholashda uning hajmi, rangi, hidi va konsistensiyasi aniqlanadi. Spermasining hajmi menzurkalarda aniqlanadi.
Spermaning sifatini mikroskopik baholashda esa uning xromosomalarining tuzilishi gendagi irsiy belgilar o’rganiladi.
Men amaliyotning keyingi kunida
“Texnik osemenator bilan birgalikda hayvonlardagi jinsiy sikl fenomenlarini aniqlash, sun’iy urug’lantirish uchun eng qulay vaqtlarni aniqlashni o’rganish. Urug’ni muzlatish va past haroratda saqlash uni qinga yuborish uchun tayyorlashni o’rganish. Urug’ni bachadonga yuborish usullarini o’rganish.” mavzusida amaliyot olib bordim.
Hayvonlarni sun’iy urug’lantirish vaqtlarini aniqlash kata ahamiyatga ega.hayvon yaxshi kuyga kelgan vaqtda sun’iy urug’lantirilsa yaxshi natijaga erishish mumkin bo’ladi.Spermani muzlatish va uzoq muddatga saqlash uchun maxsus apparatlar va stasionar saqlagichlar (KV-6202 kabilar) ko‘llaniladi. Buqalar spermasi vtoroplast taxtachasida granulalar shaklida, qobiqli granulalar va polipropilenli somonchalar (payettalar) shakllarida muzlatiladi.Urg‘ochi hayvonlarni sun’iy urug‘lantirish vaqti, martasi va samaradorligi ko‘p darajada spermani aynan o‘z vaqtida yuborishga bog‘liq. Sun’iy urug‘lantirish jinsiy moyillik vaqtida, ya’ni ovulyasiyadan oldin, uning boshlanishiga yaqin o‘tkazilsa, uning samarasi yuqori bo‘ladi
Bachadon bo’yni kanaliga sperma yuborishning to‘rtta usuli mavjud:
Epi -servikal,Vizo-servikal, Mano-servikalRekto-servikal.
Do'stlaringiz bilan baham: |