Amonov firdavsning ishlab chiqarish texnologik amaliyoti



Download 93,85 Kb.
bet7/18
Sana30.04.2022
Hajmi93,85 Kb.
#596935
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18
Bog'liq
3-KURS VETERINARIYA HISOBOTI

Pirochov usuli.
5 % yod eritmasini Operatsiya doirasiga markazdan tashqariga qarab ikki marotaba surtib chiqish talab etiladi. Birinchi surtish Operatsiyadan 10 daqiqa oldin, ikkinchi surtish esa to’ppa-to’g’ri tiqishmani kesishda bajariladi.
Eslatma: ba’zi darsliklarda bu usulni Grossix yoki Filonchikovniki deyilgan.
1947 yilda yod eritmasini N.I. Pirochov birinchi bo’lib qo’llagan.
Mish usuli.
5 % kaliy permanganatning quyuq eritmasi bilan Operatsiya qilinadigan joy ikki marotaba yuvib chiqiladi.
Borxers usuli.
Ayrim vaqtlarda tananing ifloslangan biror qismiga (chot oralig’i, oyoqning pastki qismlari va boshqalar) 5 % formalin eritmasini ishlatib yuvib tozalash kerak.
Operatsiya o’tkaziladigan joyni dezinfeksiya qilgandan keyin Operatsiya choyshabi yopiladi. Operasion maydonga (jarohatga) yo’l ochish uchun choyshabning o’rtasi kesilgan bo’ladi. Operatsiya choyshabini tana terisiga Bakgao’z qisqichi orqali mustahkamlash kerak.
Amaliyotning keyingi kunidagi mavzu
Kasal hayvonlami operatsiyaga tayyorlash, operatsiya o‘tkazilgan kasal hayvonlar ustidan nazorat olib borish.”
Hayvonni operatsiyaga tayyorlash katta ahamiyatga ega, chunki operatsiyani natijasi shunga bog’liq. Operatsiyadan oldin hayvonni hayotiy muhim bo’lgan organlarni ish faoliyati tekshiriladi: yurak, o’pka, jigar va buyrakning, ularning funksiyasini o’zgarishlarini o’z vaqtida aniqlab to’g’ri chora tadbirlar to’zib bartaraf qilish mumkin, tekshirish vaqtida infeksion kasalliklarni inkor etish lozim. Operatsiya rejali ravishda olib borilsa hayvon 12-24 soatli yarim parhezda saqlanadi. Aniqlangan kasallikni davolash lozim.
Operatsiya so’zi lotin tilidan olinib opera - harakat, ish, mehnat ma’nosini bildiradi.
Xirurgik operatsiya bu asosan davolash va diagnostik maqsadida hayvon to’qima va organlariga mexanik ta’sir qilish ma’nosini bildiradi.
Operatsiyani o’tkazish shundagina maqsadga muvofiq bo’ladi, qachonki uni o’tkazish natijasida hayvonni mahsuldorligi tiklanib yoki ko’paysa, ya’ni veterinariyada iqtisodiy taraf birinchi o’rnida turishi lozim.
Operatsiyani boshlashdan oldin diagnoz aniqlanadi va shunga qarab operatsiya o’tkazishga ko’rsatma va qarshi ko’rsatmalari namoyon bo’ladi. Operatsiya o’tkazishga ko’rsatma: mutloq va nisbiy bo’lishi mumkin.
Mutloq ko’rsatmalar (indicatio vitalis)- patologik jarayon hayvon organizmiga o’ta xavfli ta’sir qilib, o’limga olib kelishi mumkin: o’sma, ichki organlarni qisilishi, havo o’tmaslik, timpaniya. Nisbiy Ko’rsatmalar va patologik jarayon hayvon organizmiga xavf tug’dirmaydi, mahsuldorlik pasaymaydi.
Qarshi ko’rsatmalar: ozg’in, qari yosh, jarayonni kuchayishi, operatsiya o’tkazish iloji bo’lmasa, homilani ikkinchi yarmi, qo’yga kelishi, yuqumli kasalliklar.
Operatsiyani o’tkazishdan oldin jismoniy va yuridik shaxsdan ruhsat olish kerak va operatsiyani rejasi to’ziladi.
Barcha xirurgik operatsiyalar ikki turga bo’linadi: qonli va qonsiz. Maqsadi bo’yicha: davolash, diagnostik, iqtisodiy, eksperimental.
Davolash operatsiyalar o’tkazilishiga qarab: favqulotda tez va rejali ravishda olib boriladi.
Xususiyatiga qarab: radikal va polliativ. Bundan tashqari: aseptik, septik, plastik, kosmetikalarga bo’linadi. Operatsiyaning tarkibiy qismi 3 etapdan iborat:
1. Operatsiyaga yo’l ochish (kirish) – bunda kesim o’tkazilib patologik jarayonga yoki organga yo’l ochib boriladi.
2. Operatsiyani o’tkazish (bajarishi) – organ yoki to’qimadagi patologik jarayonni qisman yoki to’liqcha olib tashlash, bunda uni funksiyasini bo’zmaslikga intilish kerak. «Xirurg fiziologik fikrlab, anatomik operatsiya qilishi kerak».
3. Yakuniy bosqich – choklash, drenaj, bog’lam qo’yish.
Operatsiya o’tkazish uchun qulay sharoitlar yaratish va yaxshi natija olish uchun kasal hayvonni operatsiyaga tayyorlash lozim. Bunning uchun uning umumiy klinik

ko’rsatkichlari tekshiriladi harorati, nafas olish va yurak urishi tekshiriladi. Organizmning hayotiy muhim sistemalari tekshiriladi, teri kasalliklari bor-yo’qligi aniqlanadi.


Operatsiya o’tkazilgandan keyin jarohatni bitishini tezlashtirish uchun barcha sharoitlar yaratilishi lozim. Agarda operatsiya oshqozon-ichaklarda olib borilgan bo’lsa parhez ratsion bilan ta’minlash kerak, ya’ni tez hazm bo’ladigan oziqalar berilishi kerak.
Veterinariya vrachlari har xil turdagi hayvonlar bilan ishlashiga to’g’ri keladi, uy hayvonlaridan boshlab to yirtqichigacha, shuning uchun ular bilan ishlash vaqtida texnik xavsizlkga qat’iyan rioya qilish lozim.
Hayvonlarning xulq-atvorini, tashqi muhitda o’zini tutishini o’rganadigan fan etologiya deb ataladi, hayvonni fe’l-atvorini shakllanishiga atrof-muhit, saqlash sharoitlari, o’nga nisbatan munosabat ta’sir qiladi.
Hayvonlar bilan ishlash vaqtida ko’pchilik reflekslar orasida, ikkita muhim refleksni e’tiborga olish lozim – bu o’z-o’zini himoya qilish va erkinlik. Bundan tashqari nerv sistemasini tipiga ham e’tibor berish lozim va har bir hayvonga individual yondoshish kerak. Nerv sistemasining tipi 4 ga bo’linadi: Xolerik – qo’zg’aluvchan; sangvinik-harakatchan; flegmatik befarq; melanxolik nimjon. Buni hayvonni fiksatsiya qilish vaqtida va podalarni tashkil qilish vaqtida e’tiborga olish lozim.
Hayvonlarni fiksatsiya qilishdan asosiy maqsad:
1) Xirurgga operatsiya maydonida erkin va xavfsiz harakat qilishini ta’minlash.
2) Hayvonni harakatsizlantirib, normal ish sharoitini yaratish.
3) Operatsiya vaqtida hayvon o’ziga va operatsiyada qatnashadiganlarga shikast yetkazmasligini oldini olish.
Hayvonlar tik va yotgan holatda fiksatsiya qilinishi mumkin.

Amaliyotning keying kunida



Download 93,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish