O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI QISHLOQ XO’JALIGI VAZIRLIGI
TERMIZ AGROTEXNOLOGIYALAR VA INNOVATSION RIVOJLANISH INSTITUTI
AGROLOGISTIKA VA BIZNES FAKULTETI
VETERINARIYA MEDITSINASI TA’LIM YO’NALISHI 316-GURUH TALABASI AMONOV FIRDAVSNING ISHLAB CHIQARISH TEXNOLOGIK AMALIYOTI H ISOBOTI
TERMIZ-2022
REJA: I.KIRISH QISM II.ASOSIY QISM III.XULOSA QISM
KIRISH Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 1998-yil 30-oktabr 305-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalarida malakaviy amaliyotni o‘tash to‘g‘risidagi namunaviy Nizom”ga va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2015 yil 21-avgustdagi 303-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Davlat ta’lim standartlari, shuningdek ta’lim yo‘nalishlarining namunaviy o‘quv rejalariga muvofiq 3-kurs talabalari ishlab chiqarish - texnologik amaliyotga chiqarildi.
O’zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim muassasalari talabalarining malakaviy amaliyoti haqidagi Nizomi 24.08.2017-yildagi 603-sonli buyrug’i asosida 5440111-veterinariya ta’lim yo’nalishi bo’yicha O’zbekiston Respublikasining Ta’olim to’g’risi” dagi va “Kadrlar tayyorlash milliy dasturi” talablariga mos ravishda ishlab chiqilgan.Bunda talabalarning malakaviy va bitiruv oldi amaliyotlarini o’tkazish shaklllari tartibi va uslublari belgilangan.
Amaliyotning maqsadi vazifasi mazmuni va muddati DTS fan dasturlari va o’quv rejalariga mos kelgan holda belgilanadi.
Malakaviy amaliyot bakalaviriat ta’lim yo’nalishlari bo’yicha mutaxassislar tayyorlashning muhim qismi hisoblanadi.
ASOSIY QISM ASOSIY QISM Men Abdushukurov Axrorbek 316-guruh talabasi ishlab chiqarish texnologik amaliyotni 04-aprel 2022-yilda Angor tumani veterinariya bo’limida boshladim.Meni veterinariya bo’limi boshlig’I “Angor markaziy dehqon bozori laboratoriyasiga biriktirdi Laboratoriyada bozordagi go’sh, go’sht mahsulotlari sut qatiq mahsulotlari qishloq xo’jaligi poliz va meva sabzavot mahsulotlarining sifati istemolga yaroqliligi tekshiriladi.
“Davlat naslchilik idoralari va xo‘jaliklarning sun’iy urug’lantirish punktlari sharoitlarida sun’iy urug’lantirish ishlarini tashkil qilish, nasllik buqalarni saqlash, parvarishlash va ulardan foydalanish sharoitlari bilan tanishish. Urug’ olish va uni baholashda ishlatiladigan apparat va asbob-uskunalarni ishga tayyorlash jarayonlarida ishtirok etish “mavzusida amaliyot olib bordik.
Hayvonlarni sun’iy urug’lantirish tabbiy urug’lantirishga qaraganda ancha samarali hisoblanadi.Eng asosiysi tabbiy urug’lantirishda o’tadigan ko’pgina yuqumli va irsiy kasalliklarning oldi olinadi.Urg’ochi hayvonlarni sun’iy urug’lantirishda zotli erkak hayvonlardan urug‘ olish katta ahamiyatga ega. Agar urug‘ yaxshi yo‘llar bilan olinmasa, u holda uning sifati yuqori bo‘lmaydi, sifatsiz urug‘ bilan urg‘ochi hayvonlar qochirilganda, yaxshi natijaga erishib bo‘lmaydi.
Urug‘ olishda quyidagi shart-sharoitga amal qilish kerak:eyakulyatning hammasini olib isrof qilmaslik;urug‘ni ifloslamaslik;
erkak hayvonlarni kasallika chalintirmaslik va jinsiy a’zolariga og‘riq sezdirmaslik;
urug‘ olish usuli oddiy va keng qo‘llaniladigan bo‘lishi kerak.
Sun’iy qochirish usullarini ishlab chiqarish davrida urug‘ olishning turli xil usullari ishlab chiqarilgan, bular orasida quyidagilar bor: