Dorilarni ta’sir mexanizmi- bu tirik organizmni biokimyoviy va fiziologik richaglarni jalb qilish va ularga susaytirib yoki kuchaytirib ta’sir etish. Richaglar-bu ionlar, biokimyoviy strukturalar retseptorlar va boshqalar.
Dorilarni ta’sir mexanizmi va farmakodinamikasi o‘zaro aloqada bo‘ladi va birga o‘tadi.
Amaliyotda dori moddalarni qo‘llash uning farmakodinamikasi va ta’sir mexanizmiga asosan ishlatiladi. Shuning uchun dorilar ta’sir mexanizmini to‘liq bilish uni qo‘llashda yuqori bahoga egadir.
Hayvonlarda dorilarni ta’sir mexanizmi organizmga tushgandan so‘ng namoyon bo‘ladi va bu jarayon 5 ta ko‘rinishda bo‘ladi.
1. Dorilarni organizm bilan birlamchi ta’sir reaksiyasi yoki fizik usulda ta’sir etish. M: ichni suradigan tuzlar shu yo‘l bilan ta’sir etadi va ichakda osmatik bosimni kuchaytirib suvni so‘rilishini to‘xtatadi, natijada ichak peristaltikasi kuchayadi.
2. Kimiyoviy o‘zgarishlar. Dorilarni shu usulda ta’sir etishiga kislota bilan ishqor misol bo‘ladi. Ular organizmda hujayra komponentlari bilan reaksiyaga kiradi.
3. Biokimyoviy o‘zgarishlar. Dorilar organizmga tushgach organizmdagi fermentlarga ta’sir ko‘rsatadi, natijada organizmdagi bioximik jarayonlarni borishi o‘zgaradi. Masalan: fizostigmin yuborilsa xolin esteraza fermenti aktivligi pasayadi.
4. Fiziologik o‘zgarishlar. Dori moddalari ba’zi hollarda organizmdagi fiziologik ahamiyotga ega bo‘lgan moddalarga antoganistik raqaboti prensipiga asosan ta’sir ko‘rsatadi.
Amaliyotning keying kunidagi mavzu
“Tuman (shahar) veterinariya xizmatining tashkiliy tuzilishini o’rganish.”
Tumanlar veterinariya xizmati tashkil qilinadigan hududlarning asosiy tarkibiy qismi bo’lib, u joylarda asosiy chorvachilik mahsulotlari ishlab chiqiladi.Veterinariyada bajariladigan profilaktik, davolash, vet.sanitar va epizootiyaga qarshi kurash tadbirlarining undan to’qqiz qismi tumanlarda amalga oshiriladi.Tumanlardagi veterinariya xizmati tuman veterinariya bo’limi, veterinariya stantsiyasi, laboratoriyasi, xo’jaliklar, hissadorlik jamiyatlari, korxonalar va tashkilotlardagi mutaxassislar tomonidan amalga oshiriladi. Tuman veterinariya bo’limi boshlig’i (bosh vet.vrachi) ularga rahbarlik qiladi.
Tuman davlat veterinariya tarmog’ini tuman veterinariya bo’limida, veterinariya stantsiyasi (hayvonlar kasalliklari bilan kurashish stantsiyasi), uchastka veterinar shifoxonalari hamda veterinar uchastkalaridan tashkil topadi. Shuningdek, tuman markazi, shahar va qo’rg’onlardagi bozorlarda tuman tasarrufidagi veterinariya-sanitariya ekspertiza laboratoriyalari ham mavjud.
Davlat veterinariya muassasasi tuman miqyosida veterinar xizmatini tashkil qiladi va amalga oshiradi.
Tuman veterinariya stantsiyasidagi mutaxassislarning soni tumandagi mol boshiga, joylashish o’rni va hududiy kengligiga bog’lik holda 11-19-tagacha bo’lishi mumkin.Eng ko’p belgilanadigan shtatlar: 3 ta veterinar vrach, 2 ta feldsher, 2 ta sanitar va katta hisobchi.
Vrachlar: Epizootolog vrach, vrach-akusher, terapevt vrach.
Dez.otryad boshligi - veterinar vrach.
Veterinariya bo’lim boshligi bir paytda tuman bosh veterinar vrachi lavozimini ham egallaydi.Stantsiya mutaxassislari qo’yidagi tadbirlarni rejalashtiradi, tashkilashtiradi va kasalliklarni oldini olish hamda yo’qotishni amalga oshiradi. SHuningdek, hayvonlarni maqbul sharoitlarda asrash, oziqlantirish, davolash, emlash, klinik va laborator diagnostik tekshiruvlar o’tkazishda ishtirok etadi.
Stantsiya xodimlari hayvonlarning qisir qolishini oldini olishda ham hamkorlik qilishadi.Vrach-epizootolog, vrach-terapevt, vrach-akusher, vrach-parazitolog kabi lavozimlardagi mutaxassislar ham o’z sohalari bo’yicha mas’uldirlar.
Bugungi amaliyot mavzusi
“Veterinariya sohasida yuritiladigan jurnallarni va hisobatlarni rasmiylashtirish tartibini o’rganish.”
Veterinariya hisob-kitobi hujjatlari muassasa va xo’jalik yunalishiga qarab yuritiladi.
Hammasi 36 jurnal.
Do'stlaringiz bilan baham: |