Rekto-servikal usulda urug‘lantirishda bir marta ishlatiladigan polimer asboblar: uzunligi 40 sm bo‘lgan polisterol katetri bo‘lgan polietilen ampula, poliEtilen ko‘lqop steril holda qo‘llaniladi. Urug‘lantirishdan oldin bir marta ishlatiladigan pipetka solingan paketning bir uchi spirtli tampon bilan artilib, steril qaychi bilan qirqiladi, pipetkaning uchdan bir qismi chiqarilib ampula, shpris yoki baloncha o‘rnatiladi, keyin pipetka to‘liq chiqarib olinadi va shu zahoti paketning qirqilgan joyi kichik alanga ustida qayta payvandlanadi. Pipetkaga ampula yoki flakondan sperma olinadi.
Urug‘lantirish moslamasi tayyor bo‘lgach, quyidagi ishlar bajariladi: chap qo‘lga qo‘lqop kiyilib iliq suv bilan namlanadi va tashqi jinsiy lablar ochiladi. O‘ng qo‘l bilan pipetka siydik chiqarish kanaliga tushirmaslik uchun qinning ustki devori bo‘ylab yuboriladi. Keyin qo‘lqop kiyilgan ko‘l to‘g‘ri ichakka yuborilib, bachadonning holati aniqlanadi va bachadon bo‘yni massaj qilinadi hamda ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlar bilan fiksasiya qilinadi. Bachadon bo‘ynining teshigi katta barmoq bilan paypaslab topiladi va unga pipetka tushgach, aylanma harakat bilan pipetkaga tomon tortiladi (6 sm). Ampula yoki shpris porsheniga sekin bosilib sperma yuboriladi. Keyin ampula siqilgan holatda qindan va qo‘l to‘g‘ri ichakdan chiqariladi. Sigir urug‘lantirilgandan so‘ng bir marta ishlatiladigan asboblar tashlanadi.
Mano-servikal urug‘lantirish usuli faqat sigirlarni urug‘lantirish uchun qo‘llaniladi. Bu usulda sperma qo‘l (manus - qo‘l) bilan bachadon bo‘yinchasi kanaligacha yuboriladi. Bunda ham bir marta shlatiladigan asboblardan foydalaniladi (ampula, pipetka, qo‘lqop).
Qaysi usulda urug‘lantirilishidan qat’iy nazar hayvon jinsiy moyillikning oxirigacha bog‘lab saqlanadi va 12 soat vaqt o‘tkazilib ikkinchi marta urug‘lantiriladi.
Suyultirilgan spermani saqlash uchun uskunalar:
1. Spermani qisqa muddatga +2 - 40C haroratda saqlash uchun termoslar.
Spermani uzoq muddatlarga -196°S haroratda saqlash uchun suyuq azot solinadigan turli markali D’yuar idishlari (XSJA, KV-6202, AT-6, SD-20, SDS-20, SDS-5, SDS-50, Xarkov-30, Xarkov-30-V2, Xarkov-34).
Spermani muzlatish va uzoq muddatga saqlash uchun maxsus apparatlar va stasionar saqlagichlar (KV-6202 kabilar) ko‘llaniladi. Buqalar spermasi vtoroplast taxtachasida granulalar shaklida, qobiqli granulalar va polipropilenli somonchalar (payettalar) shakllarida muzlatiladi.
Men amaliyotning keying kunida
“Hayvonlarning bug’ozligini aniqlash va akusherlik-genekologik dispanserlash o’tkazishda ishtirok etish. Bepushtlik turlari va sabablarini farqlash, turli ginekologik kasalliklar bilan kasallangan hayvonlarni davolash. Urg’ochi hayvonlarda jinsiy faoliyatni stimullashva sinxronlash bo’yicha tadbirlarda ishtirok etish. Hayvonlar qisr qolishidan kelayotgan iqtisodiy zararni o’rganish.” mavzusida amaliyot olib bordik.
Hayvonlarning bug’ozligini aniqlashning quydagi usullari mavjud.Bo‘g‘ozlikning aniqlashning ahamiyati shundan iboratki, hayvonlarning qisir qolish sabablarini o‘z vaqtida aniqlash, qisir qolgan hayvonlarni o‘z vaqtida qayta urug‘lantirish ishlarini yo‘lga qo‘yish imkoniyatini beradi.
Bo‘g‘ozlikni tekshirishda aseptika va antiseptika qoidalari va texnika xavfsizligi qoidalariga qatiy rioya qilish kerak:
1. Tekshirish paytida maxsus kiyimlarda (xalat, fartuk, chepchik, qo‘lqop) ishlash.
2.Tekshirishlar oldidan qo‘l tirnoqlarini kalta qilib olish, qo‘llarni sovun bilan tozalab yuvish va ularni dezinfeksiyalovchi eritma bilan artish yoki maxsus qo‘lpoqlar kiyish.
3.Tekshirish vaqtida faqat yuqumsizlantirilgan asboblar va yuqori sifatli yuqumsizlantiruvchi eritmalardan foydalanish.
Hayvonlarni bo‘g‘ozligini aniqlashda uning ikki xil belgilari: bo‘g‘ozlik Ehtimoli borligini ko‘rsatuvchi taxminiy va faqat bo‘g‘oz hayvonlarga xos bo‘lgan, ya’ni haqiqiy belgilar aniqlanadi. Bu belgilar havonlarni tashqi va ichki usullar yordamida tekshirish natijalariga asoslanib aniqlanadi.
Anamnezni yig‘ish vaqtida bo‘g‘ozlikning turli belgilari ma’lum bo‘lishi mumkin va bu belgilarning xarakteri bo‘g‘ozlikning muddatiga bog‘liqdir.
Hayvonlar bo‘g‘ozligining dastlabki davrida uning qo‘yidagi o‘ziga xos belgilari mavjud:
1. Tabiiy va sun’iy yo‘llar bilan urug‘lantirilgandan so‘ng 3-4 xafta davomida jinsiy moyillik va qo‘yikishning kuzatilmasligi;
2. Hayvon ishtahasining yaxshilanishi va tez semirishi;
3. Hayvonning ehtiyotlik bilan harakatlanishi va yuvosh bo‘lishi;
4. Hayvonning ishlatilganda tez charchashi.
Bo‘g‘ozligining keyingi davrlarida hayvonlarni ko‘zdan kechirishda qo‘yidagi o‘ziga xos belgilar aniq namoyon bo‘ladi:
1. Qorin sohasining kattalashuvi;
2. Sut mahsuldorligining kamayishi yoki sut bezlari faoliyatining to‘liq to‘xtashi;
3. Sut xususiyatlarining o‘zgarishi (sigir va echkilarda bo‘g‘ozlikning oxirgi 3- davrida sutning ta’mi o‘zgarib, achchiqroq va sho‘rroq bo‘lib qolishi mumkin);
4. Hayvonning oyoqlari va qorinning pastki qismlarida shishlarning paydo bo‘lishi;
5. Elinning oldida tomirlarining (sut qudug‘i) burtib chiqishi va sut bezining kattalashuvi;
Yirik shoxli hayvonlarda (sigir, biya va boshqalar) bo‘g‘ozlikni aniqlashni tashqi usullarning amaliy ahamiyati katta emas, chunki bu usullar faqatgina bo‘g‘ozlikni so‘nggi bosqichlarida aniqlash imkoniyatini beradi.
Bo‘g‘ozlikni tekshirishning tashqi usullari kuzatish, paypaslash, tashqi ko‘zdan kechirishdan iborat bo‘lib, hayvonlarni har qanday sharoitda ham tekshirish imkoniyatini beradi. Hayvonni tashqi ko‘zdan kechirish bilan hayvon qornining ko‘rinishi va semirishi, qorin devori va oyoqlardagi shishlar, sut bezlarini kattalashuvi va homilani harakatlanishi aniqlanadi. Homilaning harakati qorin devorining qimirlashini kuzatish bilan aniqlanadi.
Bo‘g‘ozlik tashqi tomondan kuzatish (osmotr), refleksologik tekshirish, ichki tomondan rektal va vaginal tekshirish hamda laboratoriya tekshirishlari kabi klinik usullar bilan aniqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |