15 - Mavzu: Otlarni VA Parrandalarni oziqlantirish
REJA:
Otlarning oziqalarni hazmlanish jarayonidagi ayrim biologik farqlar.
Ishchi otlarni oziqlantirish va ularning to‘yimlik moddalarga bo‘lgan talabi.
Nasllik ayg‘irlarni oziqlantirish va ularning to‘yimlik moddalarga bo‘lgan talabi.
Bug‘oz va emizadigan biyalarning to‘yimlik moddalarga bo‘lgan talabi.
Tayanch iboralar: ishchi ot, nasillik ayg‘ir, Bug‘oz va emizikli biya, otlarni oziqlantirish tiplari, ishchi otlarga, me’yor belgilash.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar ro’yxati
Asosiy adabiyotlar:
1.Hamroqulov R., Karibayev К. Qishliq xo’jalik hayvonlarini oziqlantirish. Тоshkent 1999.
2.Петухова Е.А. и др. Практикум по кормлению сельскохозяйственных животных. М.1991.
3.Богданов Г.А. Кормление сельскохозяйственных животных. М.1990.
Xorijiy adabiyotlar:
1.Jurgens Marshall H , Bregendahl Kristjan , Coverdale Jozie , Hansen Stephanie L. Animal Feeding and Nutrition. Kendall Hunt Publishing; 11 edition.
Qo’shimcha adabiyotlar:
1.Калашников А.П. и др. Научные основы полноценного кормления сельскoхозяйственных животных М. 2003.
2.Durst L., Vittman M. Qishloq xo’jaligi hayvonlarni oziqlantirish. Urganch 2010.
3.B. Yahyayev, Q. Haydarov. Ozuqalarning zootexniyaviy tahlili. Samarqand 2012. (uslubiy qo’llanma).
4.Zooveterinariya jurnali.
Internet saytlari:
www.wikipedia;
www.cnshb.ru;
www.ya-fermer.ru
Mavzu matni. Otlar bir kamerali oshqozonga ega bo‘lib utxur hayvon hisoblanadi. Otlarning ovkat hazm qilish organi barcha turdagi usimlik oziqalarini hazmlash imqonyatiga ega. Otlar xidni yaxshi sezadi, labi harakatchan va sezuvchan. SHuning uchun ham otlar oziqaning eyiladigan qismidan unumli foydalanadi eyilmaydigan qismni qoldiradi tup roq, qum, yovvoyi usimliklar urug‘i va x.k.
Chaynash muskullari kuchlirivojlangan, tishlari mustaxkam va ko‘p
mikdorda ajraladigan sulak suyuqliklari yordamida qattiq. quruq usimlik oziqalardan yaxshi foydalanadi.
V.Zllenbergerning aytishicha har 1 kg iste’mol qilingan pichan va paxol uchun 4 kg, don oziqalar uchun 2 kg atrofida ajralar ekan. Ko‘k utlar va ildizmevaliklarga sulak kup ajratmaydi. Otlarning sulagi parchalash (diastatik) xususiyatga ega bo‘lmasdan, mexanik ta’sir ko‘rsatishga yordamlashadi. Oziqa og‘iz bo‘shlig‘ida ko‘p turmasdan (20-30 sek) namlanib maydalangan holatda qizil ungach orqali uncha katta hajmga ega bo‘lmagan (15-16 l) oshqazonga tushadi, sungra bezsiz kur xaltaga va bezli 3 qismdan iborat bo‘lgan oshqazonning pastki qismiga tushadi (kardial, fundal va pilorik).
Zllenbergerning kursatishicha otlar oshqazonida oziqalar qatlam-qatlam bo‘lib joylashadi. Qatlam bo‘lib hazmlanadi. Oshqozon devorlari motorika harakati oziqani ichaklar tomon siljitadi. Ayrim paytda etarli darajada oshqazon suyukligi ta’sir etmagan oziqa 12 barmokli ichakga siljiydi bunday xolat hazmlanishni buzadi va kasallikga sababchi bo‘ladi. SHuning uchun otlarni oziqlantirish va sug‘orishda qattiq tartibga rioya qilinishi zarur. Oziqa tarkibidagi fermentlar, me’da shirasi va bateriyalar yordamida oshqozonda amilopiptik jarayon va uglevodlarning achishi natijasida sut kislotasi hosil bo‘ladi. Bu jarayon oshqozonda tez kechadi. Sungra ichakga utib qon va limfaga so‘riladi. Otlar ichagi kovshovchilarga nisbatan 2,0-2.5 marotaba kalta bo‘ladi. Qolgan oziqalarning achishi ko‘r ichakda bo‘lib, bu ichakning xajmi 16-18 l bo‘ladi. Umuman oziqaning asosiy qismi oshqazon va ichakda hazmlanadi. Yug‘on ichakda so‘rilish nixoyatda kam bo‘ladi. V.Zllenbergerning kuzatishicha oziq-ovqat hazm qilish organlarida 90-100 soat davom etadi shundan 6-12 s oshqozonda, keyin 6-12 soat ingichka ichakda, 24 soat ko‘r ichakda qolgan (42-64 soat) tug‘ri ichakda bo‘ladi.
3.Volf tomonidan o‘tkazilgan tajribalar va undan keyingi olimlar tomonidan o‘tkazilgan tajribalar natijasi shuni kursatadiki otlar barcha turdagi oziqalar tarkibidagi kletchatkani hazm qilish kovshovchilarga nisbatan past bo‘lib dag‘al oziqa tarkibidagi boshqa to‘yimlik moddalardan ham kamrok foydalanadi. Qonsentrat oziqalardagi to‘yimlik moddalardan foydalanish darajasi kovshovchilardai kolishmaydi.
Oziqalarning hazmlanishiga bajaradigan ish mikdori ham ta’sir ko‘rsatadi. Asta qadam tashlab urta va engil ish bajarsa. tez yurib ya’ni yurg‘alab shunday ishni bajargan otlarga nisbatan yaxshi hazmlanadi. Og‘ir ish bajaradigan otlarda hazmlanish yuqori darajada bo‘lmaydi. SHuning uchun otlar radioni engil hazmlanadigan oziqalardan tashkil topishi maqsadga muvofiq.
Otlarning oziqlantirishni tug‘ri tashkil etish uchun bajaradigan ish hajmini bilish zarur. Otlar bajaradigan ish muskul ishlari bilan bog‘liq, organizmda moda almashinuvining kuchayishiga zaxiradagi tuy im moddalarning - glikogen, oqsil va yog‘larning parchalanishiga sababchi bo‘ladi. Bajaradigan ish qanday va uzoq mudatli bo‘lsa moda almashinuvi yanada kuchayadi va kuproq energiya talab qiladi.
Otlar bajaradigan ish. foydali mexanik ishga nibatan ancha yuqori bo‘ladi. Otning o‘zini harakatga keltiruvchi ish bajaradigan foydali mexanik ishning 20-30% tashkil etadi. Bajaradigan foydali mexanik ish kattaligi odatda kilogramm metrda ulchanib hayvonning tortish kuchini yo‘naltirish bilan bog‘liq bo‘ladi va dinometr asbobi bilan ulchanadi. Tortish kuchi esa o‘z navbatida otning tirik vazni, muskulning rivojlanishi va nerv faoliyati bilan bog‘liq bo‘ladi.
Oziqadan keladigan energiyani va ish uchun sarflanadigan qismini ulchash uchun issiklik mexanik ekvivalentidan (mexanicheskiy ekvivalent teplotы) foydalaniladi: ya’ni 1 kkal = 425 kg/m ish.
Ishchi otlarning asosiy energiya manbai engil hazmlanuvchi uglevodli oziqalar bo‘lishi zarur. Ratsionga kraxmal va qand etishmasa, og‘ir ish bajarsa avvalo organizm zaxiradagi moddalarni sarflaydi, sungra energetik tenglikni saqlash uchun muskul oqsillarni parchalaydi. Ishchi otlar energiya bilan etarlik ta’minlanmasa, tez oriqlaydi va ishlash qobilyatini yuqotadi.
Otlar tug‘ri oziqlantirilsa va saqlansa ularning ish qobiliyati, xo‘jalikda foydalanish muddati (10-12 yil) oshadi.
Ishlab chikarishda otlar bajaradigan ish turtga bo‘linadi: dam olish (ishlamaydigan), engil, urta va og‘ir ish bajaradigan otlar.
Ish bajaradigan otlar tanasi ham, ish bajarish holatida saqlanishi zarur. Ularning to‘yimlik moddalarga bo‘lgan talabi kuyidagicha:
Tirik vazni 400 500 600
Oziqa birl.kg 4.2 4.8 5.5 6.2
Ishlamaydigan otlarning har 100 kg t/vazniga ratsionda hazmlanadigan protein mikdori 75 g dan kam bo‘lmasligi kerak. Ularning ratsioni asosiy pichan va baxorgi somonlardan tashkil topib em miqdori kamroq harajat qilinishi maqsadga muvofiq.
Ishlaydigan otlarga bajaradigan ish miqdori va turiga qarab ratsionda etarlik darajada to‘yimlik moddalar bo‘lishi kerak. Turli tirik vaznidagi otlar bajaradigan ish qo‘yidagi ko‘rsatkichlar asosida harakterlanishi mumkin.
Otning tirik vazni, kg
|
400
|
500
|
600
|
Tortish kuchi, kg
|
60
|
70
|
80
|
Engil ish, ming, kg/m
|
900
|
1 100
|
1200
|
Urtacha ish, ming, kg/m
|
1500
|
1800
|
2000
|
Ogir ish, ming, kg/m
|
2100
|
2500
|
2800
|
Engil ish bajarganda har 100 kg t/vazniga har 1 soatda 0.0443 oziqa birligi. o‘rtacha ish bajarganda - 0,0600, og‘ir ish bajarganda 0.0767 oz.biriligi qabo‘l qilish zarur.
Engil ishda 4 soat, urtachada 6 soat, og‘irda 9 soat foydalaniladi. Miniladigan otlar har 100 kg t/vazniga har 1 km yul uchun 0,0267 oz.birligi, minilmasdan erkin yurgan paytda esa har 100 kg t/vaznga 0,0210 oz.birligi talab kiladi.
Otlar har 1 oz.biriligiga X/P ni 80 g, 4-5 Sa, 4-5 g R, 10-15 mg karotin qabo‘l qilsa zavod qonditsiyani saqlab normal ish qobilyatiga ega bo‘ladi.
Ishchi otlar ish jarayonida kuchli terlaydi va shu jarayonida organizmdan kup tuz ajratadi, shuning uchun ishlamaydigan va engil ish bajaruvchi otlarning 100 kg t/vazniga 6 g, o‘rtacha ish bajarganda 8 g, og‘ir ish bajarganda tana terisi quruq holatda bo‘lib, oyoq tuyoqlari yorilib qattiq yullarda foydalanish yaxshi bo‘lmaydi.
Otlar o‘rtadan past semizlikda bo‘lsa kunlik me’yorga qo‘shimcha em berish hisobigato‘yimli moddalarga bo‘lgan talabi qondirilishi mumkin.
Otlar har 100 kg t/vazniga 4 kg pichan eyish imqoniyatiga ega, ammo hajmli dag‘al oziqaning kup berilishi nafas olishni qiyinlashtiradi, normal ishlashga xalaqit berib kup ter ajralishiga sababchi bo‘ladi. Ishchi otlar bajaradigan ish turiga qarab har 100 kg t/vaznga 1,5-2,0 kg dag‘al oziqa beriladi. Og‘ir ish bajarganda esa 1 kg tushirish m aqsadga muvofiq.
Otlar uchun mog‘orlangan pichanni ratsionga kiritish xavfli. Zaruriyat bo‘lgan paytlarda pichanning ma’lum qismi. bahorgi samon bilan (suli, tarik, arpa, butg‘doy somoni) almashtirish mumkin ammo bunday holatda ratsion e’tiborga olinishi kerak.
Yoz davrida 20-50 kg ko‘k oziqalar beriladi. Don oziqalardan suli donini eng sevib iste’mol qiladi. Bu donni iste’mol qilganda oshqozon ichak faoliyatida buzilish yuz bermaydi. Don oziqalardan makka va arpa doni asosiy energiya manbai hisoblanadi. Javdar doni doimo maydalanib berilishi kerak chunki ular qiyin chaynaladi, oshqozonda shishadi (nabuxaet) va sanchiq xosil qiladi.
Otlar uchun bug‘doy kepagi ham yaxshi oziqa xisoblanadi chunki bu oziqa proteinga, fosforga va «V» gurux vitaminlariga boy bo‘ladi.
Ildizmevalik oziqalar ham yaxshi hazmlanadi, ammo ularni tez yuruvchi va og‘ir ish bajaruvchi otlarga ko‘p berish mumkin emas.
Ishchi otlarga yuqori sifatli silos ham berish mumkin. Otlarda hazmlanish normal kechishi uchun kuyidagi mikdorda oziqalar berilishi maksadga muvofik (undanoshmasligi kerak).
Suli.
|
8,0
|
quruq pivo drobinasi
|
3,0
|
Maka, arpa
|
6,0
|
quruq barda
|
2,0
|
Javdar, quruq jom
|
3.0
|
kungabokar kunjarasi
|
3,5
|
Tarik
|
4,0
|
oziqabop potoka
|
1.5
|
vitsa
|
2,0
|
kartoshka
|
12
|
savzi
|
10
|
xashaki lavlagi
|
12
|
Kanop kunjarasi
|
2,5
|
yangi tay, barda
|
12
|
Otlarni oziqlantirishda oziqalarni edirishga tayyorlash muxim ahamiyatga eta. Dagal oziqalar kam miqdorda beriladigan bo‘lsa ishlov bermasdan ham berish mumkin. Somon, poxollar ratsionda ko‘p bo‘lsa ularni maydalab bug‘lab, namlab, don oziqalarni ustiga sepib berish yaxshi yoki savzi. lavlagi yoki kartoshka bilan aralashtirib berish yaxshi natija beradi.Don oziqalar yosh yaxshi tipga ega bo‘lgan otlarga maydalamay berilsa ham bo‘ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |