Oral (og'iz qismi) → oldingi 2/3 va faringeal qism →



Download 24,14 Kb.
bet1/5
Sana13.06.2022
Hajmi24,14 Kb.
#665914
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Til va qalqonsimon bez klinik embriologiyasi


TIL va qalqonsimon bez klinik embriologiyasi

• Til ikki qismga bo'linadi: oral (og'iz qismi) oldingi 2/3 va faringeal qism → orqa 1/3;


• Tilning og'iz qismi (oral) birinchi faringeal yoy bilan bog'liq uchta shishdan rivojlanadi. Bu shishlar ikki xil bo'ladi: lateral lingual shishlar va bitta median shish - tuberculum impar;
• Tilning faringeal qismi ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi faringeal yoylar bilan bog'liq bo'lgan gipobranxial tepalik (eminentia) yoki Gis kopulasi (boylami) deb ataladigan medial shishdan rivojlanadi.
Til mushaklari oksipital miotomadan rivojlanadi;
Til → birinchi, ikkinchi, uchinchi va to'rtinchi faringeal yoylardan rivojlanadi. Intraembrional rivojlanishning 4-haftasi oxirida “tuberculum impar” deb ataladigan ko’r teshikdan biroq yuqoriroqda kichik, medial, uchburchak shish paydo bo'ladi:
Ko'r teshik → qalqonsimon bezning rivojlanish joyini ko'rsatadigan dastlabki halqum tomondagi ko'r teshik.
Tuberculum impar paydo bo'lganidan ko'p o'tmay, lingual shishlar deb ataladigan ikkita lateral oval shishlar tuberculum imparning har ikki tomonida bittadan paydo bo'ladi;
• Ikki lateral til shishi tuberculum impardan biroz uzoq (distal) joylashadi va shuning uchun ular distal til kurtaklari deb ham ataladi.

Til turli qismlarining rivojlanishi:


▴ Ikki lateral til shishi tuberculum impar ustidan o'sib boradi va bir-biri bilan qo'shilib, tilning oldingi uchdan ikki qismini hosil qiladi;
▴ Median tekislikdagi ikkita til shishlarining qo'shilish chizig'i tilning dorsal yuzasida medial egatni hosil qiladi;
Tuberculum impar → kattalarda tilning biror “ko’zga tashlanarli” qismini hosil qilmaydi!
▴ Tilning oldingi uchdan ikki qismini qoplaydigan shilliq parda birinchi faringeal yoydan rivojlanganligi sababli, u uch shoxli nervning mandibulyar shoxi – birinchi yoy nervi tomonidan innervatsiya qilinadi.
▴ Tilning orqa uchdan bir qismi, shu jumladan, aylanasimon (sirkumvalyat) papillalar gipobranxial tepalikning kranial qismidan rivojlanadi;
▴ Tilning oldingi uchdan ikki qismi va orqa uchdan bir qismining birlashish chizig'i “V” harfi shaklidagi egat sulcus terminalis bilan ajralib turadi;
▴ Tilning orqa uchdan bir qismining shilliq qavati (shu jumladan, halqa bilan o’ralgan (vallate) papilla) glossofaringeal (til-halqum) nervuchinchi yoy nervi bilan ta'minlanadi;
Tilning orqa qismi va epiglottis (tilcha) gipobranxial tepalikning kaudal qismidan rivojlanadi. Tilning orqa qismidagi shilliq qavat va epiglottis to'rtinchi faringeal yoydan rivojlanganligi sababli, u yuqori halqum nervi (n.vagus tarmog’i) to'rtinchi yoy nervi tomonidan ta'minlanadi;
▴ Ushbu ketma-ket hodisalar davomida uchinchi yoy mezodermasiikkinchi yoy mezodermasi ustiga o'sib, birinchi yoyning mezodermasi bilan birlashib ketadi. Shunday qilib, ikkinchi yoy uchinchi yoy ostiga ko'milib ketadi va shu bilan til rivojlanishidan chetda qoladi;
Til mushaklari → oksipital miotomadan rivojlanayotgan mioblastlardan rivojlanadi. Gipoglossal (tilosti nervi) nerv, ya’ni, oksipital miotomlarning nervi mioblastlarning faringeal yoylarga migratsiyasi paytida ularga “hamroh” bo'ladi va ular rivojlanishida til mushaklarini innervatsiya qiladi;
▴ Oksipital miotomalarning rivojlanayotgan tilga ko'chishi (migratsiyasi) gipoglossal nervning rivojlanishini ham ko’rsatadi;
▴ Tug'ilganda, tilning old va orqa qismlari og'iz bo'shlig'ida joylashgan bo’ladi. Ammo, keyinchalik tilning orqa uchdan bir qismi bola 4 yoshida og‘iz-halqum (orofaringeal) bo‘shlig‘iga tushadi va uning old devorini (tilning faringeal qismini) hosil qiladi. Binobarin, kattalarda tilning oldingi qismi og'iz bo'shlig'ida, orqa qismi esa halqumda joylashgan.

Til nerv bilan ta'minlanishining uning rivojlanishi bilan bog'liqligi:


▴ Tilning oldingi 2/3 qismidagi ta'm sezgilari xorda timpani nervi;
▴ Orqa 1/3 qismi glossofaringeal nerv;
▴ Eng orqa qismi esa ichki halqum nervi orqali innervatsiya qilinadi.

Download 24,14 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish